Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


Jon Singlton Kopli "Uotson va akula"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53
100 картина (1)

39. Jon Singlton Kopli "Uotson va akula". 
(1778-yil)
Jon Singlton Kopli qalamiga mansub kartina 1778-yilda chizilgan hamda Bruk 
Uotsonning Gavanada (Kuba) akula hujumidan qutqarib qolinishi aks ettirilgan asar 
hisoblanadi. Kartinaning uchta dastlabki versiyalarining asl nusxasi Milliy san'at 
galereyasida (Vashington, Kolumbiya okrugi) saqlanadi. 
Syujet real voqeaga asoslangan - 1749-yilda Gavana portida sodir bo'lgan voqea 
asosida chizilgan. Shu kunda Bruk Uotsonga akula hujum qiladi. 14 yoshli yetim bola 
bo'lgan Bruk amakisining savdo kemasi ekipaji a'zosi edi. Bir o'zi cho'milayotgan 
paytda u birdaniga ikki marta akula hujumiga uchraydi. Birinchi hujumda akula 
Uotsonning o'ng oyog'i tizza ostidan bir parcha go'shtni uzib olgan. Ikkinchi hujumda 
oyog'ini tishlagan. Yaqin o'rtada suzib ketayotgan kema ekipaji bolani akuladan 
saqlab qolishgan. Oxir-oqibat uning oyog'i tizzadan amputatsiya qilinadi hamda 
odatiy hayot kechirishda davom etadi. Hatto keyinchalik Londonning lord meri 
bo'ladi ham. Ushbu hodisa odamlarga akula hujumi haqidagi dastlabki 
hujjatlashtirilgan hodisadir. 
Kopli va Bruk Uotson 1774-yilda Kopli Londonga kelganda tanishib qolishadi. Uotson 
rassomdan 1749-yilda ro'y bergan voqealar suratini chizib berishni so'raydi. Shu 
tariqa 1778-yilda ushbu mashhur kartina yaratiladi.
 


39 
40. Jak-Lui David "Goratsiylar qasami".
(1784-yil)
Yana bir fransuz rassomi Jak-Lui David qalamiga mansub kartina 1784-yilda Rimda 
chizilgan. Keyingi yili Parijda namoyish etiladi hamda rassomga misli ko'rilmagan 
shuhrat olib keladi. Asar o'sha vaqtlardagi fransuz neoklassizmining yaqqol 
na'munalaridan biri hisoblanadi. Hozirda Luvrning 1-qavatidagi Denon galereyasi 75-
zalida saqlanadi.
Kartinada rim tarixchisi Tit Liviy hikoyasi syujet tasvirlangan. Unga ko'ra 
Goratsiylardan bo'lgan 3 aka-uka Rimning eng yomon dushmani bo'lgan Alba Long 
shahri eng yaxshi uch askari - aka-uka Kuriatsiylar bilan jang qilish uchun tanlab 
olinadi. David, uch aka-uka qo'llarini ko'tarib, g'alaba qozonish yoki o'lishga qasam 
ichayotgan, otalari esa jang qilichlarini ushlab turgan paytini tasvirlagan. O'ng 
tomonda qayg'uga tushgan ayollar guruhi - orqada jasur og'lonlarning onasi ikki 
nabirasi quchoqlab turibdi, yaqin fondagi ikki ayolning biri Kuriatsiylardan birining 
ayoli, Goratsiylarning singlisi Kamilla, ikkinchisi esa Kuriatsiylarning singlisi
Goratsiylardan birining xotini Sabina. 
Rassom 1784-yilda xotini va farzandlari bilan Rimga boradi. Bunga sabab, faqat 
Rimdagina u rimliklar suratini chizishi mumkin edi. Kartinadagi nabiralar uchun 
model vazifasini Davidning kichik farzandlari bajargan.


40 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə