11
oq mo'ynali jonivor poklik ramzi hisoblangan. Bu orqali Leonardo gersogning
xushtoriga bir tomondan pokizalik baxsh etgan bo'lsa, ikkinchi tomondan turmushga
chiqmagan ayolning gunohlarini yashirishga uringan.
Tadqiqotchilardan birining
fikricha, portret chizilayotganda Sesiliya xomilador bo'lgan. Jonivor surati
kompozitsion xususiyat kasb etishi bilan birgalikda yosh xonimning xomilador
qornini berkitib ketgan.
11. Leonardo da Vinchi "Mahfiy kecha".
(1498-yil)
Leonardo da Vinchi va uning shogirdlari tomonidan
ishlangan ushbu mahobatli
kartinada Iso Masihning o'z havoriylari bilan oxirgi marta birga ovqatlanish sahnasi
tasvirlangan. Kartina 1495-1498-yillarda Milandagi Santa-Mariya delle Gratsiya
monastiri devorlariga gersog Lyudovik Sforza va uning rafiqasi Beatriche d'Este
buyurtmasi asosida chizilgan. Buni rasmning yuqori burchagiga tushirilgan Sforza
oilaviy gerbidan ham bilish mumkin.
Kartinaning dastlabki uch qoralamasi Leonardoning
yordamchisi tomonidan
tayyorlangan. Kartina nam gipsga emas, quruq devorga chizilgan. Shu tufayli uni
freska deb atash biroz xato. Kartinada havoriylar Iso Masih atrofida 3
guruhga
bo'lingan holda tasvirlangan (o'ngdan chapga):
-Varfolomey,
Iakov
Alfeyev
va
Andrey;
-Iuda Iskariot (yashil-ko'k aralash rangdagi kiyimlarda), Petr va Ioann;
-Iakov
Zevedeyev,
Foma
va
Filipp
-Matfey, Iuda Faddey va Simon.
Kartinada Iso Masihning havoriylardan biri unga hiyonat qilishi haqida aytayotgani
tasvirlangan. Leonardo havoriylar yuzini tomoshabinga ko'rinadigan qilib
tasvirlashga harakat qilgan. O'sha davrlardagi
bu mavzuda chizilgan boshqa
kartinalarda Iuda -Masih va 11 havoriyidan alohida yoki hamma nimb bilan
tasvirlangani holda nimbsiz tasvirlanardi. Ammo Leonardo bunday yo'l tutmaydi.
Iudaning qo'lida kichik hamyonchani ko'rish mumkin. Balki, bu sotqinlik uchun
olingan pullardir... Iso xoin bir vaqtning o'zida o'z nafsi uchun ham xizmat qilishini
aytadi. Iuda ovqat yeyotgan idishning bo'shligi va Iso unga o'ng qo'lini uzatayotganini
12
payqamaydi. Shu bilan birga, Iso non va sharobga ishora qilmoqdi, bu esa gunohsiz
tana va qonni anglatadi.
Dostları ilə paylaş: