Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Jak-Lui David, "Maratning o'limi"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
100 картина (1)

41. Jak-Lui David, "Maratning o'limi", 
1793.
Fransuz rassomi Jak-Lui David qalamiga mansub ushbu kartina Buyuk fransuz 
revolutsiyasiga bag'ishlangan. Unda revolutsionerlardan biri, "Xaqlning do'sti" 
gazetasi jurnalisti, yakobinchi Jan Pol Maratning ayanchli taqdiri tasvirlangan. Marat 
yakobinchilir terrorining eng ashaddiy tarafdorlaridan biri edi. Teri kasalligiga 
chalingach og'riqlarni yengillashtirish uchun uydan chiqmaydi hamda vanna qabul 
qila boshlaydi. 1793-yil 13-iyulda u zodagon xonim - Sharlotta Korde tomonidan o'z 
kvartirasida pichoqlanadi. Kartina hozir Bryusselda saqlanadi. 
Yog'och tumbada ijodkorning mualliflik bag'ishlovini o'qish mumkin: "Maratga. 
David". Maratning qo'liga varoqda shunday yozilgan: “1793-yil 13-iyul, Mari Anna 
Sharlotta Korde - Maratga. Men baxtsizman, shuning uchun sizning himoyangizga 
muhtojman." Aslida Marat bu eslatmani olishga ulgurmasdan Korde uni o'ldirib 
bo'lgandi. 
Ko'plab tadqiqotchilar yozuv bilan bog'liq epizod rassom tomonidan ta'sirchanlikni 
oshirish uchun o'ylab topilgan deb ta'kidlaydi. Maratning jarohati hamda o'lib yotgan 
holati Iso Masihning xochdan yechib olinish paytidagi holatiga ishora qiladi. O'ng 
qo'lning holati ham Karavadjoning "Masihning ko'milishi" kartinasidagi Iso Masih 
holatiga o'xshatib tasvirlangan. David kartinani Konventga olib kelib u yerda shunday 
deydi:
"Xalq yana bir bor o'z do'stini ko'rish uchun, mening ijodimga murojaat qildi... Men 
xalqning ovozini eshitdim, men unga bo'ysundim. - Shoshiling! Marat umrining 
oxirigacha himoya qilgan ona, beva, yetim, jabrlangan askarlar yaqinroq keling! Va 
do'stingizga qarang. Sizni bundan to'sib turgan qo'riqchi endi yo'q. Uning xoinona 
qalami sindi. E, voh!!! Sizning do'stingiz vafot etdi!” 


41 
XIX век 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə