Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə8/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Eritgichlar moddalarni eritib ular bilan bir jinsli sistema hosil qiladigan ximiyaviy birikmalardir. Eritgichlar tez va to‘liq uchib chiqib ketadi, shundan so‘ng eritilgan materialning dastlabki tuzilishi va hossalari qayta tiklanadi.
Sovuq mastikalar uchun eritgichlar (suyultirgichlar) sifatida suyuq organik moddalar ishlatilib ular uchuvchan va uchmaydigan turlarga bo‘linadi. Uchuvchan eritgichlar (suyultirgichlar) quyidagi turlarga bo‘linadi; yengil – aviatsiya va avtomobil benzini, benzin-eritgich; o‘rtacha – traktor ligroini, uayt-spirit; og‘ir – traktor va yoritish kerosini, zangori moy. Uchmaydigan eritgich (suyultirgich)lar: neft moylari – mashina moyi, transformator moyi, tsilindr moyi, surtish moyi, solyarka, suyuq neft bitumlari, moyli gudron, mazut.
Solyarka asosidagi sovuq bitumli mastika keng qo‘llaniladi. Uning taxminiy tarkibi: bitum – 40%, so‘ndirilgan ohak – 12%, asbest tola – 8%, solyarka – 40%. Solyarka bitumni eritish, o‘rama materialning qoplama qatlami va uning asosi bo‘lgan kartonga singish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun sovuq mastika ruberoid va pergaminni tekislovchi qatlamga yaxshi yopishishini ta’minlaydi. Solyarkaning bitum tarkibiga asta-sekinlik bilan kirib borishi natijasida mastikaning qovushoqligi, mustahkamligi va yopishuvchanlik xususiyati ortadi. Qaynoq mastikalar bilan yopishtirishda o‘rama materiallarni mayda mineral sochmalardan tozalash talab etiladi. Sovuq mastikalar ishlatilganda esa bunga zarurat bo‘lmaydi, chunki sochmalar mastikaga to‘liq shimilib to‘ldiruvchiga aylanadi va yopishtiruvchi qatlamning qovushoqligini oshiradi.
Mastika tarkibiga so‘ndirilgan ohakning qo‘shilishi o‘rama materialning asosga yopishish mustahkamligining o‘sishini birmuncha sekinlashtiradi, lekin umumiy holatda mastika mustahkamligining ortishiga olib keladi. Mastika tarkibidagi asbest yoki shisha tola havo harorati ortganda mastikaning oquvchanligini kamaytiradi va qo‘shimcha simlash vazifasini bajaradi. Sovuq mastikalarni tayyorlashda zangori moydan foydalanish ta’qiqlanadi, chunki u ishchilarning teri va ko‘z pardalariga zararli ta’sir etadi.
O‘rama qoplamaning ostki qatlamiga pergamin o‘rniga ruberoid ishlatish tavsiya etiladi, chunki ruberoidning yopishish mustahkamligi pergaminga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi. Sovuq mastikalar asos sirtiga yupqa qatlam hosil qilib surtiladi. Mastika sarfi 1m2 yuza uchun 250g dan ortib ketmasligi kerak, chunki mastikaning bundan ortiq miqdori tom qoplamasi sifatining yomonlashuviga olib keladi.
Qaynoq bitumli va bitum-rezinali mastikalar markazlashgan holda hamda bevosita qurilish maydonida tayyorlanishi mumkin. Sovuq bitumli va bitum-rezinali mastikalar odatda markazlashgan holda tayyorlanadi va qurilish maydoniga zich yopiladigan idishlarda keltiriladi.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə