Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


Klod Mone, "Sayr. Soyabonli xonim"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53
100 картина (1)

60. Klod Mone, "Sayr. Soyabonli xonim",
 1875.
1875-yilda Klod Mone tomonidan chizilgan ushbu kartina "Kamilla Mone o'g'li bilan" 
nomi ostida ham mashhur. Hozirgi kunda Milliy san'at galereyasida (Vashington) 
saqlanadi. 
Kartinada 1871-1877-yillar orasidagi shamolli yoz kunlarining biri, rassomning 
rafiqasi Kamilla va o'g'li Jan tasvirlangan. Mone xonim shamolda tebranayotgan oq 
ko'ylak va shlyapa kiygan. Uning ko'rinishi markazdan biroz o'ngga siljigan hamda 
qo'lidagi soyabonga moyil ravishda o'girilib turibdi. Oyoqlari ostidagi yam-yashil 
maysazor. Tananing ko'rinishi va pozitsiyasi huddiki tomoshabin to'satdan unga 
murojaat qilayotgandek tasavvur uyg'otadi. Uning yetti yoshli o'g'li huddiki 
tomoshabinni diqqat bilan kuzatib turganek. Jan tepalikning orqasida faqat beligacha 
ko'rinib turibdi, bu rassomga sahnaning hajmini va chuqurligini ko'rsatish uchun 
zarur edi. 
Kartina 1876-yil aprel oyida Pol Durand-Ryuel galereyasida o'tkazilgan ikkinchi 
impressionistlar ko'rgazmasida Monening boshqa 18 asari bilan birga "La 
Promenade" nomi ostida namoyish etilgan. Bir nechta ijobiy munosabatlarga 
qaramay, keyinchalik "Sayr" yo'qolib ketadi. O'n yil o'tgach Mone ushbu syujetga yana 
bir bor murojaat qilib, unda hozirgi kunda Orseda saqlanayotgan Jiverni o'tloqlarida 
sayr qilayotgan ikkinchi xotini Syuzanna va qizini tasvirlaydi.
1876-yil noyabr oyida Mone kartinani ruminiyalik shifokor va kolleksioner Jorj de 
Bellioga sotadi. Uning o'limidan keyin "Sayr" kuyovi Ernest Donop de Monchi va qizi 
Viktorinaga me'ros bo'lib qoladi. Ular 1897-yilgacha asarni o'zlarida saqlab turgan. 
1924-yilda kartina taniqli qandolatchi Jorj Meni qo'liga o'tadi. 1965-yilda amerikalik 
filantrop Pol Mellon kartinani sotib oladi va 1983-yilda Milliy san'at galereyasiga 
sovg'a qiladi. 


59 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə