Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Rembrandt "Doktor Tulpning anatomiya darsi"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
100 картина (1)

31. Rembrandt "Doktor Tulpning anatomiya darsi".
(1632-yil)
Mashhur golland rassomi qalamiga mansub ushbu kartina 1632-yilda chizilgan bo'lib, 
undagi bosh figura doktor Nikolas Peterszon (laqabi "Tulp" - "Lola") hisoblanadi. U 
yig'ilganlarga inson qo'li muskullarini ko'rsatayotgan holda tasvirlangan. Jasad 
Adriaan Adriaans (laqabi Aris Kindt)niki bo'lib, u Utrextdagi qamoqxona qo'riqchisini 
qattiq yaralagani hamda Amsterdamda bir kishini kaltaklab, talonchilik qilgani uchun 
1632-yil 31-yanvarda osib o'ldiriladi va jasadi jarrohlar gildiyasiga beriladi.
Shuningdek, rasmda starshina Adrian Slabran (chapdan ikkinchi), Yakob de Vitt 
(jasad ustiga egilib, qo'l mushaklariga qarayotgan); tabiblar Yakob Kolevelt (chapdan 
birinchi), Matteys Kalkun (Vittning yonida), Frans van Lunen (yuqorida), Yakob Blok 
(Lunenning oldida), Xarman Xarmans (qo'lida qog'oz bilan) ham tasvirlangan. 
Bunday ochiq anatomik darslar nafaqat Gollandiyada, balki butun Yevropada keng 
tarqalgan edi. Ular yiliga bir marta, odatda qish oylarida bo'lib o'tardi. Sababi bu 
paytda tana uzoq vaqt davomida yaxshi saqlanib turar, bu esa o'z navbatida bir necha 
kun davom etadigan jarayonda qo'l kelardi. Bunday darslarga hamkasblar, talabalar, 
yuqori martabali fuqarolar va oddiy xalq vakillari ham tomoshabin sifatida tashrif 
buyurishi mumkin edi. 
 
 
 


31 
32. Piter Paul Rubens "Levkipning qizlari o'g'irlanishi".
 (1618-yil)
Mashhur rassom Piter Paul Rubensning ushbu kartinasida Zevs hamda Ledaning 
egizak farzandlari - Kastor hamda Polluks tomonidan podsho Levkippning qizlari - 
Gilayra va Febaning o'g'irlab ketishi haqidagi afsona voqealari tasvirlangan. Kuchli va 
baquvvat mushaklarga ega aka-uka yalang'och holatdagi ayollarni otga mindirib olib 
qochishmoqchi. Umidsizlik hamda qo'rquv girdobiga tushib qolgan podsho qizlari 
go'yoki xudolardan najot kutayotgandek osmonga qarashmoqda. Otlarning bo'yniga 
quvnoq amurlar osilib turibdi. Kartinada tasvirlangan 8 ta figuraning hammasi o'ziga 
xos aylana hosil qilgan. Asarda ayollar nazokati va go'zalligi erkaklar jasorati hamda 
kuchli gavdalari bilan o'zaro taqqoslangan uyg'unlik hosil qiladi.

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə