Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


Ejen Delakrua, "Xalqni yetaklayotgan ozodlik"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
100 картина (1)

47. Ejen Delakrua, "Xalqni yetaklayotgan ozodlik", 
1830.
Fransuz rassomi Ejen Delakruaning ma'rifat va romantizm mavzusidagi eng mashhur 
kartinalaridan biri. Kartina markazida Fransiya Respublikasi ramzi va milliy shiori 
"Ozodlik, Tenglik, Birodarlik"ning timsoli bo'lgan Marianna ismli ayol tasvirlangan 
(ayol Marianna emas, balki respublikaning allegoriyasi degan nazariya ham mavjud). 
Ushbu obraz orqali rassom qadimgi ma'buda buyukligi va oddiy ayol jasoratini 
uyg'unlashtira olgan. Uning boshida Frigiya qalpog'i (Birinchi fransuz inqilobi 
davridagi erkinlik ramzi), o'ng qo'lida Fransiya bayrog'i, chap qo'lida esa qurol bor. 
Yalangoyoq va ochiq ko'krak bilan olg'a borayotgani - fransuzlarning ham vatan 
uchun ko'ksini qalqon qilishga tayyor ekanini bildiradi. Turli xil ijtimoiy sinf vakillari 
- ishchi, burjua, o'spirin - iyul inqilobi davrida fransuz xalqining birligini anglatadi. 
Ba'zi san'atshunos va tanqidchilar rassom o'zini Mariannaning chap tomonida turgan 
silindrdagi odam qiyofasida tasvirlagan deb taxmin qilishadi, boshqalarining fikricha 
bu odam uchun model rolini dramaturg Etyen Arago yoki Luvr kuratorlaridan biri - 
Frederik Uillot bajargan. 
Delakrua kartinani 1830-yil kuzida, Karl X va burbonlar hukmronligiga chek qo'ygan 
"Iyul inqilobi" vaqtida yaratgan. Ko'p sonli tayyorgarlik eskizlaridan so'ng, asarni 
yaratishga atigi uch oy kerak bo'lgan. 1830-yil 12-oktyabrdagi akasiga yozgan xatida 
Delakrua shunday deb yozadi: "Men Vatan uchun kurashmagan bo'lsam-da, hech 
bo'lmaganda bu haqda chizaman." 


47 
48. Katsusika Xokusay, "Kanagavadagi katta to'lqin", 
1831.
Yaponiyalik rassom Katsusika Xokusayning yog'ochga ishlangan gravyurasi. 
"Fudzining o'ttiz olti ko'rinishi" seriyasidagi birinchi asar. Ukiyo-e uslubida 
ishlangan. Chet elda yapon tasviriy san'atining eng mashhur asarlaridan biri deb 
baholanadi. Syujet markazida qayiqlar ustiga bostirib kelayotgan ulkan to'lqin 
tasvirlangan. To'lqin qayiqlarni gugurt cho'pidek u yoqdan bu yoqqa uloqtiradi. 
San'atshunoslarning fikriga ko'ra, qayiqlarning chetiga yopishib olgan baxtsiz 
dengizchilar insoniyat timsoli. Orqa uzoq fonda Fudzi tog'ini ko'rish mumkin. Voqea 
Kanagava prefekturasida bo'lib o'tmoqda.
"Kanagavadagi katta to'lqin" ommaga 1832-yilda tanishtiriladi. Uning nusxalari Nyu-
Yorkdagi Metropolitan san'at muzeyida, Londondagi Britaniya muzeyida va Klod 
Monening Jivernidagi uyida saqlanadi. 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə