Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


Ilya Repin, "Volga burlaklari"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53
100 картина (1)

59. Ilya Repin, "Volga burlaklari", 
1873.
Rus rassomi Ilya Repinning 1870-1873-yillarda yaratgan kartinasi. Kartinada 
burlaklar arteli ish jarayonida tasvirlangan. Hozirda Sankt-Peterburgdagi rus davlat 
muzeyida saqlanmoqda. 
Rassomning eslashicha, rasmni yaratish g'oyasi 1869-yilda Konstantin Savitskiy bilan 
birgalikda tanlov uchun "Iov va uning do'stlari" kartinasini chizish maqsadida Neva 
daryosi bo'yiga borganida paydo bo'lgan. U yerda Ilya birinchi marta burlaklarni 
ko'radi va ularning og'ir hayoti rassomda katta taassurot qoldiradi. Shu bilan birga, 
kartinaning birinchi akvarel eskizi yaratiladi. Ushbu eskizda burlaklar bilan birga 
oddiy aholi ham tasvirlangan. Ushbu kompozitsiyasi Fyodor Vasilev tomonidan 
tanqid qilinadi va "sun'iy" deb baholanadi. Shundan keyin Ilya 200 rubl pul to'plab 
Ivan Kramskoy bilan birga Volgaga boradi. 
Bu davrda umumiy fanlar bo'yicha imtihon topshirishni istamagani sababli Repinni 
Badiiy akademiyadan chiqarib yuborilishi mumkinligi to'g'risidagi demarshlar 
boshlangandi. Ilya bo'shash to'g'risida ariza beradi, ammo ariza rad qilinib, buning 
o'rniga unga chet elda malaka oshirish va'da qilinadi hamda Volga bo'ylab Tverdan 
Saratovgacha sayohat qilish uchun pul beriladi. 1870-yil may oyida Ilya Repin, uning 
akasi Vasiliy, Fyodor Vasilev va Yevgeniy Makarov "Samolyot" kompaniyasining 
paroxodida sayohatga yo'l olishadi. 
1870-yilda Repin 18,3 × 32,7 sm o'lchamdagi kartinani yaratadi. Ushbu eskiz bugun 
Moskvadagi Tretyakov galereyasida (№ 11488) saqlanadi. Keyin 23.5 × 50.5 sm 
formatidagi ilk versiya paydo bo'ldi (Tretyakov galereyasi, № 708). 1871-yil mart 
oyida kartinaning vaqtinchalik versiyasi Sankt-Peterburgda namoyish etildi va 
mukofotga sazovor bo'ldi. 1873-yil mart oyida Repin kartinani yakunlaydi. 
 
 
 
 


58 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə