Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Bitum-polimer mastikali va polimer mastikali tom qoplamasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə14/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Bitum-polimer mastikali va polimer mastikali tom qoplamasi. Bunday tom qoplamasini hosil qilishda xlorsulfopolietilen (XSPE) asosidagi mastika qo‘llaniladi. Dastlab tekislovchi qatlam sirtiga 0,1mm qalinlikda 10% li polimer qorishmasi surtiladi, bir soatdan so‘ng qorishma quriydi va uning sirtiga asosiy qatlam, ya’ni 30% li polimer qorishmasi surtib chiqiladi. Qatlamning umumiy qalinligi 1mm ga yaqin bo‘ladi. Ishlarni bajarish jarayoniga havoning nisbiy namligi (100% gacha) va atrof-muhit harorati (-10oS gacha) sezilarli ta’sir etmaydi.
Bu materiallar atmosfera ta’siriga va ximiyaviy ta’sirlarga chidamli hisoblanadi. Tom qoplamasining elastikligi va darzbardoshligi -45oS dan +120oS gacha bo‘lgan haroratda ham saqlanib qoladi. Material tsement-qumli tekislovchi qatlamga ham, metall konstruktsiyalarga ham yaxshi yopishadi. Bunday tom qoplamasining mehnattalabligi o‘rama materiallarga nisbatan 1,5...2 marta kam bo‘lib, 1m2 tom uchun mastika sarfi 1,5...3kg ni tashkil etadi. XSPE laki tozalangan va quruq yuzalarga kist, valik yoki bo‘yoq purkagich yordamida 2 yoki 3 qatlam qilib surtiladi. Lak zich yopilgan idishlarda 0...20oS haroratda saqlanadi.
Tom qoplamasi sovuq asfaltli mastikadan ham hosil qilinishi mumkin. Mastikaning asosiy tarkibi mayda bitum zarralarining suv bilan aralashmasidan iborat bitum emulsion pasta va ohak yoki soz tuproqli emulgatordan iborat. Pasta bir jinsli qaymoqsimon suyuqlik ko‘rinishiga ega. Qotgandan so‘ng issiqbardoshligi va yopishuvchanlik xususiyati bitumdan kam farqlanadi. Suvga bardoshligi kam bo‘lganligi uchun pastani sof holda faqat gruntovka uchun ishlatiladi.
Emulgator sifatida so‘ndirilgan va so‘ndirilmagan ohak, yuqori plastiklik xususiyatiga ega bo‘lgan soz tuproq ishlatilishi mumkin. Pastaning tahminiy tarkibi quyidagicha: bitum – 45...55%, suv – 35...45%, emulgator – 8...16%.
Mastika tarkibi 75...85% pasta, 15...25% to‘ldirgichdan iborat bo‘lib aralashma quyuq bo‘lsa 3...10% gacha suv qo‘shilishi mumkin. To‘ldirgich sifatida tsement, TETS kulining tsement bilan aralashmasi, shuningdek tsementning asbest yoki shisha tola bilan aralashmasi ishlatiladi. Mastika yuzalarga qorishma nasosi yordamida yoki qo‘l bilan surtiladi. Pasta yoki mastika surtiladigan yuzalar changdan tozalanishi va zarur hollarda tekislanishi kerak. Mastika quruq va namli yuzalarga surtilishi mumkin.
Mastika 2...3 qatlam qilib, har bir qatlam o‘zidan avvalgi qatlam qurigandan so‘ng choklari 20...30sm bostirib surtiladi. Ustki va ostki qatlamlardagi choklar ustma-ust tushmasligi kerak. Tom ishlarini qish sharoitida bajarilganda mastikaning surtilish davridagi harorati 80...90oS dan kam bo‘lmasligi kerak.
Bitum-lateksli emulsiyadan hosil qilinadigan tom qoplamasi bir jinsli bitum-kauchukli massadan tarkib topgan uzluksiz yaxlit qoplamadan iborat. Bitum-lateksli emulsion mastikalar asosi temir-beton va asbesttsement yopma plitalardan iborat bo‘lgan simlanadigan o‘rama materialsiz tom qoplamasini hosil qilishda, shuningdek o‘rama materialli tom qoplamalarini ta’mirlashda ishlatiladi. Emulsiya tarkibi bitum, suv, lateks va emulgatordan iborat.
Izolyatsiyalanadigan yuzalarni 15% li bitumli emulsiya bilan gruntovka qilish tavsiya etiladi. Gruntovka qilingandan so‘ng o‘rama shisha materialdan simlovchi qatlam to‘shaladi va uning sirtiga emulsiya surtib chiqiladi.
Emulsiyali tom qoplamasini hosil qilishdagi barcha ish operatsiyalari mexanizatsiyalashgan. Emulsiya tomga maxsus qurilmalar yordamida uzatiladi. Yuzalarga emulsiyani sochishda bosimi 0,35...0,4 MPa bo‘lgan siqilgan havo yordamida ishlaydigan uch kanalli purkagich-pistoletdan foydalaniladi. Birinchi kanal bitumli emulsiya uchun, ikkinchi kanal siqilgan havo uchun, uchinchi kanal esa qirqilgan shisha tola uchun mo‘ljallangan. Emulsiya shisha tola bilan purkagichdan chiqish paytida aralashadi. Koagulyator sifatida xlorli kaltsiyning 5% li eritmasi ishlatilib, bu qorishma emulsiyaning shakllanishini tezlashtiradi. Tom qoplamasi emulsiyani 2mm dan qatlamlab sochish yo‘li bilan hosil qilinadi. Bunda har bir qatlam o‘zidan oldingi qatlam qurigandan so‘ng sochiladi.
Bitum-lateksli qoplamalarning suv shimuvchanligi juda kam bo‘lib, 1...3% ni tashkil etadi. 1m2 tom qoplamasi uchun emulsiya sarfi, qoplama qalinligi 3...5mm bo‘lganda, 6...10l ni tashkil etadi.
Qatlamlarning qotish jarayoni havo harorati va namligiga bog‘liq ravishda 2...10 soat davom etadi. Qoplamaning mexanik mustahkamligini oshirish va shikastlanishlardan himoyalash maqsadida ustki qatlam sirtida tarkibi 1:2 bo‘lgan tsement-qumli qatlam hosil qilinadi. Bu qatlamning bitum-lateksli qoplamaga shimilishi va uni simlashi natijasida ustki qatlamning mustahkamligi ortadi.
Hozirda mastikali tom qoplamasini hosil qilishda 2 qatlam emulsiya surtilgandan so‘ng ustki qatlam qurigach uning ustiga choklarini 10...15sm bostirib shisha to‘r to‘shaladi. Bunday tom qoplamasi uchun mehnat sarfi o‘rama materialli tom qoplamasiga nisbatan ikki marta kam bo‘lib, qoplama issiqlikka va namlikka bardoshli hamda uzoqqa chidamli hisoblanadi.
Bitumli emulsiyani quruq va namli gorizontal, vertikal va qiya yuzalarga surtish mumkin. Namli yuzalarga surtilganda emulsiyaning yopishuvchanlik xususiyati kamaymaydi. Emulsiya tarkibida suv bo‘lib qoplamaning shakllanishi suvning bug‘lanishi natijasida ham yuzaga keladi. Bu jarayon quruq ob-havo sharoitida 3...6 soat, namli va yomg‘irli sharoitda 18...24 soat davom etadi.
Mastikali tom qoplamasini hosil qilishda ultrabinafsha nurlar ta’siriga bardoshli bo‘lgan Biturel va Venta-V tipidagi sovuq bitum-butilkauchukli mastikalar ham qo‘llanilmoqda.



Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə