Harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar Reja



Yüklə 28,29 Kb.
səhifə5/7
tarix11.12.2023
ölçüsü28,29 Kb.
#148322
1   2   3   4   5   6   7
Harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar

.


  • Miozin tolalari tarmoqlanib, har qaysisi taxminan 150 miozin molekulasidan tashkil topgan ko’prikcha boshchalarini hosil qiladi. Bu boshchalar miozin tolasini aktin tolasi bilan bog’lab turadi. Ko’ndalang ko’prikchalarning boshchalari eshkaksimon harakat qilib, aktin tolasini miozin tolasi oralig’iga siljitadi. Ko’prikchalar harakatlarining amplitudasi 20 nm, chastotasi sekundiga 5-50 tebranishni tashkil etadi. Ko’ndalang ko’prikchalar faollashganda birbiridan alohida tarzda dastlab aktin tolasiga ulanib uni tortadi, so‗ngra undan ajralib, yana 106 birikish imkoniyatini tug‗diradigan sharoitni ―kutib‖ turadi. Ko‗prikchalar asinxron ravishda harakatlansada, ular juda ko‗p bo‗lganidan vujudga keladigan tortish kuchi qisqarish davomida bir me‘yorda saqlanadi

.


  • Tinch holatda ko’prikcha energiyani o’zida to’playdi, lekin aktin tolasi bilan birika olmaydi, ular o’rtasida joylashgan troponin oqsil globulasi bilan birikkan tropomiozin oqsil molekulasi ipi bunga xalaqit beradi. Muskul faollashganda, muskul hujayrasi mioplazmasida erkin Са2+ ionlari miqdori ortadi va troponin oqsili kalsiy ioni bilan birikib, o’z konformatsiyasini o’zgartiradi, natijada tropomiozin oqsil ipini surib, faol markazni ishga tushiradi hamda ko’ndalang ko’prikchalarning aktin tolasi bilan birikishiga imkoniyat tug’diradi. Birikish natijasida ko’prikchaning konformatsiyasi keskin o’zgaradi, uning boshchasi ma‘lum burchak ostida egiladi, natijada aktin tolasi 20 nm masofaga suriladi. Bu jarayon uchun sarflangan energiya fosforlangan aktomiozin tarkibidagi makroergik fosfat bog’lanish hisobiga 107 ta‘minlanadi. ATF-aza faolligiga ega bo’lgan aktomiozin makroergik fosfatlar parchalanishini ta‘minlaydi. Keyingi bosqichda aktin va miozin tolalar atrofida Са2+ ionlari miqdori kamayishi tufayli tropomiozin troponindan ajraladi va ko’ndalang ko’prikcha bilan aktin tola o’rtasida yana to’siq hosil bo’ladi. Miozin ATF hisobiga fosforlanadi. Ba‘zi adabiyotlarda ATF faqat miozinni energiyaga boyitish uchun emas, balki iplarni bir-biridan vaqtincha ajratishda ahamiyatga ega zarur bo’lgan modda ekanligi ko’rsatib o’tilgan. Bu jarayon esa muskulning bo’shashishiga imkoniyat yaratadi.

Yüklə 28,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə