56
58. Klod Mone, “Taassurot. Chiqayotgan quyosh",
1872 yil.
Klod Mone tomonidan 1872-yilda chizilgan hamda Gavr shahrining ko'hna tashqi
qismi
tasvirlangan
asar
bo'lib,
rassomchilikdagi
yangi
yo'nalish
-
"impressionizm"ning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. Kartina birinchi marta fotograf
Nadarning eski ustaxonasidagi ko'rgazmada 1874-yilda namoyish etilgan. Jurnalist
Lui Lerua tufayli asar nomi ushbu ko'rgazmada ishtirok
etgan kartinalar uchun
yo'nalish nomiga aylanadi.
"Impressionistlar ko'rgazmasi" (1874, Le Charivari gazetasi) maqolasida Lerua
shunday yozadi: "Fon va ko'rinib turgan boshqa narsalar "Taassurot"dan ko'ra
tugallanganroq ko'rinardi!".
Asar Parijdagi Marmotan muzeyiga yuboriladi. Keyinchalik 1985-yilda
rassomning
boshqa asarlari bilan birga o'g'irlab ketiladi hamda 5 yil o'tgachgina topilib, joyiga
qaytariladi.
Klod Monening davrida "impressionizm" so'zi qo'pol haqoratdek edi. Ammo rassom
bunga e'tibor qilmaydi. Asarda Gavr shahri manzarasi o'ziga xos tarzda ifodalangan.
Bu shaharda Mone o'sib ulg'aygan va o'zini birinchi marta rassom sifatida tanigan.
Monening mazkur kartinasini o'rgangan ayrim tadqiqotchilar uni "Tumandagi
Oyning tasviri" deb nomlagan. Ba'zilar esa
rassom quyosh chiqishini emas, balki
quyosh botishini tasvirlagan deb ishonadi. Shubhalarni yo'qotish uchun amerikalik
tadqiqotchilar fotosuratlar va meteorologik ma'lumotlarni o'rganib chiqib,
uning
1872-yil 13-noyabr kuni soat 7:35 da chizilganini aniqlashgan.