Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə1/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


A.M.Raximov
HIMOYA QOPLAMALARINI HOSIL QILISH TEXNOLOGIYASI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 5340200 – Bino va inshootlar qurilishi ta’lim yo‘nalishi uchun o‘quv qo‘llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan


Toshkent - 2021
UO‘K: 553.98(075)
KBK 28.4
R-27
Raximov. A.M. Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. T.: Lesson press, 2021 -98 b.
O‘quv qo‘llanmada bino va inshootlar konstruktsiyalari sirtida atrof-muhitning zararli ta’siridan himoyalovchi qoplamalarni hosil qilishda qo‘llaniladigan zamonaviy materiallar va ulardan himoya qoplamalarini hosil qilishning ilg‘or texnologiyalari batafsil keltirilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarida taxsil olayotgan 5340200-“Bino va inshootlar qurilishi” yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. SHuningdek ushbu qo‘llanmadan 340000-“Arxitektura va qurilish” ta’lim sohasining boshqa yo‘nalishlarida taxsil olayotgan talabalar, magistrantlar va qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan mutahassislar ham foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar:

X.I.Yusupov – Toshkent arxitektura-qurilish instituti professori


A.X.Alinazarov – Namangan muhandislik-qurilish instituti professori
O‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro‘yxatga olish raqami – 359-396).

ISBN 978-9943-7283-4




© A.M.Raximov, 2021

KIRISH

Keyingi yillarda Respublikamizda qurilish sohasini tubdan isloh qilishga qaratilgan bir qator qarorlar qabul qilindi. Bu qarorlarda qurilish sohasidagi dolzarb muammolarni hal yetishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berilgan. Qurilish me’yorlari va qoidalarini takomillashtirish, mahalliy xom ashyolardan qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, bino va inshootlarning xizmat qilish muddatini oshirish, ularda yashovchi va ishlovchi insonlar uchun qulay muhit yaratish, bino va inshootlarni barpo yetishda bajariladigan qurilish-mantaj ishlarining sifatini oshirish, qurib bitkazilgan bino va inshootlardan foydalanishda yenergiya sarfini kamaytirish soha vakillari oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.


Qurilish mahsuloti hisoblangan bino va inshootlarning sifati umumiy holda loyiha sifati, qurilish materiallari va konstruksiyalarining sifati hamda qurilish-montaj ishlarining bajarilishi, ya’ni jarayonlar texnologiyasi sifati bilan belgilanadi.
Bino va inshootlarning uzoqqa chidamliligi ko‘p jihatdan ularni qurish jarayonida bino va inshootlar konstruksiyalari sirtida atrof- muhitning zararli ta’siridan himoyalovchi qoplamalarni hosil qilish ishlarining bajarilish sifati bilan xarakterlanadi.
SHuningdek himoya qoplamalarini xosil qilish ishlarining sifatli bajarilishi bino va inshootlarda qulay muhit yaratilishiga, ulardan foydalanishda yenergiya sarfining kamaytirilishiga olib keladi.
Himoya qoplamalari bino va inshootlarning elementlari hisoblanib, alohida konstruktsiyalarni hamda butun inshootni atmosfera yog‘ingarchiliklaridan, suvning sizib kirishidan, agressiv muhit ta’siridan, muzlash va ortiqcha qizib ketishdan himoyalash vazifasini bajaradi. Asosiy himoyalovchi konstruktsiyalar tarkibiga tom qoplamasi, gidroizolyatsiya, issiqlik izolyatsiyasi va korroziyadan himoyalovchi qoplamalar kiradi.
Bino va inshootlar konstruktsiyalarini tiklashning yakunlovchi bosqichi hisoblangan tom qoplamasi hosil qilingach, binoning barcha qavatlarida pardozlash ishlarini bajarish imkoniyati yuzaga keladi. Tom qoplamasini hosil qilishdagi texnologik jarayon tarkibi foydalaniladigan tom materialiga bog‘liq bo‘ladi. Tom qoplamasini hosil qilishda o‘rama materiallar, mastika, asbesttsement materiallar (shifer), cherepitsa va po‘lat listlar ishlatiladi. Kam qavatli, asosan kottedj tipidagi binolar qurilishida cherepitsa ko‘rinishidagi metall listlar qo‘llanila boshlandi.
Gidroizolyatsiya ishlari bino konstruktsiyalarini (misol uchun, poydevorlarni) namlikdan himoya qilish maqsadida bajariladi; shuningdek tom ishlari tarkibida gidroizolyatsiya va bug‘dan himoyalovchi qatlamlar hosil qilinadi. Bu ishlar bino konstruktsiyalarini tiklash ishlari bilan birgalikda ham olib borilishi mumkin. Ko‘pincha gidroizolyatsiya qatlamini mexanik shikastlanishlardan saqlash ishlarini bajarishga to‘g‘ri keladi.
Qurilish jarayonida bajariladigan issiqlik izolyatsiyasi g‘ovakli tuzilishga ega bo‘lib, uning bir yoki ikki tomonida namlikdan himoyalovchi qatlam hosil qilinadi; shuningdek mexanik shikastlanishlardan ham himoyalashga to‘g‘ri keladi. Tik ko‘rinishdagi (vertikal) issiqlik izolyatsiyasi yuqori qatlamlari cho‘kmasligi uchun qo‘shimcha tadbirlarni talab etadi.
Korroziyadan himoyalovchi qoplamalar odatda yig‘ma temir-beton konstruktsiyalarni montajga tayyorlash jarayonida hamda bino karakasining elementlari montaj qilinib, bir-biriga biriktirilib bo‘lingandan so‘ng ulardagi metall payvandlash detallari sirtida hosil qilinadi.
“Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi” qurilish yo‘nalishida taxsil olayotgan talabalar o‘rganadigan “Qurilish jarayonlari, bino va inshootlarni barpo yetish texnologiyasi” fanining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, talabalar uni mukammal o‘zlashtirishlari uchun “Qurilish materiallari” , “Qurilish mashinalari” va “Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi” fanlaridan yetarli ma’lumotga yega bo‘lishlari talab yetiladi.
1-BOB.
TOM QOPLAMALARINI HOSIL QILISH TEXNOLOGIYASI

1.1. Tomning yuk ko‘taruvchi va o‘rovchi konstruktsiyalari


Tom qoplamasi o‘rama materialli (mastika bilan yopishtiriladigan o‘rama materiallar, eriydigan qatlamli ruberoid, polimer materiallar), mastikali (bitumli, polimerbitumli va polimerli mastikalar hamda emulsiyalar) va donador materialli (asbesttsement listlar, cherepitsa, tom po‘lati) bo‘lishi mumkin (1.1-rasm).


1.1- rasm. Tom qoplamalarining turi va elementlari


a - po‘lat varaqli; b,v - tekis asbesttsement varaqlardan; g - o‘rama materialli; d - cherepitsali; ye - to‘lqinsimon asbesttsement varaqlardan; 1 - suv qabul qiluvchi voronka; 2- tarnov; 3 - tarnov o‘stirmasini tutib turuvchi po‘lat element (kostil); 4 - devorli tarnov; 5 - kartina; 6 - tik faltslar; 7 - yotiq faltslar; 8 - yog‘och panjara (obreshetka); 9 - chordoq to‘sini (stropila); 10 - mauerlat; 11 - ilmoq; 12 - qo‘sh tik falts; 13, 16 - asbesttsement varaqlar; 14 - o‘rama materialli tom qoplamasi; 15 - cherepitsa
Tom ishlari texnologiyasida quyidagi atamalar ishlatiladi:

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə