94
96. Pablo Pikasso, "Gernika", 1937.
Pablo Pikasso qalamiga mansub ushbu mashhur kartina 1937-yil may oyida Parijdagi
Butunjahon ko'rgazmasida namoyish qilingan. Kartina Ispaniya Respublikasi
hukumati buyrug'i bilan ko'rgazmadagi ispan pavilyoni uchun chizilgandi.
Kubizm
uslubida va qora-oq rangda ishlangan asarning mavzusi - yaqindagina ro'y bergan
Gernika fojeasi,
shuningdek, Ispaniya ro'y bergan aprel inqilobi (1931) hamda
Ispaniya fuqarolik urushi (1936-1939) edi.
Ko'rgazmadan so'ng, kartina bir qator mamlakatlarda (asosan AQShda)
namoyish
etiladi. Pikassoning o'zi uni, Ispaniyada Respublika tiklanganidan keyin, "Prado"
muzeyida ko'rishni istashini aytgan. Kartina 1981-yilda "Prado"ga olib kelingan. 1992-
yilda "Gernika" boshqa san'at asarlari bilan Madriddagi qirolicha "Sofiya" muzeyiga
o'tkazilgan va hozirgacha o'sha yerda saqlanmoqda.
Yuqorida
aytilganidek, "Gernika"ning yaratilishiga Basklar davlatidagi Gernika
shahrining bombardimon qilinishi asos bo'lgan. Ispaniyadagi inqilobning eng muhim
voqealaridan biri (1931-1939) - bu fuqarolar urushi edi. 1937-yil 26-aprelda
lyuftvaffening ko'ngilli bo'linmasi bo'lgan "Kondor" legioni Gernikaga bostirib kiradi.
Uch soat ichida shaharga minglab bombalar yog'diriladi. Natijada olti ming kishilik
shahar vayronaga aylanadi.
Butun dunyo, shu jumladan Pablo Pikasso ham bu
voqealarni qayg'u bilan kuzatishga majbur bo'ldi. Ispan shoiri Rafael Alberti shunday
eslaydi: "Pikasso hech qachon Gernikada bo'lmagan,
ammo shaharning vayron
bo'lishi haqidagi xabar unga huddi buqa suzgandek ta'sir qildi".
Rassom bir oy vaqtini yangi kartina uchun sarfladi. Ilk kunlarda hatto 10-12 soatlab
ishladi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, Parij okkupatsiyasi vaqtida bir nemis
ofitseri Pikassoning oldiga keladi. Stol ustida "Gernika"ning nusxasi turardi. Buni
ko'rgan ofitser shunday deydi: "Nahotki buni siz yaratdingiz?!!" "Yo'q," - javob beradi
rassom. - Buni sizlar yaratdingiz".
Dostları ilə paylaş: