Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
100 картина (1)

 
 
 
 
 
 


65 
67. Vasiliy Surikov, "Boyarina Morozova", 1887.
XVII asr cherkov nizomlari haqida so'zlovchi ushbu kartina Vasiliy Surikov qalamiga 
mansub bo'lib, 1887-yil ko'chma ko'rgazmada namoyish etilganidan keyin 25 ming 
rublga Tretyakov galereyasi tomonidan sotib olingan.
Surikovning din mavzusiga qiziqishi uning Sibirda kechgan bolaligi bilan bog'liq. U 
yerlarda "Boyarina Morozova haqidagi povest" keng tarqalgandi. Vasiliyning otasi 
farzandini xochga tortilgan Olga Matveyevna Durandina haqidagi hikoya bilan 
tanishtirgan. 
Ushbu hikoyaga ko'ra, 1671-yil 17/18-noyabrda Feodosiya Morozov va Yevdokiya 
Urusova Chudov monastiriga yuborildi. Monastirga yetib kelganda boyarina bo'yniga 
(bo'yniga) zanjir bilan boylangan qo'lining ikki barmog'ini baland ko'targan holda 
murojaat qiladi. Kartinada aynan shu epizod tasvirlangan. 
Surikov qahramon obrazini qora qarg'adan olganini eslaydi. Surikov boyarina uchun 
uzoq vaqt tipaj izlaydi. Oxir-oqibat rassomning xolasi Avdotiya Vasilevna Torgoshina 
boyarinaning prototipiga aylandi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 


66 
68. Valentin Serov, "Qizaloq shaftolilar bilan", 1887.
Rassom Valentin Serov qalamiga mansub ushbu kartina 1887-yilda chizilgan bo'lib, 
Tretyakov davlat galereyasida saqlanadi.
Kartina Savva Mamontovning Abramtsevodagi yozuvchi Sergey Aksakovning qizidan 
1870-yilda sotib olgan mulkida chizilgan. Portretda mulk egasining 11 yoshli qizi Vera 
Mamontova tasvirlangan. Qiz stolda o'tirgan holatda chizilgan, u to'q ko'k rangli 
bantikchasi bo'lgan pushti bluzka kiyib olgan. Stol ustida pichoq, barglar va 4 dona 
shaftoli. Rasmda Mamontovlar uyining oshxonasi tasvirlangan. Qizning o'ng elkasida 
tasvirlangan yog'och grenaderni Mamontovlar Troitsa-Sergius lavra monastiridan 
sotib olingan. 
Serov Abramtsevoga birinchi marta 1875-yilda borgan. 1887-yil avgustda 11 yoshli 
Vera Mamontova uyga yugurib kiradi hamda bitta shaftolini olib stulga o'tiradi. 
Shunda Abramtsevoga yana bir bor mehmon bo'lib kelgan Valentin Serov qizning 
rasmini chizmoqchi ekanini bildiradi va qizaloq rozi bo'ladi. Vera 22 yoshli Serovga 
deyarli ikki oy davomida har kuni shu ko'rinishda o'tirib, yordam beradi. Serov 
kartinani Veraning onasi Yelizaveta Mamontovaga taqdim etadi va kartina uzoq vaqt 
ushbu xonada osiqlik turadi. Hozirda Abramtsevoda nusxasi saqlanadi - asl nusxa 
Tretyakov galereyasida. 
"Qizaloq shaftolilar bilan" kartinasi uchun Valentin Serov 1888-yilda Moskva san'at 
ixlosmandlari jamiyati mukofotiga sazovor bo'lgan. 1896-yil Viktor Vaznetsov ham 22 
yoshli Veraning kartinasini ("Zarang butasini tutgan qiz") chizgan.


67 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə