Harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar Reja



Yüklə 28,29 Kb.
səhifə4/7
tarix11.12.2023
ölçüsü28,29 Kb.
#148322
1   2   3   4   5   6   7
Harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar


  • Olib borgan tajribalari natijasida Xill muskullar qisqarganda yuzaga keladigan taranglik (Р) ni muskul qisqarishining tezligi (V) ga bog‗lovchi tenlamani yaratdi:

  • . bu yerda a va b – konstantalar (turli muskullar uchun a taxminan ¼ Pmax ga b esa taxminan ¼ Vmax ga mos keladi). Bu tenglamadan izotonik qisqarishda yuklama ortgan sari uning tezligi giperbola bo‗ylab kamayib boradi, degan xulosa kelib chiqadi. Tetanus holatida muskul vujudga keltiradigan maksimal taranglikni Р0, mazkur paytdagi taranglikni esa Р deb belgilanadigan bo‗lsa, u vaqtda 8.1-tenglama quyidagi ko‗rinishga keladi:

  • (P+a) (V+b) = (Р0+a) b=const (8.2)

  • . bundan taranglik quyidagiga teng bo’ladi: (8,3)

  • . Muskulning vaqt birligi ichida bajaradigan ishi, ya‘ni quvvati taranglikning qisqarish tezligi ko’paytmasiga teng: (8.4).

  • Shunday qilib, muskulning quvvati yuklama bilan muskul qisqarishining tezligiga bog‗liq bo‗lar ekan.

Mushaklar mexanikasi. Sirpanuvchi tolalar nazariyasi


  • Muskul tolasining qisqarish jarayonini L.Xaksli, J.Xanson va M.Xaksli kabi olimlar tomonidan yaratilgan sirpanuvchi tolalar nazariyasi tushuntiradi. Ammo bu nazariya miozin ko’prikcha boshchalarining aktin tola bilan bog’lanishi va undan ajralishi jarayonini to’la ochib bermaydi. Devis tomonidan bu jarayon quyidagicha tushuntiriladi. Yа‘ni aktin va miozin molekulasi o’rtasida hosil bo’luvchi ko’prikchalar miozin molekulasi oxiridagi spiral holatda o’ralgan polipeptid zanjirdan iborat bo’lib, bu strukturaning hosil bo’lishi juft manfiy zaryadlarning o’zaro itarilishi natijasida kelib chiqadi. Bu zaryadli qismlardan biri ATF aza fermenti faolligiga ega ko’prikcha asosida, yana biri esa ko’prikcha oxirida, ATF molekulasining miozin bilan birikkan sohasida joylashadi

  • . Muskul tolasi qisqarishi jarayonida Са2+ ionlari ko’prikcha oxiridagi ATF bilan aktin tolasida joylashgan ADF molekulasi o’rtasida bog’lanish hosil qiladi va ATF dagi manfiy zaryad neytrallanadi. Natijada elektrostatik itarilish kuchlari yo’qolib, ko’prikcha polipeptid zanjiri vodorod va gidrofob bog’lar hisobiga α-spiral ko’rinishga keladi. Ko’prikcha qisqarib aktin tolaning so’rilishiga olib keladi. Qisqargan ko’prikchaning ATF molekulasiga ega bo’lgan uchi bu holatda ATF ning faol markazi turgan asosga yaqinlashadi. Bu faol markaz ta‘sirida ATF parchalanadi va natijada aktomiozin bog’lanish yo’qoladi. So’ngra kretinfosfat gidrolizlanishi ko’prikchada ATF ning qaytadan sintezlanishiga va uning uchida manfiy zaryad hosil bo’lishiga olib keladi. Bu zaryad ta‘sirida fiksatsiyalangan manfiy zaryaddan ko’prikchaning asosida itarilib, α-spiralning cho’zilishiga olib keladi. So’ngra aktin tolasining keyingi qismi bilan yangi ta‘sir uchun sharoit yaratiladi

Yüklə 28,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə