Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Teodor Jeriko, "Epsomdagi ot poygasi"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
100 картина (1)

45. Teodor Jeriko, "Epsomdagi ot poygasi",
1821.
Fransuz rassomi Teodor Jerikoning 1821-yilda Angliyada yaratilgan kartinasi. 1866-
yilda Luvr muzeyi tomonidan sotib olingan. 
Jeriko Angliyada ot savdogari Adam Elmorning uyida yashagan va katta ehtimol bilan 
uning ta'siri ostida ushbu kartina chizilgan. Rassomning o'zi ham yoshligidanoq 
otlarni yaxshi ko'rgan va tez-tez ot minishga borib turgan. "Epsomdagi ot poygasi" 
Jerikoning animalistikasiga o'xshamaydi - u rassomning sevimli mavzusiga qayta 
murojaat qilishi natijasidir. Bir vaqtlar Italiyada ishlab yurganida Teodor "Ozod 
otlarning chopishi" kartinalar seriyasini chizmoqchi bo'lgan, ammo keyinchalik bu ish 
amalga oshmay qolgandi.
Boshqa mamlakatlarning chavandozlari ham ishtirok etadigan mashhur ot poygalari 
- Epsomdagi derbi - 1780-yildan beri o'tkazib kelinadi. Musobaqalar bo'lib o'tadigan 
kunlar ippodromda teatrlashtirilgan tomoshalar tashkil etiladi, yarmarka o'tkaziladi. 
Kartina ustida ishlash jarayonida rassom sport hayoti mavzusida ingliz 
gravyuralardan foydalangan.
Kartinada to'rt chavandoz yugurish maydonida ot choptirmoqda. Osmonni bulut 
qoplagan. O'ng tomondagi oq ustun - chavandozlar harakatining boshlang'ich 
nuqtasi. Otlarning oyog'i bir vaqtning o'zida yerdan uzilgancha tezlashib bormoqda.
 
 


45 
46. Fransisko Goyya, "O'z o'g'lini yutib yuborayotgan Saturn",
1823.
Ispaniyalik rassom Fransisko Goyya tomonidan 1819-1823-yillarda chizilgan kartina. 
Hozirda Prado muzeyida saqlanadi. An'anaviy talqinga ko'ra, rasmda avlodlari 
tomonidan taxtdan ag'darilishdan qo'rqib, barcha bolalarini yeb yuborayotgan 
Kronos tasvirlangan. Yunon mifologiyasining klassik syujetidan farqli o'laroq, Kronos 
o'z bolalarini yutib yubormoqda. Boshqa rassomlardan farqli ravishda Goyyaning 
syujetidagi Saturn - o'zaro muvofiq bo'lmagan tana nisbatlariga ega aqldan ozgan 
mahluq sifatida tasvirlangan. Unga kartina chegaralari torlik qilmoqda, shuning 
uchun u g'ayritabiiy holatda turibdi. 
1819-yilda Goyya Madrid yaqinidagi Manzanares daryosi bo'yidan uy sotib oladi. 
Hudud aholisi bu ikki qavatli binoni "Quinta del Sordo" ("Karlar villasi") deb 
atashgan. Garchi bu nom avvalgi egasiga tegishli bo'lsa-da, 1792-yil Fransisko Goya 
jiddiy kasallikdan so'ng kar bo'lib qolganligi uchun, nomni yangi mulkdorga nisbatan 
ham ishlatish mumkin edi. 1819-1823-yillarda, Bordoga ko'chib o'tishidan oldin, 
Goyya uyning devorlariga 14 ta freska chizadi. 73 yoshida ikkita jiddiy kasallikdan 
omon qolgan Goyya ancha zaiflashib qolgandi.
Dastlab rassom yengilroq mavzudagi kartinalar yaratadi. Biroq keyinchalik ushbu 
asarlarning ustiga "Qora kartinalar" deb nomlangan yangi freskalarni chizadi. 
Jamoatchilik tomosha qilishiga mo'ljallanmagan ushbu freskalar zo'ravonlik, 
shafqatsizlik va umidsizlik ifodasi edi. Goya ushbu asarlariga biror nom ham 
qo'ymagandi. Shuning uchun mazkur kartina turli manbalarda turlicha nomlanadi: 
"O'z o'g'lini yutib yuborayotgan Saturn", "O'z farzandlarini yutib yuborayotgan 
Saturn" yoki shunchaki "Saturn". 


46 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə