Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Mixail Vrubel, "O'tirgan iblis", 1890



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
100 картина (1)

71. Mixail Vrubel, "O'tirgan iblis", 1890.
Mixail Vrubel 1891-yilda P.P.Konchalovskiy tahriridagi M.Lermontov asarlari yubiley 
nashri uchun o'ttizta kartina chizadi. Ularning aksariyati Lermontovning "Iblis" 
poemasi bilan bog'liq edi. Kartina uchun eskiz 1890-yilda yaratilgan va hozirda 
Tretyakov davlat galereyasida saqlanmoqda. Vrubel "O'tirgan iblis"ni Moskvada, 
Savva Mamontovning uyida chizadi. 1917-yilda V.O. Girshman to'plamidan muzeyga 
olib kelingan. Asar Tretyakov davlat galereyasining inventarizatsiya kitobida 5600-
raqam ostida qayd etilgan. 
Yuqorida aytib o'tilganidek, syujet Lermontovning "Iblis" she'ridan ilhomlanib 
yaratilgan. Unda iblis inson ruhiy kuchining, ichki kurash hamda shubhaning timsoli. 
Qo'llarini fojiali ravishda birlashtirgancha, gullar ichida uzoqqa ma'yus ko'zlarini tikib 
o'tiribdi. Orqa tomonda - quyosh botayotgan tog'li hudud. Kompozitsiya iblisning 
qiyofasini, go'yo ramkaning yuqori va pastki ustunlari o'rtasida siqilgandek 
ko'rsatadi. Iblisning tashqi ko'rinishiga ayol tashqi ko'rinishiga xos belgilar kiritilgan. 
Iblis obraziga Vrubel ko'p marta murojaat qilgan. Masalan, rassom 1890-yilda 
"Uchayotgan iblis" kartinasini, 1901-1902-yillarda qarib qolgan qolgan chog'ida 
qahramon o'limga ancha yaqinlashganini tasvirlovchi "Yengilgan iblis" kartinasini 
yaratgan.
72. Vinsent Van Gog, "Mahbuslar sayri", 1890.
"Mahbuslar sayri" - Vinsent Van Gog tomonidan 1890-yil fevralda chizilgan kartina 
bo'lib, Gyustav Dorening "Ostrog" (1872) gravyurasi nusxasi hisoblanadi. 
Kartinada qamoqxona hovlisidagi mahbuslar aylanib yuradigan kichik va tor hudud 
tasvirlangan. "Mahbuslar sayri" rassomning so'zlariga ko'ra, hayotni ifoda qiladi. Old 
tomonda, markazda tasvirlangan shaxs boshqa mahbuslarga individuallashtirilgan. 
Qolgan mahbuslarning yuzlariga nisbatan u aniq ko'rinib turibdi. Ushbu qahramonda 
Van Gog o'zini tasvirlagani taxmin qilinadi. 


70 
1888-yil dekabrda Van Gogda ruhiy kasallikning ilk belgilari paydo bo'la boshlaydi. 
Keyinchalik belgilar tez-tez takrorlana boshlaydi hamda rassom ixtiyoriy ravishda Arl 
yaqinidagi Sen Remi monastirida joylashgan Muqaddas Pavel ruhiy shifoxonasiga yo'l 
oladi. 1889-90-yillarda Vinsent jinnixonada qoladi. Ushbu kasalxona direktori doktor 
Peyon hamda rassomning akasi Teo Vinsent ijodini davom ettirishi uchun barcha 
sharoitni yaratib beradi. U yerda rassom o'z asarlarini yaratish uchun boshqa 
rassomlarning gravyura hamda litografiyalaridan foydalana boshlaydi. Bir gal u 
akasidan Regamening "Katorga" gravyurasini yuborishni so'raydi, ammo aftidan Teo 
bu gravyurani topa olmagan hamda ukasiga B.Jerraldning "London" kitobi uchun 
Dore tomonidan yaratilgan "Ostrog" gravyurasini yuboradi. Gravyurada Dore Nyu-
Geyts qamoqxonasining oltiburchakli hovlisi va unda bo'layotgan "mahbuslar 
paradi"ni tasvirlangandi. Ushbu "parad"ning mohiyati shundan iborat ediki
jinoyatchilar tergovchilar oldida yuzlarini yaxshi eslab qolishlari uchun ko'p marta 
olib o'tilardi. 


71 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə