Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


Pol Gogen, "Meva tutgan ayol", 1893



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53
100 картина (1)

73. Pol Gogen, "Meva tutgan ayol", 1893.
"Meva tutgan ayol" kartinasining maoricha nomi - "Eu haere ia oe" bo'lib, "Qayoqqa 
ketyapsiz?" deb tarjima qilinadi. Kartina 1893-yilda Taitiga birinchi marta tashrif 
buyurgan Pol Gogen tomonidan chizilgan. Avvaliga moskvalik tijoratchi I.A.Morozov 
tomonidan sotib olinib, 1948-yilgacha uning to'plamida saqlangan. 1948-yildan to 
hozirgi kungacha Ermitaj kolleksiyasida saqlab kelinmoqda. 1892-yilda chizilgan 
uncha mashhur bo'lmagan dastlabki versiyasi Shtutgartda saqlanadi. 
Pol Gogen Polineziyada yaratilgan ko'plab kartinalariga taiticha yoki maoricha nom 
bergan. "Meva tutgan ayol" ham ana shunday asarlardan biridir. Asarning asl nomi 
"Eu haere ia oe" bo'lib, san'atshunoslar Buje va Danielsson Gogenga bag'ishlangan 
asarlarida bu iborani "Qayoqqa ketyapsiz?" deb tarjima qilishgan. Asarlariga "savol 
berish" uslubida nom berish ham Gogenning o'ziga xos uslubi bo'lgan. 
Kartinada Taitidagi qishloqlardan biri tasvirlangan: o't-o'lan yopilgan ikkita oddiy 
kulba. Oldingi qismda yosh ayol qo'lida shakli suv idishiga o'xshab ketadigan mango 
mevasi ushlab turibdi (Danielsson versiyaga ko'ra, ayol ichi o'yilgan qovoqdan 
yasalgan mahsus suv idishni ushlab turibdi). Ayolining yuzi jiddiy ifodali, nigohlari 
diqqat bilan termulgan. Bu ayol uchun model Gogenning taitilik rafiqasi Tehura 
bo'lgan degan versiya bor - bu fikrni san'atshunos Ann Distel ham ta'kidlagan. 


72 
74. Edvard Munk, "Qichqiriq", 1893.
Norvegiyalik ekspressionist rassom Edvard Munk qalamiga mansub ushbu kartina 
1893-1910-yillarda yaratilgan kartinalar seriyasiga kiradi. Unda qonli qizil osmon 
fonida umidsizlikdan qichqirayotgan inson qiyofasi tasvirlangan. 1895-yilda Munk 
huddi shu mavzuda litografiya yaratgan. 
Ekspressionizm timsoli sifatida "Qichqiriq" XX asr san'atiga xos bo'lgan yolg'izlik, 
umidsizlik va begonalashishning ifodasidir. Go'yo muallif kelgusi asrdagi urushlar, 
inqiloblar va atrof-muhit falokatlarini oldindan ko'rib bilib turgandek.
Asardagi odam firguasi shu qadar soddaki, uni har kim o'zicha sharxlashi mumkin. 
Ayrimlar uni skelet deb hisoblasa, boshqalarga shakl embrionni eslatgan. Peyzajning 
to'lqinli chiziqlari go'yoki qichqiriq ovozi hamma joyda eshitilayotgandek tasavvur 
uyg'otadi.
"Qichqiriq"ning fonida Kristianiyaning Ekeberg tepaligidagi Oslo-fordi ko'rinishini 
tasavvur qilish mumkin. Kartina dastavval Munk tomonidan nemis tilida "Der Schrei 
der Natur" ("Tabiat qichqirig'i") deb nomlangan. Kundaligida rassom asar haqida 
shunday degan:
"Men quyosh botayotganda ikki do'stim bilan yo'lda ketayotgan edim, to'satdan 
osmon qondek qizg'ish tusga kirdi. Men to'xtab, charchoq bilan panjaraga suyandim, 
qizg'ish osmon hamda ko'k-qora tusga burkangan fordga tikildim. Do'stlarim yo'lda 
davom etardi, men esa hayajondan titrab turardim." 


73 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə