Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə34/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Aralash izolyatsiya o‘ram ko‘rinishida bo‘lib mineral namat yopishtirilgan alyuminiyli folgadan iborat bo‘ladi. Izolyatsiyaning bu turi qo‘shimcha mahkamlashlarni talab qilmaydi.
O‘raladigan issiqlik izolyatsiyasining asosiy afzalligi izolyatsiyalash ishlarini istalgan ob-havo sharoitida bajarish mumkinligi hisoblanadi.
3.6. Yig‘ma-blokli issiqlik izolyatsiyasi
Yig‘ma-blokli issiqlik izolyatsiyasi zavodda tayyorlangan alohida elementlar – plita, segment va yarim tsilindrlardan tarkib topadi.
Konstruktsiyalar (devor, orayopma) va quvurlarning issiqlik izolyatsiyasi issiqlikdan izolyatsiyalovchi, bug‘dan izolyatsiyalovchi va qoplama qatlamlardan, shuningdek simlash va mahkamlash detallaridan tashkil topadi.
Issiqlikdan izolyatsiyalovchi material sifatida mineral paxta keng qo‘llaniladi. Undan sanoatlashgan asosda plitalar, paketlar, tikiladigan chiptalar, yarim tsilindrlar va shu kabi buyumlar ishlab chiqariladi. Mineral paxtali tikiladigan paketlar (3.5-rasm) paket shaklida o‘ralgan, bir xil qalinlikdagi zichlangan mineral paxta qatlamidan iborat bo‘ladi. Paketlar izolyatsiyalanuvchi sirtlardagi harorat -180 oS dan +600 oS gacha bo‘lgan hollarda konstruktsiyalar va quvurlarni izolyatsiyalashda ishlatiladi.
SHisha tolali chiptalar ikki tomoni shisha mato bilan qoplangan shisha tolaning bir necha qatlamidan tashkil topgan, to‘g‘ri burchakli shakldagi elastik plastinadan iborat. Bu material sirtlardagi harorat -180 oS dan +450 oS gacha bo‘lgan hollarda konstruktsiyalar va quvurlarni izolyatsiyalashda qo‘llanilib, yonmaydigan material hisoblanadi.
Qurilishda issiqlikdan izolyatsiyalovchi plastmassalar – issiqlikdan izolyatsiyalash xususiyati yuqori, zichligi kam bo‘lgan ko‘pchitilgan polimer materiallar keng qo‘llanilmoqda. Bu materiallar sintetik polimerlardan (polistirolli, fenolformaldegidli, polivinilxloridli) tayyorlanadi. Yengil va g‘ovakli bo‘lishi uchun suyuq polimerli kompozitsiya tarkibiga gaz hosil qiluvchi modda qo‘shiladi.



3.5-rasm. Tikiladigan mineral paxtali paket.
a-metall to‘rli; b-zich qoplamali.

Plita va penoplast ko‘rinishidagi plastmassalar tekis yuzalarni va egrilik radiusi katta bo‘lgan yuzalarni izolyatsiyalashda qo‘llaniladi. Plastmassa materiallar o‘rovchi qurilish konstruktsiyalari uchun va sovutgichlar izolyatsiyasi uchun samarali issiq saqlagich material hisoblanadi.



3.6-rasm. Yuzalarni mineral paxtali plitalar bilan shtirlar yordamida izolyatsiyalash.
1-to‘qa (pryajka); 2-bandaj 3-simli xalqa; 4-mineral paxtali plitalar; 5-mahkamlovchi shtirlar.
Mineral paxtali, shisha tolali chiptalar va plitalar bilan izolyatsiyalashda ularni mahkamlovchi element sifatida shtirlardan foydalaniladi (3.6-rasm). SHtirlar izolyatsiyaning tashqi sirti bilan teng qilib egiladi. Izolyatsiyani sirtlarga mahkamlash simli tortqilar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin (3.7-rasm). Izolyatsiyalanuvchi sirtlardagi harorat +300 oS gacha bo‘lganda shtirlar bir-biridan 500 mm masofada, harorat +300 oS dan ortiq bo‘lganda 250 mm masofada joylashadi.

3.7-rasm. Issiqlik izolyatsiyalovchi plitalar bilan simli tortqilar yordamida izolyatsiyalash
1-plitalar; 2-ichki karkas; 3-tortqi.
3.8-rasm. Panelli issiqlik izolyatsiyasining montaji.
1-montaj minorasi; 2-panelli izolyatsiyalovchi buyumlar; 3-montaj krani; 4-strop; 5-tom qoplamasining issiq saqlagichi; 6-avtomobil krani.
Po‘lat rezervuarlarni to‘liq yig‘ma panellar bilan izolyatsiyalash ma’lum ketma-ketlikda bajariladi. Dastlab rezervuarning tsilindrik devorlariga ichki tomoni issiq saqlagichdan iborat bo‘lgan alyuminiy varaqli panellar o‘rnatiladi. Panellarni o‘rnatish pastdan yuqoriga tomon vertikal qatorlar tarzida amalga oshiriladi (3.8, 3.9-rasmlar). Montaj mexanizmining har bir to‘xtash joyida butun balandlik bo‘yicha 2...4 vertikal qator panellari o‘rnatiladi.



3.9-rasm. Rezervuarni uzun o‘lchamli chiptalar bilan izolyatsiyalash ishlarining tashkiliy sxemasi
1-chipta; 2-chipta o‘rami; 3-konteyner; 4-montaj krani; 5-rezervuar; 6-xavoza.
Rezervuarning tom qoplamasi tikiladigan mineral paxtali chiptalar bilan izolyatsiyalanadi. Izolyatsiya sirtiga alyuminiyli yoki ruhlangan po‘lat varaqlar qoplanadi.
Sovutgichlarning qurilish konstruktsiyalarini izolyatsiyalash ishlari tom qoplamasi hosil qilingandan so‘ng yoki ishonchli yopiq ostida bajarilishi kerak, aks xolda atmosfera yog‘ingarchiliklari izolyatsiyaning namlanishiga olib keladi. O‘rovchi konstruktsiyalarning issiqlik izolyatsiyasi sifatida bitumli bog‘lovchi asosidagi mineral paxtali plitalar va penopolistirol plitalar ishlatiladi. Hozirda bu materiallardan tayyorlangan yig‘ma panellar ham qo‘llanilmoqda. (3.10-rasm)

3.10-rasm. Sovutgichlarning o‘rovchi konstruktsiyalari.
a-g‘ishtli devor; b-kramzitbeton panelli devor; v-to‘sinsiz temir-betonli tom yopmasi; g-qovurg‘ali temir-beton plitali tom yopmasi; d-panelli tom yopmasi; ye-qiyin yonuvchi issiq saqlagichli va metall qoplamali uch qatlamli panelli devor; 1-g‘ishtin terim; 2-suvoq yoki gipskartonli varaqlar; 3-bug‘dan izolyatsiyalovchi qatlam; 4-issiqlik izolyatsiya qatlami; 5-kramzitbetonli panel; 6-ximoya qatlamli tom qoplamasi; 7-simlangan betonli qatlam; 8-temir-beton orayopma plitasi, δ=160 mm; 9-temir-beton orayopma plitasi, δ=30 mm; 10-metalli qoplama.

Diametri 25...219 mm va izolyatsiyalanuvchi sirtidagi harorat -190 oS dan +80 oS gacha bo‘lgan quvurlar izolyatsiyasi uchun penopolistirolli yarim tsilindrlar sanoatlashgan asosda ishlab chiqarilmoqda. Ularning uzunligi 1000 mm ni, qalinligi esa 30...85 mm ni (5 mm dan oralatib) tashkil etadi.
Quvurlarni mineral paxtali yarim tsilindr va tsilindrlar bilan izolyatsiyalash sintetik bog‘lovchi asosida bajariladi (3.11-rasm).
Kanalli yotqiziladigan quvurlarning himoya qoplamasi sifatida stekloplastik yoki poroplast ishlatiladi. Bunda quvurlarning issiqlik izolyatsiyasi qatlami zavod sharoitida hosil qilinadi (3.12-rasm)



3.11- rasm. Quvurlarni izolyatsiyalash
a-g -quvurlarni yarim tsilindrlar bilan izolyatsiyalash ketma-ketligi; d, ye, j- sintetik bog‘lovchi asosidagi mineral paxtali tsilindrlar bilan izolyatsiyalash ketma ketligi; 1-bandaj; 2-rezinali bog‘ich; 3-to‘qa (pryajka).
.

3.12-rasm. Poroplast bilan izolyatsiyalangan quvurlar bloki.
Hozirda quvurlarning issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladigan issiqlikdan izolyatsiyalovchi konstruktsiyalarni sanoatlashgan asosda tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Bu konstruktsiyalarning massasi 20 kg gacha bo‘lib, bitta bo‘ylama qirqimga ega bo‘lgan tsilindr ko‘rinishida yoki ikkita yarim tsilindr ko‘rinishida tayyorlanadi. Komplektlangan konstruktsiyalar izolyatsiyalanuvchi quvur o‘lchamiga mos holda tayyorlanib, asosiy issiqlik izolyatsiyasi qatlami, himoya qoplamasi va zaruriy mahkamlash detallaridan tarkib topadi (3.13-rasm).

3.13–rasm. Quvurlar izolyatsiyasi uchun issiqlik izolyatsiyalovchi konstruktsiyalar.
I-to‘liq yig‘ma; a-yig‘ilgan xolati; b-boshlang‘ich (qismlarga ajratilgan) xolati; 1-metall izolyatsiya qatlami; 2-qoplama metall qatlami; 3-bandaj; 4-qoplama qatlam; v-izolyatsiyani yig‘ish jarayoni; g- yig‘ilgan konstruktsiya; II- komplekt; a-v -yig‘ish ketma-ketligi; III–universal; a- blokli; b- blok-komplektli; 1-metall qoplama; 2-issiqlik izolyatsiyalovchi material; 3-shplint; 4-mahkamlovchi element; 5-tikma qisqich.
Issiqlik izolyatsiyasi konstruktsiyasini himoyalashda qobiqlardan (obolochka) ham foydalaniladi. Qobiqlar alyuminiy, alyuminiy qotishmasi va ruxlangan po‘lat varaqlardan tsilindr shaklida, bitta bo‘ylama cheti egmali qilib tayyorlanadi. Tashqi diametr 200 mm gacha bo‘lganda egmasiz qilib tayyorlanishiga yo‘l qo‘yiladi (3.14-rasm).

3.14-rasm. Quvurlarning silliq metall varaqli qoplamasi
Himoya qoplamasi sifatida ostki tomoni rezinabitumli yoki bitum-polimerli qatlam bilan qoplangan yupqa alyuminiy folgasidan iborat bo‘lgan o‘rama material – folgoizoldan ham foydalaniladi. Folgoizol xonada va ochiq havoda joylashgan quvurlar issiqlik izolyatsiyasining tashqi qoplamasi sifatida +80 oS gacha bo‘lgan haroratda qo‘llaniladi. Bu material kengligi 1020 mm gacha va umumiy yuzasi 10 m2 bo‘lgan o‘ram ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Folgoizol suv o‘tkazmaydigan material hisoblanadi.
Issiqlik izolyatsiyalovchi plita, panel va bloklar gorizontal yuzalarga quruqlayin to‘shalib, choklari yaxlitlanadi; vertikal yuzalarni izolyatsiyalashda esa tsement-qumli qorishma bilan chok bostirib terib chiqiladi.
Yarim tsilindrlar va segmentlar quvurlarni izolyatsiyalashda ishlatiladi. Ular izolyatsiyalanuvchi yuzalarga bir-biriga zichlab, quruqlayin to‘shaladi. Zarur hollarda tashqi choklarga mastika quyiladi, segmentlar esa ikki tomonidan simli xalqalar bilan mahkamlanadi. Ishlarni tezlashtirish uchun quvurga dastlab rezinali montaj xalqasi kiydiriladi va uning ostidan segmentlar o‘tkaziladi. Izolyatsiyani yig‘ish jarayonida simli xalqalar bilan mahkamlagach, montaj xalqasini yangi o‘ringa suriladi (3.15-rasm).

3.15- rasm. Quvurlarni yarim tsilindr (a) va segmentlar (b) bilan izolyatsiyalash.
1-yarim tsilindr (segment); 2-metall tasmali halqa (bandaj); 3-taranglovchi kalit; 4-to‘qa (pryajka); 5-quvur; 6-rezinali shnur; 7-po‘lat simli xalqa (bandaj).
Tayyor xolga kelgan izolyatsiya sirtida himoyalovchi suvoq qatlami hosil qilinadi yoki alyuminiyli folga bilan qoplanadi.



Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə