Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Mastikali issiqlik izolyatsiyasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə31/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

3.3. Mastikali issiqlik izolyatsiyasi

Izolyatsiyaning bu turi odatda issiq va sovuq sirtli quvurlarni izolyatsiya qilishda foydalaniladi. Izolyatsiya qatlami sifatli bo‘lishi uchun izolyatsiya ishlarini bajarish jarayonida izolyatsiyalanuvchi yuzalar o‘zining ishchi haroratiga ega bo‘lishi kerak.


Asbozurit – diatomit va yumshoq asbestdan tarkib topgan kukunsimon material. Uni suvda eritib mastika hosil qilinadi va uncha katta bo‘lmagan, murakkab yuzalarga surtishda foydalaniladi. Asbozurit yonmaydigan material hisoblanib, chegaraviy qo‘llanilish harorati 900oS ni tashkil etadi.
Poroplastlar fenolformaldegidli smola asosida tayyorlanadi. Poroplastlar yer ostida joylashuvchi issiqlik tarmoqlari quvurlarini izolyatsiyalashda qo‘llaniladi. Material -60oS dan +150 oS gacha bo‘lgan haroratlar oralig‘ida qo‘llanilishi mumkin. Hozirda zavod sharoitida fenolli poroplastdan issiqlik izolyatsiyasi qoplamasi hosil qilingan quvurlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Mastikali issiqlik izolyatsiyasi tolasimon asbest, polimer materiallar, suyuq shisha va shu kabi materiallar asosida tayyorlangan mastikalardan hosil qilinadi. Gorizontal yuzalarga mastikani qo‘shimcha mahkamlagichlarsiz surtiladi, vertikal yuzalarga esa mastikani surtishdan avval metall to‘r tortiladi.
Quvurlarni izolyatsiyalashda ishlatiladigan mastikalar kukunsimon, donador va tolasimon materiallar – asbozurit, asbotrepel, sovelit va shu kabi materiallarni suv bilan 1:3,5 nisbatda aralashtirib tayyorlanadi. Tayyorlash jarayonida bir jinsli, g‘ovakli va plastik mastika hosil bo‘lgunga qadar asbest qo‘shib boriladi. Mastikalarni surtishdan avval yuzalarga ruhlangan metall to‘rlar tortiladi.
Yuzalarni izolyatsiyalashda dastlab qalinligi 5 mm gacha bo‘lgan sochma qatlam hosil qilinadi. Bu qatlam qurigach asosiy izolyatsiya qatlami surtiladi. Qalinligi 5...20 mm bo‘lgan oxirgi qatlam asosiy qatlam to‘la qurimagan holatda surtilib, bu qatlam bilan izolyatsiyaning butun yuzasi tekislanadi (3.1-rasm).

3.1- rasm. Mastikali izolyatsiyani yuzalarga surtish.
a-reyka bilan tekislash; b-poluterka bilan silliqlash
Mastikalarni qo‘l bilan yoki pnevmatik qurilmalar yordamida surtiladi. Izolyatsiya qatlami to‘liq qurigach uning sirtiga gazlama yopishtiriladi va bo‘yaladi. Bu turdagi izolyatsiyaning afzalligi – hosil qilishning oddiyligi, izolyatsiya qatlamining yaxlitligi va istalgan shakldagi yuzalarda qo‘llash mumkinligi hisoblanadi. Kamchiligi – mehnat sarfining kattaligi, izolyatsiyaning barcha qatlamlarini hosil qilishga ko‘p vaqt sarflanishi va foydalaniladigan materiallar xossalarining o‘zgarib turishi hisoblanadi. SHu sababli hozirgi paytda izolyatsiyaning katta qismini zavod sharoitida bajarishga harakat qilinmoqda. Qurilish maydonida quvurlarning tutashuvchi qismlari va egri chiziqli qismlari izolyatsiya qilinadi. Quvurlar ochiq havoda joylashganda va mexanik shikastlanishlar ehtimolligi bo‘lgan hollarda issiqlik izolyatsiyasi sirti himoyalovchi metall g‘ilof bilan qoplanadi.
Manfiy haroratli yuzalarning issiqlik izolyatsiyasi ekspluatatsiya davrida izolyatsiya qatlamining namlanishi va muzlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun alohida puxtalik bilan bajarishni talab etadi. Bunda faqatgina yopiq mayda g‘ovakli tuzilishga ega bo‘lgan materiallardan foydalanishga ruxsat etiladi. Izolyatsiyalanuvchi yuzalar va metalldan tayyorlangan mahkamlash detallari zangdan himoya qilinishi kerak. Bitumli yelimlovchi tarkiblar bilan yopishtirilgan izolyatsiyalovchi bikir materiallar o‘z navbatida zangdan himoyalash vazifasini ham bajaradi (3.2-rasm).

3.2-rasm. Sovuqo‘tkazgichni issiqlik izolyatsiyalovchi bikir materiallar bilan izolyatsiyalash
1-bitumli mastika; 2-issiqlik izolyatsiyalovchi segmentlar; 3-simli xalqalar; 4-polietilen plenkasi; 5-himoya qoplamasi.
Quvurlarning issiqlik izolyatsiyasini tashqi ta’sirlarga bo‘lgan qarshiligini oshirish uchun sintetik plenka yoki stekloplastik materiallardan qo‘shimcha qoplama qatlam hosil qilinadi. Hozirda bunday qoplama qatlam hosil qilishda folgoizol keng qo‘llanilmoqda (3.3-rasm).

3.3-rasm. Quvurlarni folgoizol bilan qoplash
1-izolyatsiyalovchi qatlam; 2-folgoizol 3-metall tasmali xalqalar (bandajlar).



Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə