Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


Klod Mone, "Ruan sobori", 1894



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
100 картина (1)

75. Klod Mone, "Ruan sobori", 1894.
"Ruan sobori" - fransuz impressionist rassomi Klod Mone tomonidan 1890-yillarda 
yaratilgan kun, yil va yorug'lik vaqtiga qarab turlicha ko'rinishlarni aks ettiruvchi 
o'ttiz kartinadan iborat seriyadir. 
Sikldagi ilk kartinalar 1892-yil fevral oyida, rassomning Ruanga qilgan birinchi safari 
paytida chizila boshlagan. Mone sobor yaqinidagi kvartirani ijaraga oladi va u yerda 
vaqtincha ishlaydigan studiyani jihozlaydi. Kartinalarning aksariyatini rassom 1892-
1893-yillarda yaratgan, ishni butunlay 1894-yilda yakunlagan. Hamma kutgan Ruan 
seriyasi 1895-yilga kelibgina namoyish etilgan. Pol Dyurand-Ryuel xizmatlari natijasi 
o'laroq 1895-yil may oyida "soborlar" sikliga bag'ishlangan shaxsiy ko'rgazma tashkil 
etilgan hamda uning yakuniga qadar sakkizta kartina sotilgan.
Ayrim rassomlar "Soborlar"ga qarama-qarshi reaksiyalar bildirgan. Masalan, Sezann 
va Pissarro kartinalarni chuqur entuziazam bilan qabul qilgan bo'lsa, Klemenso 
"Soborlar revolyutsiyasi" nomli maqola yozgan. Mone seriyadagi qolgan yigirmata 
rasmni bittalab emas, balki butun seriya sifatida sotilishini xohlagan. Ammo 
rassomning xohishiga qarshi o'laroq "Soborlar" turli shaxslarga sotilgan va bugungi 
kunda Fransiya, AQSh va Rossiyadagi muzeylarda saqlanmoqda. 
Mone Ruan soborlari siklini yaratganda, kun va yilning turli vaqtlarida yorug'lik 
farqlarini va atmosfera sharoitlarining qanday o'zgarishini ifodalash mavzusiga 
anchadan beri qiziqib qolgandi. Mone uchun yorug'lik effektlari tasvirlanayotgan 
mavzu kabi muhim bo'lgan. Uning avvalgi bir obyektni turli vaqtda chizish orqali 
yaratgan seriyalarida ham yorug'likning ahamiyatini ko'rish mumkin.


74 
76. Anri de Tuluz-Lotrek, "«Mulen Ruj»da", 1895.
"«Mulen Ruj»da" - fransuz rassomi Anri de Tuluz-Lotrek qalamiga mansub kartina 
bo'lib, 1892-1895-yillar oralig'ida chizilgan. Asar Tuluz-Lotrekning 1889-yilda Parijda 
qurilgan "Mulen Ruj" kabaresi tasvirlangan bir qator asarlaridan biridir.
Kartinaning orqa fonida rassomning o'z portreti mavjud. Markazda kabare polida 
joylashgan stol atrofida o'tirgan uchta erkak va ikkita ayoldan iborat guruh 
tasvirlangan. Stolda o'tirgan odamlar (o'ngdan chapga): Eduard Dujardin, raqqosa La 
Makarona, fotograflar Pol Sekou va Moris Juber. Old tomondagi ayol katta ehtimol 
bilan ingliz raqqosasi Mey Milton bo'lishi kerak. O'ng tomon orqa fonda "Mulen Ruj" 
raqqosasi La Goule va yana bir ayol. Chap tomon fondagi esa aytib o'tilganidek Tuluz-
Lotrekning o'zi hamda Gabriel Tapi de Seleyran. 
"«Mulen Ruj»da" kartinasi Chikago badiiy instituti "Helen Birch Bartlett" memorial 
to'plamining bir qismi bo'lib, u birinchi marta 1930-yil 23-dekabrda namoyish 
etilgan.

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə