Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Vinsent Van Gog, "Tungi kafe", 1888



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53
100 картина (1)

69. Vinsent Van Gog, "Tungi kafe", 1888.
Rassom Vinsent Van Gog qalamiga mansub ushbu kartina 1888-yil sentyabrda Arlda 
chizilgan. Kartinada rassomga yaxshi tanish bo'lgan Arl shahar stantsiyasidagi kafe 
tasvirlangan. Kafe egalari - Jozef-Mishel va uning rafiqasi Mari Jino tez-tez Van 
Gogga rasmlari uchun model sifatida yordam berib turishgan. Madam Jino 
rassomning yana bir asari - "Arllik xonim"da ham tasvirlangan. 
Van Gog "tungi hayot" va shunga o'xshash muassasalar bilan yaxshi tanish edi. U 
akasi Teoga yo'llagan maktubida ushbu kartina g'oyasi haqida shunday yozgan: 
"Tungi kafeda men odam o'zini yo'q qiladigan, aqldan ozgan yoki jinoyatchiga 
aylanadigan joyni tasvirlashga harakat qildim. Odamlarni boshqaradigan zararli 
ishtiyoqni qizil va yashil rang bilan ifoda etmoqchi bo'ldim." 
1888-yil sentyabr oyida Van Gog kunduzlari uxlab ketma-ket uch kecha kartinani 
chizish bilan band bo'lgan. 
1908-yil bahorida kolleksioner Ivan Morozov uch ming rubl (yetti ming frank) evaziga 
kartinani sotib olgan. 1918-yilda asar Sovet hukumati tomonidan milliylashtiriladi. 
1928-33-yillarda Moskvada namoyish etilib, keyinchalik kolleksioner Stefan Klarkga 
sotib yuboriladi. Uning o'limidan so'ng, vasiyatnomaga ko'ra, kartinaga bo'lgan egalik 
huquqi Yel universitetiga o'tadi. 


68 
70. Vinsent Van Gog, "Yulduzli tun", 1889.
"Yulduzli tun" - gollandiyalik postimpressionist rassom Vinsent Van Gogning eng 
mashhur asarlaridan biridir. Unda Sen-Remi-de-Provansdagi Van Gog 
yotoqxonasining sharqiy derazasidan ko'rinib turgan yulduzlarga to'la osmon va 
hayoliy qishloq ko'rinishini aks etgan. Kartina 1889-yil iyun oyida chizilgan bo'lib, 
1941-yildan beri Nyu-Yorkdagi zamonaviy san'at muzeyida saqlanmoqda. 
Van Gog 1889-yil maydan 1890-yilgacha Gogen bilan tortishuvdan keyin chap 
qulog'idan ayrilgani tufayli Sen-Remi-de-Provansdagi Sent-Pol-de-Mozol ruhiy 
kasalliklar shifoxonasida davolangan. Bu vaqt ichida u samarali ijodni ham davom 
ettiradi va o'zining ba'zi mashhur asarlarini, shu jumladan "Irislar", ko'k kostyumdagi 
o'zining portreti va "Yulduzli tun"ni yaratadi. Kartina kasalxonadagi studiyada bir 
kunda chizilgan hamda unda yotoqxonaning sharqiy oynasidan tashqarining 
ko'rinishi ko'rsatilgan. Van Gog 1889-yil may oyida akasi Teoga shunday yozadi: 
“Temir panjara orqali men bor go'zalligi bilan quyosh ko'tarilayotgan bug'doy dalasini 
ko'rmoqdaman.” 
Van Gog kunning turli vaqtlarida va har xil ob-havo sharoitida ushbu ko'rinishning 
bir qator eskizlarini yaratadi. Ikki kundan keyin Van Gog Teoga yozgan xatida 
"Yulduzli osmon" chizib bitirganini aytadi. Rassom kartinani 1889-yil 28-sentyabrda 
to'qqiz yoki o'nta kartinadan iborat partiya bilan akasiga yuboradi. Teoning vafotidan 
keyin kartina Teoning bevasi Yoxananing qo'liga o'tadi. 1900-yilda u "Yulduzli tun"ni 
parijlik shoir Jyulen Leklerkka sotadi. O'z navbatida Leklerk ham asarni 1901-yilda 
Gogenning do'sti Emil Shuffenekerga sotib yuboradi. 1906-yilda Yoxanna kartinani 
Rotterdamdagi Oldenzil galereyasiga sotish uchun Shuffenekerdan qayta sotib oladi. 
1938-yilgacha kartinaga rotterdamlik Jorjetta van Stolk egalik qiladi va keyinroq 
frantsuz Pol Rozenbergga pullaydi. 1941-yilda Nyu-York zamonaviy san'at muzeyi 
"Yulduzli tun"ni sotib oladi. 


69 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə