Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Ivan Ayvazovskiy "To'qqizinchi val"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53
100 картина (1)

51. Ivan Ayvazovskiy "To'qqizinchi val", 
1850.
"To'qqizinchi val" - kelib chiqishi arman bo'lgan rus rassomi Ivan Ayvazovskiyning 
mashhur kartinasi bo'lib, bugungi kunda Sankt-Peterburgdagi Rus muzeyida 
saqlanadi. Kartina 1850-yilda yaratilgan. 
Rassom kuchli tungi bo'rondan keyingi dengiz holati hamda kema halokatiga 
uchragan odamlarni tasvirlagan. Quyosh nurlari ulkan to'lqinlarni yoritadi. Ulardan 
eng kattasi - to'qqizinchi val - u halokatdan omon qolgan odamlarni cho'ktirishga 
tayyorlanmoqda. 
Kema halokatga uchragani va faqat machta omon qolganiga qaramay, tirik qolgan 
odamlar yashash uchun kurashishda davom etmoqda. Dengizning to'q ranglarda 
tasvirlanishi uning unchalik shafqatsiz emasligini hamda odamlar tirik qolishiga 
umid bor ekanini ifodalamoqda. 
Kartina 1897-yilda Rus muzeyiga Ermitajdan olib kelingan. 


50 
52. Jan-Fransua Mille "Don teruvchilar", 
1857.
Barbizon maktabi eng yetuk rassomlarida biri - Jan-Fransua Mille qalamiga mansub 
kartina.
Osmon kulrang - ko'k tonlarda tasvirlangan. Bulutlar tonggi quyosh nurlarining yer 
yuziga yetib kelishini to'xtatib turibdi. Yoz. Hosil yig'ib olingan dala maydoni. 
Boshdan oyoq terga botgan terimchilar. Yaqin fonda don qoldiqlarini yig'ayotgan 
ayollar. Ularning mehnati mutlaqo ahamiyatsiz bo'lib tuyulishi mumkin, ammo 
unday emas. Pulga ehtiyojmand ushbu 3 ayol engashib olgancha yerda to'kilib qolgan 
boshoqlarni yig'ish bilan band. Ularning mehnati ancha og'ir, qo'llari kir va qorayib 
ketgan, har bir don uchun jiddiy raqobat kechmoqda. Kiyimlari yupun... Orqa fonda 
ulkan pichan g'aramlari ko'rinadi. 
Qishloq hayotini tasvirlash Millening eng sevimli mavzularidan biri bo'lgan. Mazkur 
kartina esa makkajo'xori terimi mavzusidagi o'n yillik ishlarning eng kulminatsion 
nuqtasi edi. Ertalab kambag'allarga dalaga borib yig'imdan so'ng to'kilib qolgan 
boshoqlarni terib olishga ruxsat berilardi. Kartinada rassom shunday vaziyatda oilasi 
uchun mehnat qilayotgan uch ayolni tasvirlagan.

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə