Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Jan Engr, "Katta kanizak"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
100 картина (1)

42. Jan Engr, "Katta kanizak", 
1814.
"Katta kanizak" - frantsuz rassomi Jan Engr qalamiga mansub kartina. Engr uni 
Napoleonning singlisi - Karolina Myurat buyurtmasi bilan Rimda chizib tugatgan. 
Asar 1819-yilda Salondagi (Parij) ko'rgazmada namoyish etilgan. Uyg'onish davri 
rassomlari kabi Engr ham shaklning idealligini ta'kidlash uchun o'z modelining ba'zi 
xususiyatlarini bo'rttirishdan tortinmagan. Hatto tanqidchilar darhol payqashi uchun 
kanizakka uchta qo'shimcha umurtqa qo'shilgan. 
Kanizakning o'ng qo'li nihoyatda uzun, chap oyog'i esa anatomiya nuqtai-nazaridan 
imkonsiz tarzda buklangan. Shu bilan birga, asar uyg'unlik taassurotini beradi: chap 
tizzadan hosil qilingan o'tkir burchak rassomga uchburchak ustiga qurilgan 
kompozitsiyani muvozanatlash uchun kerak bo'lgan. Kartinadagi sharqona atributlar 
(chekish aksessuarlari, yelpig'ich, bosh kiyim) modelning ajralib turishi va ayol tanasi 
mukammalligini ta'kidlaydi. 
Asar buyurtmachi tomonidan qabul qilib olinmagan. 1819-yilda Engr "Katta 
kanizak"ni 800 frankka graf Purtalesga sotib yuboradi. Keyinchalik, 1899-yilda Luvr 
muzeyi tomonidan sotib olinadi.
 
 
 
 
 
 
 


42 
43. Kaspar David Fridrix, "Tuman dengizi bo'yidagi sayyoh", 
1818.
Nemis romantik rassomi Kaspar Devid Fridrixning romantizm janridagi o'ziga xos 
kartinalaridan biri. Rasmda qora va tik qoyada turgan sayyoh (taxminlarga ko'ra 
rassomning o'zi) tasvirlangan. U dengizga temulib turibdi. Sochlari shamolda 
uchmoqda. Uzoqlardagi tumanlar orasida qoyalar ko'rinadi.
Bu kartina - shunchaki peyzaj emas. Bu yerda tabiat ichki holatining tashqi ifodasi 
tasvirlangan. Tog'lar va bulutlar qahramon qalbining bir qismidir, shuningdek
qahramonning o'zi ham ularning bir qismi. Kartina kompozitsiyasi yaqin va uzoq
cheksizlik va chegara aloqalarini yaratishga harakat qilgan. 


43 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə