Har XIL janrdagi asarlarni o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari. Ertakni o‘qish mеtodikasi. O‘quvchilarni ertak janri bilan tanishtirish



Yüklə 244,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix29.05.2023
ölçüsü244,92 Kb.
#113923
1   2   3
\'ruza matni

«Ko‘ngilchan o‘tinchi»
ertagida 
qayin, eman, shumtol, zarang, zirk, tog‘terak, qarag‘ay, qayrag‘och, chinor
kabi daraxt nomlari keltirilgan. Ularni bola ko‘z oldiga keltira olmaydi. Ertakni 
o‘qishdan oldin shu daraxt rasmlarini ko‘rsatib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini 
izohlash va nomlarini aytish lozim. Shundan so‘ng didaktik o‘yin o‘tkaziladi. Bunda 
daraxt rasmlari bolalarga bo‘lib beriladi. Har bir o‘quvchi o‘ziga berilgan rasmdagi 
daraxtning nomini aytishi va ertakdagi shu daraxtning so‘zini o‘z so‘zlari bilan aytib 
berishi kerak bo‘ladi. 


Shu ertakni o‘qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o‘quvchilardan 
shaylanib, 
ro‘parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo
so‘zlarining ma’nosi so‘raladi. 
Javoblar to‘ldiriladi, umumlashtiriladi. 
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo‘llangan badiiy vositalar: 
jonlantirish, metafora, mubolag‘alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, 
ertakni o‘rganish darslarining 
qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
1. Ertak bilan tanishtirish: 
a) o‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash
b) o‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi, yod aytib berishi va hok. 
2. Ertakni o‘quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida 
qisqacha suhbat o‘tkazish; 
3. Ertakni qismlarga bo‘lib o‘qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy 
vositalar, ma’nodosh so‘zlarni topish, lug‘at ishi (ayrim so‘zlar ma’nosini 
tushuntirish); 
4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o‘qish); 
5. Ertakni so‘zlab berish; 
6. Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g‘oyasini ochish); 
7. Ma’lum vazifa bilan ertakni qayta o‘qish (ijodiy va mustaqil ishlar); 
8. Vazifani tekshirish va yakunlash
9. Uyda ertakni o‘qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish. 
Mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar: 
1.Boshlang‘ich sinf ”O‘qish kitobi”dagi ertak janriga xos asarlarni ajratish. 
2.Ertak janrini o‘rganish darsi ishlanmasini tayyorlash. 

Yüklə 244,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə