Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


To‘lqinsimon asbesttsement listlar (shifer)



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə5/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

To‘lqinsimon asbesttsement listlar (shifer) nishabligi katta bo‘lgan (28% gacha) chordoqli tomlarda qo‘llaniladi.
CHerepitsalar qo‘llanilganda tomning nishabligi kamida 33% bo‘lishi kerak.
Keyingi paytlarda tom qoplamasi sifatida metall cherepitsalar ham qo‘llanila boshlandi.

1.2. O‘rama materialli tomlar


1.2.1. Tom qoplamasi uchun ishlatiladigan o‘rama materiallar

Tom qoplamasi uchun o‘rama materiallar sifatida karton yoki shisha mato asosida tayyorlanadigan va maxsus qorishmalarni shimdirish yo‘li bilan tayyorlanadigan materiallar ishlatiladi. O‘rama materiallar bog‘lovchining turiga ko‘ra bitumli, bitumpolimerli, qatronli, qatronbitumli turlarga bo‘linadi. Tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: asos (karton) ni organik bog‘lovchiga shimdirib, har ikki tomonida organik bog‘lovchi va to‘ldirgichdan iborat bo‘lgan qatlam hosil qilib tayyorlanadigan qoplama qatlamli materiallar va asosni organik bog‘lovchiga shimdirib tayyorlanadigan qoplama qatlamsiz materiallar. Bu materiallar kengligi 400...1050mm va uzunligi 7...12m bo‘lgan o‘ram ko‘rinishida ishlab chiqariladi.


Ruberoid – kartonni neft bitumiga shimdirib, har ikki tomoniga neft bitumini surtib qoplama qatlam hosil qilingan material. Ruberoidning sifatini oshirish uchun qoplama qatlam tarkibiga polimerlar va antiseptiklar qo‘shiladi. Ruberoidning bir yoki ikki tomoni sochma qatlam bilan qoplanadi. Ruberoidning 70mm kenglikdagi tashqi chetki sirti sochma qatlamsiz, toza holatda qoldirilishi kerak.
Pergamin – kartonni yumshoq neft bitumiga shimdirish yo‘li bilan tayyorlanadigan material. Pergamin ruberoid ostiga to‘shaladigan material sifatida va qaynoq bitumli mastika bilan yopishtirib bug‘dan himoyalovchi qatlam hosil qilishda ishlatiladi.
Gidroizol – asbestli kartonni neft bitumiga shimdirib tayyorlanadigan, chirishga bardoshli qoplama qatlamsiz gidroizolyatsion material. CHordoqsiz tomlarda qaynoq bitumli mastika bilan yopishtirib gidroizolyatsiya hosil qilishda ishlatiladi.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə