Har bir marketinga yo‘naltirilgan korxonaning faoliyatini oqilona yuritish, bu


Marketing muammolarini tasniflash belgilari



Yüklə 158,53 Kb.
səhifə3/7
tarix25.05.2022
ölçüsü158,53 Kb.
#87919
1   2   3   4   5   6   7
ismoilova kurs ishi

Marketing muammolarini tasniflash belgilari
Ushbu rasmda keltirilgan marketing muammolarining tasnifini uning har bir
guruhi bo‘yicha qarab chiqish maqsadga muvofiq. Chunki ular bir-biri bilan uzviy
bog‘liq muammolardir. Birini hal qilib ikkinchisi e’tibordan chetda qolsa kutilgan
natijani bermaydi. Shu tufayli hamisha barcha mavjud muammolarni aniqlash bilan
birga ularni hal qilish yo‘llarini ham aniqlashni taqozo qiladi.
Shuni alohida qayd qilish kerakki, muammolar ko‘rinib turmaydi. Ular
ko‘rinmasada o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalan, mahsulot (xizmat) sotilmayapti, sotilsa
ham o‘sish sur’ati kamayib bormoqda. Bu albatta ma’lum muammolarning ta’sirida
sodir bo‘ladi, ammo ular, ta’kidlanganidek ko‘rinib turmaydi. Shu tufayli har bir
muammoni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ushbu to‘rtta
yo‘nalishdagi muammolarnining har birini tasniflashni taqozo qiladi. Quyida har bir
guruh muammolarning tavsifiga alohida to‘xtalishni lozim, deb topdik.
4.3. Marketing tadqiqotlarida muammolar va ularning tasnifi
1. Tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bo‘yicha muammolar tasnifi.
Ushbu guruh muammolar ikkita yo‘nalishda sodir bo‘ladi. Birinchisi, ishlab chiqarish
jarayonini marketing tamoyili asosida boshqarish bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan,
bevosita tashqi omillarga (xaridorlar didi va imkoniyatlarining o‘zgarishi, raqobat
maydoniga yangi raqobatchilarning kirib kelishi, innovatsiyaning korxonalarga bir xil
darajada joriy qilinmayotganligi kabilar) bog‘liq bo‘ladi. Ushbu muammolarni yaxlitholda qaraydigan bo‘lsak, bular o‘z navbatida bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ushbu
guruhlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha marketing tadqiqotlari muammolari;
- chet mamlakatlarda ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha marketing tadqiqotlari
muammolari;
- mahalliy va chet mamlakatladagi ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha marketing
tadqiqotlari muammolari. Bularni quyidagi rasmda ifodalash mumkin

Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish joyi bòyicha muammolarni tasnifi


Mahalliy va chet mamlakatlarda ishlab chiqaruvchilar bòyicha

Chet mamlakatlarda ishlab chiqaruvchilar bòyicha

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bòyicha


Yüklə 158,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə