Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə27/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

2.12-rasm. Quyiladigan asfaltli gidroizolyatsiya
1-poydevor; 2-surtiladigan gidroizolyatsiya; 3-botirilgan chaqiq tosh; 4-betonli qatlam; 5-asfaltli otmostka; 6-bitum asosli vertikal elastik qatlam; 7-devorning pol bilan tutashgan gidroizolyatsiyasi; 8-g‘ishtdan terilgan devor.


2.13-rasm. Vertikal quyiladigan asfaltli gidroizolyatsiya
1-quyiladigan oraliq; 2-gruntovka qilingan yuza; 3-gidroizolyatsiyalovchi mastika bilan to‘lg‘azilgan oraliq; 4-qayta ko‘mish; 5-himoya devori.


2.6. Yig‘ma gidroizolyatsiya
Gidroizolyatsiyaning bu turi suv bosimi 40 m dan ortiq bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Bunda qalinligi 2...6 mm bo‘lgan po‘lat va alyumin varaqlari hamda bikir plastmassa varaqlari ishlatiladi. SHuningdek yuqori zichlikka ega bo‘lgan temir-beton, armotsement va steklotsement plitalar ham qo‘llanilmoqda. Plastmassa varaqlari agressiv muhit ta’siriga chidamli hisoblanadi.
Yig‘ma gidroizolyatsiyani hosil qilishda ruhlangan yoki zanglamaydigan po‘lat varaqlar, o‘rama va varaqli polimer materiallar – viniplast, organik shisha, tekstolit, polistirol, polipropilen, polietilen, ftoroplast ishlatiladi.
Metall izolyatsiya inshootning ichki va tashqi yuzalarida hosil qilinishi mumkin. Suvning sizib chiqishini aniqlash va ta’mirlashning qulay bo‘lishi uchun gidroizolyatsiyani inshootning ichki yuzasida hosil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Inshootning asosini izolyatsiya qilishda dastlab asos asfalt qatlami bilan qoplanadi. Metall varaqlarning tashqi sirti lak-bo‘yoq qoplamasi bilan zangdan himoya qilinadi. Varaqlar chok bostirib yoki uchma-uch qilib payvandlash yo‘li bilan biriktiriladi hamda payvandlash detallari va ankerlar vositasida izolyatsiyalanuvchi yuzaga mahkamlanadi (2.14-rasm). Konstruktsiya va metall izolyatsiya oralig‘i tsement-qumli qorishmani bosim bilan joylashtirib to‘ldiriladi.

2.14-rasm. Metall varaqli yig‘ma izolyatsiya.
a-izolyatsiyani hosil qilish sxemasi; b-izolyatsiyani mahkamlash sxemasi; 1-izolyatsiyalanuvchi konstruktsiya; 2-metall varaq; 3-tsement-qumli qorishma qatlami; 4-anker; 5-payvand; 6-siqib turuvchi flanets.

Polimer varaqli gidroizolyatsiya konstruktsiyalarni agressiv muhitdan himoyalaydi. Plastmassa varaqlar bir-biriga 200...230oS li issiq havoli muhitda payvandlash yo‘li bilan biriktiriladi. Varaqlar izolyatsiyalanuvchi yuzaga maxsus yelimlar, boltlar va boshqa biriktiruvchi elementlar vositasida mahkamlanadi (2.15-rasm).



2.15-rasm. Polimer varaqli yig‘ma izolyatsiya
1-polivinilxloridli qoplama; 2-izolyatsiyalanuvchi konstruktsiya; 3-asosiy izolyatsiyaning chetlariga payvandlangan polivinilxloridli nakladka; 4-dyubel; 5-tiqin (probka).

Yaxlit va yig‘ma temir-beton konstruktsiyalar profillangan polietilen varaqlari bilan izolyatsiyalanadi (2.16-rasm). Varaqlar betonga ankerlar vositasida mahkamlanadi. Ankerlar betonlanayotgan konstruktsiya ichiga yoki yig‘ma elementlar chokidagi tsement-qumli qorishma ichiga kiritiladi.



2.16- rasm. Profillangan polietilenli yig‘ma izolyatsiya.
1-polietilenli yig‘ma izolyatsiyaning payvand choki; 2-profillangan polietilen varaq; 3- temir-beton asos; 4- tsement-qumli qorishma; 5-profillangan polietilen varaqli gorizontal gidroizolyatsiya; 6-beton qatlami; 7-chaqiq toshli asos.

Temir-beton, armotsement va steklotsement plitalar inshootlarni yaxlit temir-betondan tiklashda gidroizolyatsiya sifatida qo‘llanilib, bu plitalar ajratib olinmaydigan opalubka vazifasini ham bajaradi. Gidroizolyatsiya plitalari inshootning asosiy konstruktsiyalariga maxsus armatura chiqiqlari yordamida mahkamlanadi.


Yig‘ma gidroizolyatsiya izolyatsiyaning boshqa turlaridan mehnat sarfining kattaligi va narxining yuqoriligi bilan ajralib turadi. SHu sababli yig‘ma gidroizolyatsiyadan izolyatsiyaning boshqa turlarini qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollardagina foydalaniladi.



Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə