Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Saqichlash (gummirovanie)



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə40/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Saqichlash (gummirovanie) usulida himoyalanadigan materiallar sirtida rezinani vulkanizatsiyalash yo‘li bilan qoplama qatlam hosil qilinadi. Tozalangan va quritilgan yuzaga yupqa holda rezina yelimi surtiladi, varaqli yoki o‘ramli rezina to‘shaladi va issiqlik ishlovi beriladi, ya’ni vulkanizatsiya qilinadi. Natijada to‘shalgan rezinaning qalinligiga bog‘liq holdagi qalinlikka (2...4 mm) ega bo‘lgan uzluksiz himoya qoplamasi hosil bo‘ladi. Himoya qoplamasi rezinaning benzindagi eritmasini bir necha qatlam qilib surtish yo‘li bilan ham hosil qilinishi mumkin. Bunda har bir qatlam 40...60 minutdan so‘ng, avvalgi qatlam qurigach surtiladi, so‘ngra hosil bo‘lgan qoplama vulkanizatsiya qilinadi.
Gidrofoblash usulida temir-beton va g‘isht-tosh konstruktsiyalar sirtida kremniy-organik birikmalarning suvli eritmasidan himoya qoplamasi hosil qilinadi. Natijada konstruktsiyalar sirtida suvning sizib kirishiga to‘sqinlik qiladigan himoya plyonkasi hosil bo‘ladi. Konstruktsiyalar sirtiga qorishmani surtishda cho‘tka, valik va bo‘yoq purkovchi mexanizatsiya vositalaridan foydalaniladi. Hosil bo‘lgan qoplama 3...5 yil xizmat qiladi. SHu sababli ularni vaqti-vaqti bilan yangilab turishga to‘g‘ri keladi.
Korroziyadan himoyalovchi qoplamalarni hosil qilish ishlari musbat haroratda bajariladi. Manfiy haroratda bajarishga to‘g‘ri kelsa, asos qizdirilishi, qizdirilgan qorishmalar ishlatilishi va ishlar yakunlangach, qoplama sirtida issiqlik izolyatsiyasi hosil qilinishi kerak.


Nazorat savollari va topshiriqlar
Korroziya atamasi qanday ma’noni anglatadi?
Bino va inshootlar konstruktsiyalarini korroziyadan himoya qilishda qanday himoya qoplamalari qo‘llaniladi?
Beton va temir-beton konstruktsiyalarni korroziyadan himoyalash usullarining mohiyatini tushuntiring.
Yog‘och konstruktsiyalarni korroziyadan himoyalashda qanday usullardan foydalaniladi?
Tosh va asbesttsement konstruktsiyalarning korroziyaga bardoshliligi qanday oshiriladi?
Po‘lat va alyuminiyli konstruktsiyalarni korroziyadan himoyalash usullarining mohiyatini tushuntiring.
Lak-bo‘yoqli tarkiblar bilan bo‘yash jarayonining tartibini tushuntiring.
Saqichlash (gummirovanie) va gidrofoblash usullarining mohiyatini tushuntiring.
ADABIYOTLAR RO‘YHATI

1. Белевич В.Б. Кровелные работы.-М.: Высшая школа,2000.


2. Грушман Р.П. Теплоизоляционные работы. Справочник.-М.: Стройиздат, 1997.
3. Драченко Б.Ф. ,Ерисова Л.Г. , Горбенко П.Г. Технология строителного произ водства.
-М.: Агропромиздат, 1990.
4. Покровский С.П. Гидроизоляционные работы / Справочик строителя. -М.: Стройиздат, 1985.
5. Rahimov A.M. , Yusupov X.I. , Xamidov X. Qurilish ishlari texnologiyasi. –Toshkent: “Faylasuflar” nashriyoti, 2013.
6. Справочник мастера – строителя / Под ред. Д.В.Коротеева. - М.: Стройиздат, 1989.
7. Теличенко В.И. , Лапидус А.А. , Терентев О.М.
Технология возведения зданий и сооружений. -М.: Высшая школа, 2001.
8. Технология строителного производства / Под ред.
Г.М. Бадина и А.В. Мещанинова. -Л.: Стройиздат, 1987.
9. Технология строителных процессов / Под ред. Н.Н. Данилова и О.М. Терентева. -М.: Высшая школа, 2001.
10. Yusupov X.I. , Rahimov A.M. , Xamidov X. v.b. Qishloq qurilish texnologiyasi. –Toshkent: “Tafakkur Bo‘stoni” , 2015.
11. https://olymp.in/news/Устройство антикоррозионных покрытий.
Мундарижа


A.M.Raximov
HIMOYA QOPLAMALARINI HOSIL QILISH TEXNOLOGIYASI
Muharrir N.Pulatova
Tex. muharrir M.Talipova
Sahifalovchi N.Raimova

Bosishga ruxsat etildi 15.03.2021.


Qog‘oz bichimi 60x841/16. TIMES garniturasi
Shartli bosma tabog‘i 8,2. Nashr tabog‘i 7,2
Adadi 50. Buyurtma № 15-03.

«LESSON PRESS» MCHJ nashriyoti


Toshkent, Komolon ko‘chasi, Erkin tor ko‘chasi, 13.
«IMPRESS MEDIA» MCHJ bosmaxonasida chop etildi.
Manzil: Toshkent sh. Qushbegi ko‘chasi, 6-uy.


Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə