Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
100 картина (1)

 
 


75 
77. Frederik Leyton, "Yonayotgan iyun", 1895. 
"Yonayotgan iyun" - viktorian akademizmi yorqin vakili, taniqli ingliz rassomi 
Frederik Leyton qalamiga mansub kartina bo'lib, 1895-yilda chizilgan hamda rassom 
ijodining eng mashhur na'munasi hisoblanadi. 
Ehtimol, uxlab yotgan ayol tasvirini yaratishga rassomni uxlayotgan nimfa 
tasvirlangan bir qancha grek haykallari ilxomlantirgandir. Yuqori o'ng burchakda 
tasvirlangan oleandra novdasidagi barglari zaharli bo'lib, u uyqu va o'lim o'rtasida 
nozik bir chiziqni ifoda etgan. "Yonayotgan iyun" uchun aktrisa Doroti Din yoki 
naturshitsa Meri Lloyd model bo'lgan bo'lishi mumkin. 
Kartina 1960-yillar boshida kim oshdi savdosiga boshlang'ich 140 dollar (hozirgi kun 
hisobida taxminan 840 dollar) bilan savdoga qo'yiladi, ammo sotilmaydi. Chunki 
o'sha paytda viktorian asarlar talabga ega emasdi. 1963-yilda Puerto-Rikolik 
siyosatchi va bo'lajak gubernator Luis Alberto Ferre o'zi asos solgan Pons san'at 
muzeyi uchun rasm va haykallar sotib olish maqsadida Yevropaga keladi. Amsterdam 
galereyalaridan birida u "Yonayotgan iyun"ni ko'rib, unga qiziqib qoladi. Galereya 
egasi 1 000 dollarga kartinani sotishga rozi bo'ladi. Luis Ferre pul yuborishga va'da 
berib, asarni sotmaslikni so'raydi. Ammo oradan bir necha yil o'tgachgina Luis 
Albertoning o'g'li Antonio Luis Ferre galereya egasiga berilgan va'dani bajaradi. 
Kartina Pons muzeyiga topshiriladi.
Viktorian davri san'atiga bo'lgan qiziqish tufayli asar 2008-yilda Madriddagi Prado 
va 2009-yilda Shtutgart davlat galereyasida ko'rgazmaga qo'yilgan. 


76 
78. Edgar Dega, "Moviy raqqosalar", 1897.
"Moviy raqqosalar" - 1897-yilda fransuz impressionist rassomi Edgar Dega 
tomonidan yaratilgan pastel. U 1948-yilda Yangi G'arbiy san'ati davlat muzeyidan 
Moskvadagi Pushkin Davlat tasviriy san'at muzeyiga olib kelingan va hozirgi kunda 
ham shu yerda saqlanadi. 1918-yilgacha Moskvada Sergey Ivanovich Shukin 
kolleksiyasida, ungacha esa Parijdagi Dyurand-Ryuel kolleksiyasida saqlangan. 
Asar Edgar Dega ijodining kech bosqichiga tegishli bo'lib, uning ko'rish qobiliyati 
zaiflashgan va ranglarning dog'lari bilan ishlay boshlagan davrda yaratilgan. 
Raqqosalar mavzusi rassomga juda yaqin bo'lgan hamda bu mavzuga bir necha bor 
murojaat qilgan. Ranglar uyg'unligi va kompozitsion yechimning go'zalligi uchun 
ba'zi tanqidchilarning fikriga ko'ra, "Moviy raqqosalar" pastelini bu mavzuning eng 
yaxshi timsoli deb hisoblash mumkin.
2004-yilda chiqqan "Oushenning o'n ikki do'sti" filmida ushbu kartinaning "Tungi 
tulki" laqabli Fransua Tulurning uyidan o'g'irlanishi syujeti ro'y beradi. 


77 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə