Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


  91. Kazimir Malevich, "Suprematik kompozitsiya", 1916



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
100 картина (1)

 


89 
91. Kazimir Malevich, "Suprematik kompozitsiya", 1916.
Ushbu kartina mashhur rus rassomi Kazimir Malevich tomonidan chizilgan bo'lib, rus 
tasviriy san'atining eng qimmatbaho asari hisoblanadi. 1919-20-yillarda u Moskvada 
ko'rgazmaga qo'yilgan. 1927-yilda kartina Varshavada, keyinchalik Berlindagi 
ko'rgazmalarda namoyish etiladi. Rassom 1927-yil iyun oyida SSSRga zudlik bilan 
qaytayotganida kartinani nemis arxitektori Ugo Geringga saqlab turish uchun tashlab 
ketadi. Umuman, ko'rgazmadan so'ng, Malevich Berlinda 100dan ortiq asarlarini 
qoldirib ketishga majbur bo'ladi. Keyinchalik kartina "degenerativ asar" sifatida 
natsistlar tomonidan yo'q qilinmoqchi bo'lganida Gering uni davlatdan olib chiqib 
ketadi. 1958-yilda uning merosxo'rlari kartinani Amsterdamdagi "Stedelik" muzeyiga 
120 ming guldenga sotib yuboradi. XX asr davomida asar bir necha bor turli 
ko'rgazmalarda namoyish etiladi. Amsterdamdagi Malevich asarlari to'plami - sobiq 
SSSRdan tashqaridagi eng kattasi hisoblanadi. 
2003-2004-yillarda ushbu asar AQShda namoyish etilgach rassomning merosxo'rlari 
Gering (va o'z navbatida muzey ham) uni tasarruf etish huquqiga ega emasligini 
ta'kidlaydi. 4 yillik suddan keyin tomonlar murosaga kelishadi - unga ko'ra muzey o'z 
to'plamidan merosxo'rlarga beshta eng yaxshi kartinani qaytarib beradi. Sud ishlari 
davom etadi hamda 17 yillik muhokamalardan so'ng kartina rassomning 
merosxo'rlariga qaytariladi. 
2008-yil 3-noyabrda Sotheby's auksionida kartina noma'lum mijozga 60.002.500 
dollarga sotiladi. 2018-yil 16-mayda Christie's auksionida u yana sotuvga qo'yiladi va 
85.812.500 dollarga sotilsdi. Bu gal ham xaridor noma'lum bo'lib qoladi.


90 
92. Mark Shagal, "Shahar uzra", 1918.
"Shahar uzra" - Mark Shagalning eng mashhur kartinalaridan biri bo'lib, 1918-yilda 
chizilgan. Unda rassom o'sha paytda o'z hayotida muhim bo'lgan hamma narsani 
tasvirlab bergan: o'zi, sevimli xotini Bella va Vitebsk. Kartinada shahar tepasida uchib 
borayotgan baxtli sevishganlar tasvirlangan. Pastda Vitebskning ko'plab to'siqli 
uylari. 
Shagalning kartinalarida ko'pincha uchayotgan odamlar tasvirlanadi. Bunday holatda 
"baxtdan parvoz qilish" metaforasining tom ma'nodagi misolini ko'rish mumkin. 
Shagal dunyodagi eng yoqimli tuyg'uni tasvirlab bergan.
1914-yilda Shagall "Shahar uzra" kartinasini chizishni boshlaganda, Bella bilan 5 
yildan beri tanish edi. Mark kambag'al yahudiy ishchining o'g'li edi, Bella esa boy 
zargarning farzandi. Shagal Parijga o'qish va nom qozonish uchun yo'l oladi. 1915-
yilda qaytib keladi va ular turmush qurishadi. 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə