Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Bug‘dan himoyalovchi qatlam



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə3/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Bug‘dan himoyalovchi qatlam qish sharoitida bino xonalaridagi havo namligiga bog‘liq bo‘ladi. Havoning nisbiy namligi 60% gacha bo‘lganda bug‘dan himoyalovchi qatlam hosil qilinmaydi. Nisbiy namlik 75% gacha bo‘lganda bug‘dan himoyalovchi qatlam bir qavat o‘rama materialni mastika bilan yopishtirib, namlik 75% dan ortiq bo‘lganda ikki qavat o‘rama materialni mastika bilan yopishtirib hosil qilinadi. Bug‘dan himoyalovchi sifatida o‘rama materiallar: tol, pergamin va ruberoid ishlatiladi. Bug‘dan himoyalovchi qatlamning sirtiga qatronli (tol ishlatilganda) yoki bitumli (pergamin va ruberoid ishlatilganda) mastika surtiladi. Bug‘dan himoyalovchi qatlamning asosi changdan tozalanishi va qorishma bilan tekislanishi kerak.
Issiqlik izolyatsiyasi sifatida odatda plitkasimon materiallar (penokeralit, g‘ovakli beton, keramzitbeton, tsementli fibrolit) ishlatiladi. Ayrim hollarda sochiluvchan materiallar – keramzit, shlak va pemzadan foydalaniladi. Bu materiallar quruq holatda ishlatiladi va atmosfera yog‘ingarchiliklari ta’sirida namlanmasligi uchun ular sirtida gidroizolyatsiya qatlami hosil qilinadi. Hozirgi paytda yuk ko‘tarish va issiqlik izolyatsiyasi vazifalarini bajaruvchi kompleks tom panellaridan keng qo‘llanilmoqda. Bu panellarni zavodda tayyorlash jarayonida ular sirtida bir qavat o‘rama materialdan gidroizolyatsiya hosil qilinadi; qolgan qatlamlar esa qurilish maydonida yopishtiriladi.
SHisha tola yoki alyuminiy folgasi qoplangan yonmaydigan mineral paxtadan ham foydalanilmoqda. Bu materialning erish harorati 1000oS dan yuqori va bazaltli mineral paxta yong‘inga 3 soatgacha bardosh bera oladi. Zavod sharoitida bir yoki ikki qatlamli qilib, gidrofob tarkiblar shimdirilib tayyorlangan bunday issiqlik izolyatsiyasi turli iqlim sharoitlarida va barcha turdagi binolarda qo‘llanilishi mumkin.
O‘rama materialli gidroizolyatsiya asosi tekis va bikir bo‘lishi uchun plitkali yoki sochiluvchan issiq saqlagich sirtida tekislovchi qatlam hosil qilinadi. Tekislovchi qatlam tsement-qumli qorishma, suyuq asfaltbeton yoki tekis yig‘ma temir-beton plitalardan hosil qilinadi.
Markasi kamida 50 bo‘lgan tsement-qumli tekislovchi qatlamning qalinligi plitkali issiq saqlagichda 15...20mm, sochiluvchan issiq saqlagichda esa 25...30mm ni tashkil etadi. TSement-qumli tekislovchi qatlam shablon yordamida rejalovchi reykalar bo‘ylab, kengligi 2m gacha bo‘lgan polosalarga bo‘lib hosil qilinadi. Tom nishabligi 15% gacha bo‘lganda polosalar tom cho‘qqisiga parallel, 15% dan ortiq bo‘lganda tom cho‘qqisiga perpendikulyar qilib hosil qilinadi. Dastlab toq polosalar hosil qilinadi; qorishma ma’lum mustahkamlikni olgach rejalovchi reykalar olib tashlanadi va juft polosalarga qorishma to‘shaladi. Yendova va suv ayirg‘ichlarda nishablik kamida 1% bo‘lishi va ichki suv oqizish quvurlari atrofida nishabligi kamida 5% bo‘lgan botiqliklar hosil qilinishi kerak. TSement-qumli tekislovchi qatlamni hosil qilishda har 6m da harorat choklari qoldiriladi.
Tekislovchi qatlam sirtiga sovuq gruntovka surtib chiqiladi. Bu ishni qorishmaning ushlashish jarayoni davom etayotgan paytda bajarish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Gruntovkani bo‘yoq sochuvchi qurilma yordamida sochiladi; gruntovka sarfi 0,5...0,7 kg/m2 ni tashkil etadi.
Asfaltli tekislovchi qatlam 15...20mm qalinlikda hosil qilinadi. Tom ishlarini kuz-qish sharoitida bajarilganda va ishlarni jadallashtirish zarur bo‘lgan hollarda asfaltli tekislovchi qatlam hosil qilinadi. Deformatsiyalanishdan himoyalash maqsadida tekislovchi qatlam tomoni 4m bo‘lgan kvadratlarga bo‘linadi va kengligi 10mm bo‘lgan harorat-cho‘kish choklari hosil qilinadi. Bu choklar bitumli mastika bilan to‘ldiriladi va ustiga kengligi 100mm bo‘lgan o‘rama material yopishtiriladi.
Tekislovchi qatlam sifatida ishlatiladigan yig‘ma temir-beton plitalar (betonli va asfaltbetonli) uchun beton sinfi kamida 12,5 bo‘lishi kerak. Bunday plitalar odatda tom ishlarini qish sharoitida bajarilganda qo‘llaniladi. Plitalar gidrofob zola yoki elangan shlak qatlami ustiga to‘shaladi. Plitalar choklariga qaynoq bitum yoki qaynoq mastika quyiladi. Yendova va suv ayirg‘ichlar yengil beton yoki asfalt bilan tekislanadi. Birikish joylari beton qorishmasi bilan yaxlitlanadi yoki tsement qorishmasi bilan suvaladi. So‘ngra butun tom yuzasiga sovuq gruntovka purkab chiqiladi. O‘rama materiallarni gruntovka qurigandan so‘ng (taxminan 10 soatdan keyin) yopishtirish mumkin.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə