Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Anri Russo, "Uxlayotgan lo'li", 1897



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
100 картина (1)

79. Anri Russo, "Uxlayotgan lo'li", 1897.
"Uxlayotgan lo'li" 1897-yilda fransuz primitivist rassomi - Anri Russo tomonidan 
yaratilgan. Kartinani Russo o'z ona shahri Laval meriga sotishga harakat qiladi, ammo 
bu ish muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Shundan keyin asar Parij "Salon"ida namoyish 
qilinadi.
Kartinada mandolin bilan qo'shiq aytuvchi lo'li ayol uxlab yotgani tasvirlangan. U 
aftidan juda charchagan, yonida ko'za turibdi. To'satdan uning yaqinida sher paydo 
bo'lgan, lekin nima uchundir u ayolga tegmaydi. Hamma narsa oy nuriga ko'milgan, 
she'riy muhit hukm surmoqda.
Lo'li sharqona kiyim kiygan. Rassom kartinani 1800-2000 frankka sotmoqchi edi. 
Ammo bu mazmunda merga yozilgan maktub javobsiz qoladi va asar Parijlik ko'mir 
savdogarining shaxsiy kolleksiyasida 1924-yilgacha saqlanadi. O'sha yili u sotuvchi 
Daniel-Anri Kanveyler tomonidan sotib olingan. Keyinroq tarixshunos Alfred X.Barr 
kartinani Nyu-York zamonaviy san'at muzeyi uchun sotib olgan. 
 
 
 
 
 
 
 


78 
80. Kamil Pissarro, "Monmartr bulvari. Peshindan keyin, quyoshli", 
1897.
Fransuz rassomi Kamil Pissarro qalamiga mansub ushbu kartina 1897-yilda chizilgan 
hamda "Parij bulvarlari" peyzajlar seriyasining bir qismi hisoblanadi.
Pissarro Parij ko'chalarini xunuk deb hisoblaganlarga keskin norozilik bildiradi. U 
uchun bu ko'chalar juda go'zal hamda tez o'zgaruvchan edi. 1897-yil boshida Parijga 
qaytib kelgan Pissarro Montmartrdagi gavjum ko'cha to'satdan huvillab qolishi va 
aksincha gavjum bo'lib ketishini diqqat bilan kuzatadi. "Grand Hotel de Russy" 
mehmonxonasiga joylashgan rassom ko'rish qobiliyati yomon ekaniga qaramay
hodisani batafsil tomosha qiladi va shundan keyin ushbu ko'chaga bag'ishlab 13 ta 
kartina yaratadi.

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə