Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Eduard Mane, "Maysazordagi nonushta"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53
100 картина (1)

54. Eduard Mane, "Maysazordagi nonushta", 
1863.
"Maysazordagi nonushta" (fr. Le déjeuner sur l'herbe) - fransuz rassomi Eduard Mane 
tomonidan 1863-yilda chizilgan mashhur kartina. Hozirda Parijdagi Orse muzeyining 
29-zalida saqlanadi. 
Dastlab "Cho'milish" (fr. Le bain) deb nomlangan ushbu kartina Parij "Salon"i uchun 
chizilgandi. Ammo "Salon" hay'ati "Maysazordagi nonushta"ni ko'rgazmaga qabul 
qilmaydi. Chunki ko'rgazmada imperator Napoleon III tashabbusi bilan yaratilgan 
3000 ta boshqa kartina namoyish etilayotgandi. 
Ushbu kompozitsiyaga asos sifatida Mane Jorjonening (Titsian tomonidan 
yakunlangan) "Qishloqdagi kontsert" (1508-1509) va Markantonio Raymondining 
"Paris sudi" gravyurasini olgan. Asarni yaratish g'oyasi Maneda yakshanba kuni Sena 
qirg'og'iga borganida paydo bo'lgan. A.Prust (rassomning do'sti, yozuvchi Marsel 
Prustning otasi) xotiralariga ko'ra, asar g'oyasi tabiat qo'ynida, Mane cho'milayotgan 
odamlarni ko'rib qolganida tug'ilgan. 
Ayollarning modeli Viktorina Myoran bo'lgan. Erkaklardan biri Manening akasi 
Gustav, ikkinchisi bo'lajak kuyovi Ferdinand Leenxoff edi. Erkaklar dendidek kiyinib 
olgan. Ular suhbatga shunchalik berilib ketganki, ayollarga umuman e'tibor 
bermayotganday go'yo. Erkaklarning oldida yechilgan ayollar kiyimlari, bir savat 
mevalar va non. Orqa fonda, daryoda cho'milayotgan kiyimli ikkinchi ayol.


53 
55. Eduard Mane, "Olimpiya", 
1863. 
Fransuz impressionisti Eduard Mane tomonidan 1863-yilda chizilgan rasm. 1865-
yilda Parij "Salon"ida namoyish etilgan ushbu kartina san'at tarixidagi eng katta 
janjallardan birini keltirib chiqargan. "Olympiya" Fransiya davlatiga tegishli va 1986-
yildan beri Parijdagi Orse muzeyida namoyish etiladi. 
Rasmda yonboshlab yotgan yalang'och ayol tasvirlangan. O'ng qo'li bilan u oppoq 
yostiqlarga suyanib turibdi. Chap qo'li tizzasida. Modelning yuzi va tanasi tomoshabin 
tomon burilgan. Uning oppoq yotog'i to'shak bilan qoplangan bo'lib, uning chetlari 
gulli naqshlar bilan bezatilgan. Qiz qo'li bilan choyshabning uchini ushlab turibdi. 
Olimpiya uchun model vazifasini rassomning sevgilisi Viktorina Myoren bajargan. 
Tomoshabin shuningdek, yotoqning quyuq qizil qavatini ham ko'rishi mumkin. Qiz 
butunlay yalang'och, faqat bir nechta taqinchoqlar taqib olgan. Sochlari katta pushti 
taqinchoq bilan bezatilgan, bo'yin qismida qora baxmal matoda bog'langan marjon. 
Qizning oyoqlarini nafis poyafzallar bezab turibdi. Kartinadagi ikkinchi figura - qora 
tanli xizmatkor. Uning qo'lida oq buketdagi hashamatli guldasta bor. Xizmatkor 
pushti ko'ylak kiygan, bu esa uning teri rangini yanada bo'rttirib ko'rsatgan hamda 
fonda uning boshi deyarli sezilmay qolgan. Yotoq joyning o'ng tomonida qora mushuk 
tasvirlangan. 
Mane birinchi marta o'z asarini 1859-yilda Parij "Salon"ida taqdim etishga harakat 
qilgandi. Biroq, uning "Absent oshig'i" kartinasi "Salon"ga qo'yilmaydi. 1861-yilda 
"Salon"da Manening ikki asari - "Ispaniyalik gitarist" va "Avgust va Yevgeniy Mane, 
rassomning ota-onasi" asarlari jamoatchilik e'tiborini qozonadi. 1863-yilda Manening 
asarlari yana Parij "Salon"i hay'ati tanlovidan o'tmaydi va "Les Miserables" salonida 
namoyish etiladi. U yerda "Maysazordagi nonushta" allaqachon katta janjal 
markazida edi. Ehtimol, Mane 1864-yilda Parij "Salon"ida "Olimpiya"ni namoyish 
qilmoqchi bo'lgandir, lekin aynan Viktoriya Myoran bu asarda ham tasvirlangani 
uchun rassom yangi janjal yuzaga kelmasligini istaydi va Parij "Salon"iga Olympiya 
o'rniga "Buqalar jangi epizodi" hamda "Marhum Iso farishtalar bilan" kartinalarini 
taklif qiladi. Ammo "Salon" bu asarlarni rad qiladi. 1865-yilga kelibgina kartina Parij 
"Salon"ida namoyish etiladi. 


54 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə