Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53
100 картина (1)

 
 
 


51 
53. Franchesko Ayets, "Bo'sa", 
1859.
"Bo'sa" (it. Il bacio) - italiyalik rassom Franchesco Ayetsning 1859-yilda italyan-
romantikasi uslubida yaratgan kartinasidir. Ayets shuningdek, ushbu asarning uchta 
nusxasini ham yaratgan. Ularning ikkitasi shaxsiy to'plamlarda saqlansa, uchinchisi 
(1861-yilda Myulius oilasi uchun chizilgan hamda ayol oq libosda tasvirlangani) 
2008-yil 12-noyabrda Londonning "Sotheby's" auksionida 780 450 funt sterlingga 
sotilgan. 
Ayets "Bo'sa"ni o'zining eng yaxshi asarlaridan biri deb hisoblagan. Kartinada u 
italiyan romantizmining naturalizm va hissiy muhabbatga yaqinlik xususiyatlarini 
Risorjimento ideali - vatanparvarlik bilan uyg'unlashtirib tasvirlashga harakat qilgan. 
O'pishib turgan juftlik - Shekspirning Romeo va Juliettasi, shuningdek Alessandro 
Manzonining "Nikohlanganlar" asaridagi Rentzo va Luchiyaning allyuziyasi 
hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, asarda yorga bo'lgan muhabbat vatanga bo'lgan 
muhabbat bilan bir syujetda birlashtirilgan. 
Qahramonlarning kiyimlari va binoning me'moriy uslubi syujet o'rta asrlarda sodir 
bo'lganligidan dalolat beradi. Ammo kartinaning mutlaqo yangi ikonografiyasi va 
vatanparvarlik g'oyasi tomoshabinni asar zamonaviy ekaniga ishontiradi. Rassom 
foydalangan ranglar Italiya millati paydo bo'lishiga sabab bo'lgan Italiya va Fransiya 
o'rtasidagi Plomber bitimiga ishora qiladi. 
Kartina birinchi marta 1859-yil sentyabrda Brera akademiyasida bo'lib o'tgan 
ko'rgazmada, Milanga Viktor Emmanuel II va Napoleon III (Solferino jangida 
Avstriya qo'shinini mag'lub qilgan franko-sardiniya armiyasi qo'mondonlari) 
kelganidan uch oy o'tib namoyish qilingan. 


52 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə