Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
100 картина (1)

56. Vasiliy Perov, "Uchlik", 
1866.
"Uchlik" ("Hunarmandning shogirdlari suv olib kelishmoqda") - rus rassomi Vasiliy 
Perov tomonidan 1866-yilda yaratilgan kartina bo'lib, ayni paytda Moskvadagi 
Tretyakov davlat galereyasida saqlanadi. 
"Uchlik" Perovning format jihatidan eng katta rasmi hisoblanadi. Rassom ko'p yillar 
davomida dehqonlar hayoti haqida so'zlovchi ijtimoiy hayot mavzusiga bir necha bor 
muroaat qilgan. Ushbu kartina chizilgan vaqtda Perov ijodida bolalar mavzusidagi 
"Yetimlar" (1864), "Marhumni kuzatish" (1865) kabi bir qancha asarlari mavjud 
bo'lgan.
Ushbu kartinada Vasiliy Perov bolalar mehnati mavzusiga murojaat qilgan. Uch nafar 
charchab ketgan va sovuqdan muzlab qolgan bolalar qish hukm surayotgan ko'chada 
suv bilan to'ldirilgan idishlarni chanada sudrab borishmoqda. Havoning naqadar 
sovuq ekanini idishdan toshib chiqqan suvning zudlik bilan muzlab qolayotganidan 
ham sezish mumkin. Chana orqasidagi katta yosh kishi chanani itarib, bolakaylar 
ishini biroz osonlashtirmoqda. Bolalarning yuziga muzli shamol urilmoqda. 
Uchovlonni kuchuk olg'a undamoqda. 
Rassom ikki chetdagi o'g'il va qiz uchun modellarni oson topgan bo'lsa, markazdagi 
bola qiyofasi uchun model topa olmaydi. Asarning katta qismi tayyor bo'lgan ammo 
hamon o'sha markazdagi bolaning chizilmagan bir paytda Perov ko'chada o'g'li bilan 
ketayotgan dehqon ayolni uchratadi. Rassom aynan shu dehqon farzandi u uchun 
kerakli qiyofa ekanini anglaydi hamda ayoldan o'g'lining suratini chizish uchun ruxsat 
oladi. Bolakayning ismi Vasya edi. Ko'p o'tmay rasm Tretyakov tomonidan sotib 
olinadi. Bir necha yil o'tgach, Perovning oldiga bir kambag'al ayol keladi. Bu o'sha 
dehqon ayol edi. Rassom undan Vasyaning kasallik tufayli bir yil oldin vafot etganini 
eshitadi. Ayol Perovdan kartinani sotib olishni so'raydi, ammo rassom kartina 
allaqachon sotilganligini ma'lum qilib uni galereyaga olib boradi. Kartina oldida tiz 
cho'kib zor yig'lagan onani ko'rgach esa u uchun alohida Vasenkaning portretini 
chizib beradi. 


55 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə