Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Gidroizolyatsiya ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə29/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

2.9. Gidroizolyatsiya ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi

Suyuq materiallar saqlanadigan omborlar quruq, yaxshi shamollatiladigan, yetarli darajada yoritilgan va yong‘inga qarshi vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Mastika, smola, emal va yelimlar germetik yopiq idishlarda saqlanishi kerak.


Gidroizolyatsiya ishlari bajariladigan hudud keraksiz predmetlar va qurilish chiqindilaridan tozalangan bo‘lishi kerak. Ish o‘rni va o‘tish joylari qish paytida qor va muzdan tozalangan bo‘lishi kerak.
Gidroizolyatsiya ishlarida organik eritgichlar qo‘llanilganda yoki eriydigan qatlamli o‘rama materiallarni yopishtirishda ochiq alangadan foydalanilganda yong‘inga qarshi post tashkil etilishi kerak.
Yopiq xonalarda zararli va portlash xavfi bo‘lgan materiallar ishlatilganda quyidagilar ta’qiqlanadi:
Ochiq olovdan va uchqun chiqarishi mumkin bo‘lgan mexanizm va moslamalardan foydalanish;
Ish o‘rnida surtiladigan moy va yonuvchi materiallarni bir ish smenasiga yetadigan miqdordan ortadigan miqdorda saqlash;
Tushganda uchqun chiqarishi mumkin bo‘lgan metall asbob va boshqa predmetlarni polga tashlash.
Qaynoq mastikani sochish jarayonida ishchiga sachramasligi uchun ishchi mastika sochuvchi qurilmani gorizontal holatda tutib turishi kerak.
O‘rama materiallarni qaynoq mastika bilan yopishtirishda o‘ram ostida “cho‘ntak” hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki uning yorilishi natijasida mastika sachrab ishchi tanasining ochiq joylarini kuydirishi mumkin.
Ishchilarning terisi, nafas organlari va ko‘zlarini himoya qilish uchun ularga shaxsiy himoya vositalari berilishi kerak.


Nazorat savollari va topshiriqlar
Gidroizolyatsiya qanday turlarga bo‘linadi?
Gidroizolyatsiyalanuvchi yuzalarni tayyorlash ishlari tarkibiga nimalar kiradi?
Bo‘yaladigan (surtiladigan) gidroizolyatsiyani hosil qilish texnologiyasini tushuntiring.
Yopishtiriladigan gidroizolyatsiyani hosil qilish texnologiyasini tushuntiring.
Suvaladigan gidroizolyatsiya tarkibiga nimalar kiradi?
Asfaltli gidroizolyatsiyani hosil qilish ishlarining tartibini tushuntiring.
Yig‘ma gidroizolyatsiyada qanday materiallardan foydalaniladi?
Qish sharoitida gidroizolyatsiya ishlarini bajarishning o‘ziga xos jihatlarini tushuntiring.
Gidroizolyatsiya ishlarining sifati qanday nazorat qilinadi?
Gidroizolyatsiya ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘zda tutiladi?

3-BOB


Issiqlik izolyatsiyalovchi qoplamalarni hosil qilish texnologiyasi
3.1. Issiqlik izolyatsiyasining turlari.

Issiqlik izolyatsiyasi ishlari bino yoki inshoot konstruktsiyalarini issiqlikning behuda sarfidan himoya qilish hamda binoda ma’lum issiqlik holatini saqlab turish maqsadida bajariladi.


Issiqlik izolyatsiyasi ikki xil usulda hosil qilinadi:
Zavod sharoitida (devor panellari, yopma plitalar, “Sendvich” tipidagi panellarni tayyorlash jarayonida ularda issiqlik izolyatsiyalovchi qatlam hosil qilinadi);
Bevosita qurilish maydonida.
Birinchi turdagi izolyatsiya bikirligi, mustahkamligi va nisbatan yuqori (1200kg/m3 gacha) zichligi bilan ajralib turadi. Ikkinchi turdagi izolyatsiyaning asosiy sifat ko‘rsatkichlari egiluvchanlik, plastiklik va nisbatan kichik (600kg/m3 gacha) zichlik hisoblanadi.
Qurilish teplotexnikasi bo‘yicha qat’iy talablar qo‘yilishi o‘rovchi konstruktsiyalarning issiqlik uzatilishiga bo‘lgan qarshiligini keskin oshirishni talab etadi. Bunga quyidagi usullar yordamida erishish mumkin: tashqi devorning tashqi sirtida, ichki sirtida va devor ichida issiqlik izolyatsiyasi qatlamini hosil qilish; o‘rovchi konstruktsiyalarni ko‘pikli beton yoki gazobeton kabi issiqlik izolyatsiyalovchi konstruktsion materiallardan tiklash.
Keyingi yillarda penopolistiroldan tayyorlangan ajratib olinmaydigan opalubka yordamida binolarni yaxlit beton va temir-betondan tiklash texnologiyasi qo‘llanila boshlandi. Bunda devorning tashqi va ichki sirtida issiqlik izolyatsiyasi qatlami hosil qilinadi.
Qurilish sharoitida bajarilgan issiqlik izolyatsiyasi asosiy issiqlik izolyatsiyalovchi qatlam, tashqi himoya qatlami va mahkamlash elementlaridan tashkil topadi.
Issiqlik izolyatsiyasi mineral (asbest, sun’iy g‘ovakli materiallar, ko‘pikli beton, gazobeton), organik (torf, qamish, fibrolit, arbolit, penopolistirol, penopoliuretan) va kombinatsiyalashgan (bitum va sintetik bog‘lovchilar asosidagi mineral paxtali plitalar, g‘ovakli to‘ldiruvchilar asosidagi polimerbetonlar) materiallardan hosil qilinadi.
Keyingi paytlarda ko‘piklatish uslubida ishlab chiqarilayotgan materiallar: lateks, penopoliuretan, polivinilxlorid, penopolietilen keng qo‘llanilmoqda. Istiqbolli izolyatsiyalovchi materiallarning yangi avlodi hisoblangan, poliolefin ko‘pigi asosida ishlab chiqarilayotgan alveolit va alveolen issiqlikdan, namlikdan va tovushdan himoyalash xususiyatiga ega bo‘lib mustahkamlik va termik xarakteristikalarining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari bu materiallarning xossalari ularni qirqish, shtamplash, vakuumli qoliplash va presslash, boshqa materiallar bilan biriktirish imkonini beradi. Alveolit va alveolen noqulay atmosfera ta’sirlariga, ultrabinafsha nurlanishga va ximiyaviy ta’sirlarga o‘ta bardoshli hisoblanadi. Material tarkibida zararli qo‘shimchalar yo‘q, ekologik toza, o‘zidan hid chiqarmaydi, qizdirilganda va yonganda zararli moddalar ajralib chiqmaydi; ularning xossalari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi; chiroyli tashqi ko‘rinishga va turli ranglarga ega; ishlatilish harorati -80oS dan +130oS gacha. Issiqlik uzatilishga bo‘lgan qarshilikning bir xil qiymatini ta’minlovchi qalinlik quyidagiga teng: mineral paxtali plitalar –77 mm, gazopenobeton –348 mm, penopolistirol –46 mm, g‘ishtli terim qalinligi –2,5 g‘isht, alveolit va alveolen –3mm.
Alveolit va alveolendan issiqlik saqlagich sifatida foydalanish issiqlik izolyatsiyasi qatlami qalinligini sezilarli kamaytirish imkonini beradi.
Issiqlik izolyatsiyasi joylashish o‘rniga ko‘ra gorizontal, qiya va vertikal turlarga, hosil qilish uslublariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: to‘shaladigan, mastikali, quyiladigan, o‘raladigan, yig‘ma-blokli.



Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə