Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
100 картина (1)

 
 
 
 
 


91 
93. Grand Vud, "Amerikacha gotika", 1930.
Amerikalik rassom Grand Vud tomonidan 1930-yilda yaratilgan kartina XX asrdagi 
Amerika tasviriy san'atining eng taniqli (shuningdek, eng ko'p parodiya qilinadigan) 
asari hisoblanadi.
Kartinada o'z uyi fonida qizi bilan turgan fermer tasvirlangan. Ko'rinib turganidek, uy 
o'rta asrlar gotika uslubida qurilgan. Fermer o'ng qo'lida, huddi qurolni ushlab 
turgandek, panshaxani mahkam tutib turibdi. Ayrim tanqidchilar fikricha, bir biriga 
qattiq qadalgan lablar, otaning og'ir nigohi, qiziga botib turgan tirsagi, qizning esa ota 
tomonga jahl bilan qarab turishi... hamma hammasi asarga o'zgacha jozibasizlik 
taqdim etolgan. Ha, ha aynan jozibasizlik!
Qiz allaqachon modadan qolgan ust-bosh kiyib olgan. Rassomning singlisi 
ta'kidlashicha, bunday harakterni yuzaga keltirishda onasining eski kiyimlarining 
o'rni katta bo'lgan. Fermerning kiyimidagi choklar uning qo'lidagi panshaxa shakli 
bilan bir xil. Panshaxa konturlari orqadagi uy derazasida ham takrorlangan. Qizning 
o'ng yelkasi orqa planida qandaydir gullar o'tqazilgan tuvaklar tasvirlangan. Ushbu 
o'simliklardan biri ham panshaxa konturlarini takrorlagan. Uzoqdan cherkov 
minorasi uch qismi ko'rinib turibdi. Uning shakli ham o'tkir tig' ko'rinishida. 
Fermerning chap yelkasi orqa fonida esa ombor tasvirini ko'rish mumkin. Kartina 
personajlarining bu tariqa tasvirlash orqali rassom 1920-yillardagi "yangi 
materializm" davri odamlarining tashqi ko'rinishi ochib berishga harakat qilgan.


92 
94. Pit Mondrian, "Qizil, ko'k va sariq kompozitsiyasi", 1930.
"Qizil, ko'k va sariq kompozitsiyasi" - 1930-yilda abstraksizm asoschilaridan biri 
bo'lgan golland rassomi Pit Mondrianning tomonidan chizilgan kartina. Golland 
harakati "De Stijl" doirasida yaratilgan. Mondrian ham bu harakatning taniqli 
vakillaridan biri hisoblangan va abstrakt uslubning mashhurlashishiga hissa 
qo'shgan.
Parijga ko'chib kelib o'qiganidan so'ng rassom Gollandiyaga qaytishni istaydi, lekin 
Birinchi Jahon urushi boshlanishi bunga to'sqinlik qiladi. Parijda qolishga majbur 
bo'lgan Mondrian bir nechta rassomlar bilan tanishadi hamda ular bilan birga "De 
Stijl" harakariga asos soladi.
Mondrian o'zining "Rassomchilikda neoplastitsizm" degan badiiy manifestida "De 
Stijl" yo'nalishi nima ekaniga aniqlik kiritishga harakat qilgan. Bu haqidagi fikrlarini 
"Qizil, ko'k va sariq kompozitsiyasi" kartinasida to'liq aks ettiradi. Kartinada qizil
ko'k, sariq, qora va oq ranglarni ishlatilib, gorizontal va vertikal chiziqlar bir-biriga 
qarama-qarshi qo'yiladi.


93 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə