35
36. Yan Vermeer "Marvarid baldoqli qiz".
(1665-yil)
"Marvarid baldoqli qiz" - Yan Vermeerning eng mashhur asarlaridan biridir. Uni
ko'pincha "shimollik yoki golland Mona Lizasi" deb atashadi. Kartinaga "IVMeer" deb
imzo qo'yilgan, ammo aniq sanasi ko'rsatilmagan. Hozirda
kartina saqlanayotgan
Mauritsxyos muzeyi versiyasiga ko'ra, 1665-yilda chizilgan bo'lishi kerak. Asar haqida
juda kam narsa ma'lum. Uni rassom buyurtma uchun chizganmi yoki yo'qmi, agar
buyurtma berilgan bo'lsa,
kim buyurtirgan, unda tasvirlangan
qiz kim - bularning
hammasi noma'lum. Versiyalardan biriga ko'ra, kartinada rassom o'z qizi Mariyani
tasvirlagan.
Bu noodatiy kartina ekani aniq. Rassom qizning boshini tomoshabin tomon burgan
holda tasvirlagan. Bu orqali tomoshabin diqqatini qizning qulog'idagi
marvarid
sirg'aga qaratgan. Hozirgi vaqtda bir qator tadqiqotchilar rasmda marvarid sirg'a
borligiga shubha qilishadi. Chunki, tabiiy marvarid uchun o'lcham juda katta, balki
sirg'a Venetsiya shishasidan yasalgan soxta marvarid bo'lishi mumkin.
Bundan
tashqari, marvaridni quloqqa biriktirgan halqa yoki marjonni ko'ra olmaysiz. Balki
sirg'a kartinani restavratsiya qilish paytida yuzaga kelgan deformatsiya bo'lishi
mumkin.