Hayot faoliyati xavfsizligi


Tavakkalchilik koeffitsiyenti



Yüklə 86,8 Kb.
səhifə5/5
tarix30.12.2023
ölçüsü86,8 Kb.
#164241
1   2   3   4   5
Mus ish. xavf-xatar turlari. Tavakkalchilikni boshqaris-fayllar.org

Tavakkalchilik koeffitsiyenti.

Tavakkalchilikning miqdoriy o’lchovi zararning mutloq va nisbiy ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi, Mutloq ifodalanish natural yoki qiymat ko’rinishda, nisbiy ifodalanish esa kutilishi mumkin bo’lgan zararning kapital, xarajatlar summasi yoki foydaga nisbati ko’rinishida bo’ladi.


Tavakkalchilik korxonasi bankrotlikka olib boradimi yoki aksigami - buning miqdoriy o’lchovini bilish o’ta zarurdir. Shu maqsadda tavakkalchilik koeffisiyenti hisoblaniladi:
к =-L
t JM
bu yerda, Kt — tavakkalchilik koeffisiyenti,
Z — maksimal imkoniyat darajasidagi zarar,
JM — jami mablag’lar summasi.
Empirik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, tavakkalchilik koeffisiyentining optimal darajasi 0,3, korxonani bankrotlikka olib boradigan darajasi esa 0,7 ni tashkil qiladi.
Xulosa
Tavakkalchilik tushunchasi / Понятия риска / Risk notion - «uzoq mulohaza qilib o’tirmay, nima bo’lsa bo’lar, yo ostidan yo ustidan zaylida qilingan harakat ma’nosida» talqin qilinadi.
Amerikacha ta’rifga ko’ra, tavakkalchilik / Риск по Американскому / Risk as American - bu
biron ish bilan shug’ullanish oqibatida zarar ko’rib qolishdan qutulib qolish imkoniyati.
Xavf / Опасность / Danger — biror ko’ngilsiz hodisa yoki falokat yuz berish ehtimolligi; xatar; qo’rqinch.
Sug’urta / Строхование / Insurance — bu inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo’ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa voqyealar natijasida yetkazilgan zarar hamda talafotlarni jismoniy va yuridik shaxslar to’lagan sug’urta badallari (sug’urta puli)dan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to’liq va qisman qoplash bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sug’urtalashini ta’minlashga doir munosabatlar, demakdir.
Sof tavakkalchilik / Реальний риск / Real risk - salbiy (zarar, ziyon) yoki nol natijaga erishish ehtimolini bildiradi. Bunday turdagi tavakkalchilikka tabiat, ekologiya, siyosat, transport va qisman tijorat bilan bog’liq tavakkalchiliklar kiradi.
Chayqovchilik tavakkalchilik / Спекулятивный риск / Specular risk - salbiy (zarar, ziyon), ham ijobiy natija (yutuq, foyda)ga erishish ehtimolini bildiradi. Bu turdagi tavakkalchilikka moliya bilan bog’liq bo’lgan ikki turdagi, ya’ni investitsiya va pulning sotib olish qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchiliklar yutadi.
Tizimli tavakkalchilik / Системный риск / System risk — bu, u yoki bu bozorda konyunkturaning yomonlashishi yoki tushib ketishi oqibatida ehtimol qilinadigan zarar. Bu tavakkalchilik investitsiyaii aniq bir ob’yektga emas, balki muayyan bozor (masalan, valyuta bozori, qo’zgalmas mulk bozori va boshqalar) uchun barcha qo’yilgan mablag’ bo’yicha tavakkalchilikni ifodalaydi.
Selektiv tavakkalchilik / Селективный риск / Selective risk — bu u yoki bu bozorda investissh ob’yektini noto’g’ri tanlab olinishi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar yoki boy berilgan naf. Investitsiya tavakkalchiligi / Инвестиционный риск / Investment risk - yangi tovar yoki xizmat, yangi texnologiyani ishlab chiqish va joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning qoplanmasligi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar tushuniladi.
Tavakkalchilikni boshqarishdan maqsad / Цель управление рисками / Goal of managing risk— bu korxonani faqat bankrotliqdan saqlab qolish emas, balki qanday sharoitda bo’lsa ham foydani minimal darajadan past bo’lishiga yo’l qo’ymaslikdir

Xulosa
Kelajakka taalluqli har qanday harakat noaniq natijaga ega. Noaniqlik sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to`g`ri keladi va bu qabul qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo`qotishga olib keladi. Tadbirkorlikka yoki daromad olish uchun tikilgan kapitalning qiymati kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga bog`liq ekan, demak u noaniqlik va risk (tavakkalchilik) bilan b o`langan ekan. Risk (tavakkalchilik) – bu har qanday usul bilan baholangan ehtimollik, noaniqlik esa baholab b o`lmaydigan holat. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to`liq axborot bo`lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to`g`risida axborot to`liq bo`lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya′ni ma′lum yo`qotishlarga olib keladi. Ushbu yo`qotishlar tavakkalchilikni bildiradi. Tavakkalchilikni o`lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog`liq. Ehtimol ikki turga bo`linadi: matematik, ya′ni oldindan aniqlash mumkin bo`lgan ehtimol va statistik ehtimol. Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo`lgan barcha natijalarning o`rtacha o`lchangan qiymatlari. Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o`rtasidagi farq bo`lib, u tavakkalchilikdan (yo`qotishdan) darak beradi. Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo`yicha uch turga bo`linadi: tavakalchilikga borishga moyil, tavakkalchilikga borishga qarshi, ya′ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.
Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug`urtalash, tavakkalchilikni birlashtirish, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash, fyuchers, option, xedjerlash va boshqalar. Bozorda sotiladigan tovar to`g`risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to`g`risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro`i, tovar sifati va kafolati to`g`risidagi axborotlar bozor signallari bo`lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi.


Foydalangan adabiyotlar.
Asosiy adabiyotlar
1 Samatov G’.A., Rustamova I.B., Sheripbayeva U.A. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti.- T.: 2012. - 346 b.
2Qosimova D.S. Menejment nazariyasi: o’quv qo’llanma. - T.: TDIU, 2009. - 208 b.
3 Charles W. L. Hill, Steven L. McShane. Principles of Management. 13th ed. ISBN 978-0-07-353012-3. -New York, 2008. -529 p.
4Richard L.Daft. Management. 12th ed. ISBN 978-1-285-86198-2. -Boston, 2016. - 798 p.
http://fayllar.org
Yüklə 86,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə