Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə2/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Tom yopmasi – xonalarni tashqi iqlim ta’siridan himoyalovchi, binoning yuqorisida joylashgan to‘siq (o‘rovchi konstruktsiya).
Tom qoplamasi – binoni atmosfera yog‘ingarchiliklaridan himoyalovchi, tom yopmasining ustki elementi.
Tom qoplamasi osti asosi – suvdan himoyalovchi qatlam yopishtiriladigan, issiqlik izolyatsiyasi ustida hosil qilingan tekislovchi qatlam sirti. Donador materialli tomlarda bu vazifani shu materiallarni mahkamlash uchun tayanch bo‘lib xizmat qiladigan progonlar va obreshetkalar bajaradi.
Gidroizolyatsiyalovchi asosiy to‘shama – mastika bilan yopishtiriladigan o‘rama materiallar qatlami yoki shisha materiallar bilan simlanadigan mastika qatlami; bu qatlamlar tom qoplamasi osti asosiga ma’lum ketma-ketlikda bajarish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Gidroizolyatsiyalovchi qo‘shimcha to‘shama – asosiy to‘shamani kuchaytirish maqsadida tom yendovasi, karnizi va devorlarga tutash qismlarida hosil qilinadigan o‘rama materiallar yoki mastika qatlamlari.
Himoya qatlami – suvdan himoyalovchi asosiy to‘shamani mexanik shikastlanishlardan, quyosh radiatsiyasidan va tom sirtida yong‘inning tarqalishidan himoyalovchi element (1.2-rasm).
O‘rama materialli tomlar odatda ustma-ust joylashadigan quyidagi elementlardan tarkib topadi:
Asos (yuk ko‘taruvchi konstruktsiya).
Bug‘dan himoyalovchi qatlam – issiqlik izolyatsiyasini xona ichida hosil bo‘ladigan bug‘lar ta’sirida namlanishdan himoyalovchi, bir-ikki qatlam ruberoid yoki ohak-bitumli mastikadan hosil qilingan qatlam.
Issiqlik izolyatsiyasi qatlami – keramzit, shlak, gazobeton, penobeton kabi issiq saqlagich materiallardan hosil qilinadigan qatlam.
Gidroizolyatsiyalovchi to‘shamaga asos bo‘lib xizmat qiluvchi tekislovchi qatlam.
Tom qoplamasining suv o‘tkazmasligini ta’minlovchi, o‘rama yoki mastikali materiallardan hosil qilingan gidroizolyatsiya qatlami.
Gidroizolyatsiyani atmosfera ta’siri va mexanik shikastlanishlardan saqlovchi, mastikaga shag‘al yoki shlakni sochish yo‘li bilan hosil qilinadigan himoya qatlami.

1.2-rasm. Tomlarning konstruktiv sxemalari: a,b – shamollatilmaydigan; d – shamollatiladigan; 1 – himoya qatlami; 2 – o‘rama to‘shama; 3 – tekislovchi qatlam (qorishma yoki yig‘ma temir-betondan); 4 – issiq-sovuqdan izolyatsiya qatlami; 5 – bug‘dan himoya qatlami; 6 – ko‘taruvchi konstruktsiya; 7 – suvoqli shift; 8 – issiq-sovuqdan izolyatsiya qiluvchi ko‘taruvchi konstruktsiya (yopma konstruktsiyasi); 9 – havo qatlami.

Ayrim hollarda bu elementlardan ba’zilari bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, binoning yuqori qavat xonalarida harorat-namlik tartibi me’yorida bo‘lgan hollarda bug‘dan himoyalovchi qatlam hosil qilinmasligi mumkin. Tom yopma plitasi sifatida yengil betonli plitalar ishlatilganda (keramzitli beton, shlakli beton, ko‘pikli beton, pemzobeton) gidroizolyatsiyalovchi qatlam bevosita plitalar ustiga yopishtirilishi mumkin, ya’ni tekislovchi qatlam hosil qilinmaydi. Bunda o‘rama materialli yoki mastikali qatlamni plitalarni zavodda tayyorlash jarayonida hosil qilish tavsiya etiladi.


Tom asosi odatda yig‘ma elementlardan tarkib topadi. Yig‘ma plitalar choklari markasi kamida 100 bo‘lgan tsementli qorishma bilan yaxlitlanadi. Tom nishabligini yuk ko‘taruvchi asosning nishabligiga bog‘liq holda hosil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Harorat choklari yig‘ma konstruktsiyalarda 60 m da yaxlit konstruktsiyalarda 40 m da qoldiriladi.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə