|
![](/i/favi32.png) Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartinaTeodor Jeriko, "«Meduza» soli"100 картина (1)44. Teodor Jeriko, "«Meduza» soli",
1819.
Fransuz rassomi Teodor Jerikoning romantizm davridagi eng mashhur
kartinalaridan biri. Asar 1819-yil Parij "Salon"ida namoyish etiladi hamda
jamoatchilikning turli xil fikrlariga sabab bo'ladi. Biroz vaqt o'tgach, Buyuk
Britaniyaning turli joylarida tadbirkor Uilyam Bullok tomonidan tashkil etilgan
ko'rgazmalarda namoyish etiladi. Jerikoning vafotidan so'ng Luvr tomonidan
rassomning do'sti Dedryo-Dorsi vositachiligida sotib olinadi va hozirda shu yerda
saqlanmoqda.
Kartina syujeti real voqelikka asoslangan bo'lib, unda 1816-yil 2-iyulda Senegal
qirg'oqlarida sodir bo'lgan halokat tasvirlangan. Afrika qirg‘oqlaridan unchalik uzoq
bo‘lmagan Argen sayozligida, Meduza fregati halokatga uchraydi. Yo'lovchilarni
evakuatsiya qilish uchun qayiqlardan foydalanish hamda ikkita reys amalga oshirish
rejalashtiriladi. Yuklarni tashib ketish uchun geograf Aleksandr Korrear boshchiligida
uzunligi 20 metr, kengligi 7 metr bo'lgan sol yasaladi. Bu orada shamol kuchayadi
hamda kema korpusida yoriq paydo bo'ldi. Kema parchalanishi mumkinligidan
qo'rqqan yo'lovchilar va ekipaj vahimaga tushadi. Kapitan darhol uni tark etishga
buyruq beradi. Fregatda o'n yetti kishi qoladi, 147 kishi esa solga o'tadi. Solda yuk
ko'payib ketadi. Uni boshqarishning deyarli imkoni yo'q edi. Bo'ron boshlanishi bilan
qayiqdagilar solda bunday yukni olib ketolmasliklarini tushinishadi hamda
arqonlarni kesib, qirg'oq tomon suzib ketishadi.
Soldagi vaziyat falokatli ko'rinish oladi. Unda tirik qolganlar qarama-qarshi guruhlar
bo'linib ketadi - bir tomonda ofitser va yo'lovchilar, ikkinchi tomonda dengizchi va
askarlar. Birinchi kechada 20 kishi o'ldiriladi yoki o'z joniga qasd qiladi. Ular asosan
oziq-ovqat hamda suvni tejash, shuningdek eng xavfsiz joylar uchun kurashda halok
bo'lishgandi. To'rtinchi kunga kelib atigi 67 kishi tirik qoladi. Ularning ko'plari
ochlikdan qiynalib, o'lganlarning jasadini yeyishni boshlaydi. Sakkizinchi kuni 15
nafar eng kuchli tirik qolganlar bir-birini o'ldirmaslik uchun zaif va yaradorlarga
tashlanadi.
Hodisa tafsilotlari o'sha payt jamoatchiligini larzaga keltiradi. Muxolifat amaldagi
hukumatni sodir bo'lgan voqeada ayblaydi. 1817-yil kuzida "Meduza fregati halokati"
kitobi nashr etildi. Unda hodisaning guvohlari - Aleksandr Korrear va shifokor Anri
Savinyi o'zlarining o'n uch kunlik sarguzashtlarini tasvirlab bergandi.
|
|
|