Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə4/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Gidroizolyatsiya o‘rama materiallardan yoki mastikalardan hosil qilinadi.
Suv tez oqib ketishi uchun tomga ma’lum nishablik beriladi. Tom nishabligiga bog‘liq ravishda tom materiallari, qatlamlarning zaruriy soni tanlanadi (1.3-rasm). Grafikdan har bir turdagi tom materiali uchun maqbul nishablikni aniqlash mumkin.

Nishablik, grad

1.3- rasm Tom nishabligining tom qoplamasi materialiga bog‘liqlik grafigi
1-taxtachalar; 2-cherepitsa, asbesttsement varaqlar; 3-to‘rt qatlamli o‘rama materialli tom qoplamasi; 4-uch qatlamli o‘rama materialli tom qoplamasi; 5-himoya qatlamisiz tom qoplamasi; 6-ikki qatlamli o‘rama materialli tom qoplamasi; 7-unifikatsiyalangan to‘lqinsimon asbesttsement varaqlar; 8-cherepitsa; 9-kuchaytirilgan profilli asbesttsement varaqlar; 10-po‘lat varaq; 11-oddiy profilli asbesttsement varaqlar.
Tom nishabligi 2,5% gacha bo‘lganda o‘rama materiallar to‘rt qatlam qilib, foydalaniladigan tomlarda besh qatlam qilib olinadi. Tom to‘shamasi sirtida 20mm qalinlikda antiseptik mastikali himoya qatlami hosil qilinadi. Tom nishabligi 2,5...10% bo‘lganda o‘rama materiallar uch qatlam qilib to‘shaladi. Tom qiyaligiga bog‘liq ravishda tom qoplamasi ikki qatlamli va xatto bir qatlamli ham bo‘lishi mumkin.
Eriydigan qatlamli o‘rama materiallar tom nishabligi 0...1,5% bo‘lganda uch qatlam, nishablik 2% bo‘lganda ikki qatlam qilib olinadi. Bunda ostki qatlam uchun changsimon sochma qatlamli material, ustki qatlam uchun yirik donador sochma qatlamli material ishlatiladi. Nishablik katta bo‘lgan hollarda tom qoplamasini yirik donador sochma qatlamli materialdan bir qatlam qilib olishga ruxsat etiladi.
SHisha mato bilan simlanadigan mastikali tom qoplamasi nishablik 2,5% gacha bo‘lganda to‘rt qatlamli, 2,5...10% bo‘lganda uch qatlamli qilib olinadi. Tom nishabligi 10...25% bo‘lganda ikki qatlam qilib olishga ruxsat etiladi. Bunda tom qoplamasi sirtida bitumli yoki bitum-rezinali mastikaga mayda toshlarni sochish yo‘li bilan himoya qatlami hosil qilinadi.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə