Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Emulsiyalar, gruntovkalar va pastalar



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə9/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Emulsiyalar, gruntovkalar va pastalar. Tom qoplamasining asosi ko‘pincha ko‘plab g‘ovakliklarga ega bo‘ladi. Agar bu g‘ovakliklarni shunday qoldirilsa ular suv bilan to‘ladi va ko‘p martalab muzlash-erish natijasida asosning yemirilishiga olib keladi. SHu sababli bu g‘ovakliklar gidrofob tarkiblar bilan to‘lg‘aziladi yoki asos uzluksiz gidrofob plenka bilan qoplanadi. SHu maqsadda suyuq emulsiya va gruntovkalar qo‘llaniladi.
Bitumli emulsiyalar. O‘ta maydalangan bitum va suv aralashmasidan tarkib topadi. Emulsiyalarning barqarorligini ta’minlash maqsadida ular tarkibiga sirt-aktiv moddalar – emulgatorlar (olein kislotasi, sulfit-spirtli barda, asidol) qo‘shiladi.
Gruntovkalar gidroizolyatsion tarkib hisoblanib himoyalanadigan konstruktsiya (tekislovchi qatlam) sirtiga yupqa qatlam hosil qilib surtiladi va navbatdagi qatlamni asos bilan yaxshi birikishini ta’minlaydi. Gruntovkalar faqat sovuq holatda ishlatiladi. Gruntovkalarning massa bo‘yicha taxminiy tarkiblari, %:
a) bitum – 40, benzin yoki kerosin – 60
b) bitum – 30, benzin yoki benzol – 70
Gruntovkalarning qurish vaqti qotgan tsementli tekislovchi qatlam uchun ko‘pi bilan 10 soatni, yangi yotqizilgan tekislovchi qatlam uchun 12-48 soatni tashkil etadi. Gruntovkani tayyorlash uchun bachok yoki termosga eritilgan va suvsizlantirilgan bitum quyiladi, so‘ngra doimiy aralashtirish jarayonida eritgichni qismlab qo‘shib boriladi.
Olis masofalarga qaynoq mastikalarni avtogudronatorda tashiladi; sovuq mastikalar, gruntovkalar va emulsiyalarni tashishda esa germetik qopqoqli bochkalardan foydalaniladi. Bu materiallar yopiq omborlarda yoki bostirmalar ostida saqlanishi kerak.
Pastalar gidroizolyatsiya va bug‘dan himoyalovchi qatlam hosil qilishda, tom qoplamasidagi choklarni zichlashda, shuningdek, sovuq mastikalar uchun bog‘lovchi material sifatida ishlatiladi. Bitumli pasta asosidagi sovuq mastikalar bitumli pastani mineral to‘ldiruvchi va antiseptik bilan aralashtirib tayyorlanadi.
1.2.2. O‘rama materiallarni tayyorlash
O‘rama materiallarni tayyorlashda ular ko‘zdan kechiriladi, nuqsonlari bartaraf etiladi, qayta o‘raladi va o‘ram sirti sochma materiallardan tozalanadi. O‘rama materiallarni ishlatishdan avval o‘ramlar tekis, silliq joyda yoziladi va kamida +15oS haroratda, kamida 20 soat ushlab turiladi. SHundan so‘ng o‘rama materiallar to‘shalganda to‘lqinsimon joylari bo‘lmaydi. Qayta o‘rash maxsus stanoklarda amalga oshiriladi (1.4-rasm). Qayta o‘rash stanogi tarkibida eritgichli vanna bo‘lib, unda o‘rama materiallar sirti sochma himoya qatlamidan tozalanadi. Eritgich o‘rama materialni yanada elastik holatga keltiradi. Eritgich bilan ishlov berilgandan so‘ng o‘ramlar quritiladi.
O‘rama materiallarni sovuq mastika bilan yopishtirishda sochma himoya qatlamidan tozalash talab etilmaydi, chunki sochma material mastikaga to‘liq shimilib, to‘ldiruvchiga aylanadi. Lekin tom qoplamasining yuqori qatlamidagi o‘rama materiallarning bir-biriga yopishtiriladigan qismi sochma materiallardan tozalanishi kerak.



1.4-rasm. O‘rama materiallarni tozalab qayta o‘rovchi mashina
a-umumiy ko‘rinishi; b-ishlash sxemasi; 1-chiqindi yig‘gich; 2-o‘ram mahkamlanuvchi o‘q; 3-tozalanadigan o‘ram; 4-tozalovchi valiklar; 5-tozalangan o‘ram; 6-chiqindi yig‘gichga yuborilayotgan sochmalar.
Himoya qatlami tomga to‘shalgan o‘rama materiallarni mexanik ta’sirlardan himoya qilish vazifasini bajaradi. Himoya qatlami qum, yirikligi 5...10mm bo‘lgan chaqiq tosh, maydalangan slyudani mastika qatlamiga botirib hosil qilinadi. Quyosh radiatsiyasi intensiv bo‘lgan hududlarda quyosh nurlarini qaytarish uchun tom qoplamalariga alyuminiyli bo‘yoq – alyuminiy pudrasini lak bilan aralashtirilgan suspenziyasi surtiladi.
1.2.3. O‘rama materialli tom qoplamasini hosil qilish
O‘rama materialli tom qoplamalari sanoat va fuqaro binolarida qo‘llaniladi.
O‘rama materiallarni to‘shash ishlari potok uslubida olib boriladi. O‘rama materialli tom qoplamasini hosil qilish ishlari tayyorlovchi, tashuvchi, mastika tayyorlovchi va o‘rama materiallarni to‘shovchi zvenolardan tarkib topgan kompleks brigada tomonidan amalga oshiriladi.
Tom ishlarini bajaruvchi brigadaga ajratilgan uchastkaga ish fronti deyiladi. Uchastka o‘lchami tom ishchilari, ular foydalanadigan asboblar, mexanizmlar va materiallar joylashishi uchun yetarli darajada bo‘lishi kerak.
Brigadaga ajratilgan ish fronti (butun tom yoki uning bir qismi) ga qamrov (zaxvatka) deyiladi.
Tom ishchilari zvenosiga ajratilgan ish frontiga bo‘lma (delyanka) deyiladi.
O‘rama materiallarni to‘shashdan avval buyurtmachi tom qoplamasi asosini yopiq ishlar aktini rasmiylashtirib, qabul qilib olishi kerak. Dastlab karniz o‘stirmasi, yendova va yog‘in suvlarini oqizish voronkasi atrofiga gidroizolyatsion materiallar yopishtirib chiqiladi.
O‘rama materialli tom qoplamasidagi qatlamlar soni tom nishabligiga bog‘liq ravishda qabul qilinadi:
Tom nishabligi, % 1...3 3...7 7...15 >15
O‘rama materiallar qatlamlarining soni 5 4 3 2

1.5-rasm. O‘rama materiallarni tom cho‘qqisiga yopishtirish sxemasi
a-tom nishabligi 15% dan ortiq bo‘lganda; b-tom nishabligi 15% gacha bo‘lganda; 1...4- o‘rama materiallar.
O‘rama materiallarni bir necha qatlam qilib yopishtirilishi natijasida yaxlit, suv o‘tkazmaydigan tom to‘shamasi hosil bo‘ladi. O‘rama materialli tomlar tekis (nishabligi 3% gacha) va nishabli (nishabligi 3% dan ortiq) tomlarga bo‘linadi. Nishablikning eng katta qiymati 25% ni tashkil etadi.
Ostki qatlam uchun odatda pergamin yoki mayda mineral sochma qatlamli ruberoid ishlatiladi. Yuqori qatlam yirik sochma qatlamli ruberoiddan hosil qilinadi. Barcha qatlamdagi o‘rama materiallar qaynoq yoki sovuq bitumli mastikalar bilan yopishtiriladi.
Nishabligi 3% dan kam bo‘lgan tomlarda faqatgina biobardoshli materiallar – gidroizol, antiseptik asosli ruberoid, bitumlashgan shisha mato, tol-koja, turli sintetik materialli plenkalar ishlatiladi.
Tom nishabligi 15% gacha bo‘lganda o‘rama materiallar nishablik yo‘nalishiga ko‘ndalang ravishda, ya’ni karniz bo‘ylab yopishtiriladi. Tom nishabligi 15% dan ortiq bo‘lganda o‘rama materiallar nishablik yo‘nalishida (yog‘in suvlarining oqish yo‘nalishida) yoziladi va ularning uchlari tom cho‘qqisidan 150...200mm o‘tkazib to‘shaladi (1.5-rasm). O‘rama materiallarning kengligi bo‘yicha chok bostirilishi, nishablik 5% dan kichik bo‘lganda, ichki qatlamlarda 70mm, tashqi qatlamda 100mm ni tashkil etadi. Tom nishabligi 5% dan katta bo‘lganda barcha qatlamlarda o‘rama materiallar kengligi bo‘yicha bir-birini 100mm ga bosib tushishi kerak.
Barcha qoplamalardagi o‘rama materiallar faqat bir yo‘nalishda yopishtirilishi va qatlamlardagi choklar ustma-ust tushmasligi kerak. Buning uchun o‘rama materiallar kengligi turlicha qilib olinadi. Misol uchun, ikki qatlamli tom qoplamasida birinchi qatlam yarim kenglikda (o‘ram uzunasiga ikkiga bo‘linadi), ikkinchi qatlam to‘liq kenglikda bo‘lishi kerak. Uch qatlamli tom qoplamasida birinchi ichki qatlam 1/3 kenglikda, ikkinchi qatlam 2/3 kenglikda va uchinchi tashqi qatlam to‘liq kenglikda bo‘lishi kerak.
O‘rama materialli tom qoplamasini hosil qilishda eng mas’uliyatli ish yog‘in suvlarini oqizish voronkasini o‘rnatish va uning tom bilan tutash qismiga o‘rama material yopishtirish hisoblanadi. Voronkalar tomning eng past joylariga o‘rnatiladi va yog‘in suvlarining voronka tomon oqish masofasi 15m dan oshib ketmasligi kerak.
Tomning parapet bilan birikish joylarida, suv o‘tkazmaslikni ta’minlash maqsadida dastlab tom yuzasi bo‘ylab asosiy o‘rama materiallar yopishtirib chiqiladi. So‘ngra birikish joyida asosiy o‘rama materiallar ustiga qo‘shimcha o‘ramlar to‘shaladi, ularni parapetga mahkamlanadi va himoyalovchi metall fartuk o‘rnatiladi (1.6-rasm).

1.6-rasm. Tom qoplamasining devorga birikishi
1- tashqi devor paneli; 2- mineral paxtali plita; 3- tsement-qumli qorishma; 4- dyubellar; 5- germetiklovchi mastika; 6- metall shayba; 7- himoyalovchi fartuk; 8- qo‘shimcha ruberoid qatlamlari; 9- havo qatlami; 10- o‘rama materialli tom qoplamasi; 11- birinchi qatlam yopishtirilgan nuqtalar; 12- chordoq orayopma paneli.
Tom ishlarini bajarishning barcha bosqichlarida asosning quruq holda bo‘lishi nazorat qilib boriladi. Agar tom yuzasida suv to‘plansa uni maxsus mashina yordamida chiqarib tashlanadi (1.7-rasm) va asos quritiladi.



1.7-rasm. Tom qoplamasi asosidan suvni so‘rib oluvchi mashina
1- so‘rgich (nasadka); 2-bak; 3- suv to‘kish shlangi; 4- elektr dvigateli; 5- elektr kabeli.
Issiq saqlagichni binoning yuqori qavat xonalarida hosil bo‘ladigan suv bug‘lari ta’sirida namlanishidan himoyalovchi bug‘dan himoyalovchi qatlam yuk ko‘taruvchi asos (tom yopma plitasi) sirtida hosil qilinadi. Bug‘dan himoyalovchi qatlam yopishtiriladigan va surtiladigan turlarga bo‘linadi. Yopishtiriladigan bug‘dan himoyalovchi qatlam ruberoidni qaynoq bitumli yoki sovuq bitum-kukersolli mastika bilan yopishtirib hosil qilinadi. Surtiladigan bug‘dan himoyalovchi qatlamni hosil qilishda qaynoq bitumli yoki sovuq bitum-kukersolli mastikadan, shuningdek polivinilxloridli yoki xlorkauchukli lakdan foydalaniladi.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə