Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Vertikal yuzalarni gidroizolyatsiya qilish



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə26/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Vertikal yuzalarni gidroizolyatsiya qilish. Qaynoq asfaltli tarkiblar mexanizatsiyalashgan asosda asfalt sochuvchi qurilma (asfaltomet) va qorishma nasoslari yordamida sochiladi. Qaynoq bitumli mastika, qum va to‘ldirgichlardan iborat tarkiblar bir necha qatlam qilib, 1...2 soat oralatib sochiladi. Qurilmadagi siqilgan havo bosimi 0,5...0,6 MPa ni tashkil etadi. Qaynoq tarkiblar vertikal yuzalarga 5...7 mm qalinlikda qatlamlab, yuqoridan pastga tomon 1,5...1,8 m li yaruslarga bo‘lib sochiladi. Bunda har bir qatlam o‘zidan avvalgi qatlamni kamida 200 mm ga bosib tushadigan qilib sochiladi. Izolyatsiyalanuvchi vertikal yuzalar quruq va tozalangan bo‘lishi kerak. Asfaltli gidroizolyatsiyaning umumiy qalinligi 20...25 mm ni tashkil etadi.
Vertikal yuzalarni sovuq asfaltli mastika bilan gidroizolyatsiya qilishda yuzalar dastlab emulsiyali pasta bilan gruntovka qilinadi. So‘ngra qorishma nasoslarining forsunkalari orqali sovuq asfaltli mastika 4...5 mm qalinlikda qatlamlab sochiladi. Har bir qatlam o‘zidan avvalgi qatlam qotgandan so‘ng beriladi. Mastika yuqoridan pastga tomon balandligi 2...2,5 m li uchastkalarga bo‘lib beriladi. Bunda izolyatsiyalanuvchi yuzalar uzunligi 20 m dan oshmaydigan qamrovlarga bo‘lib olinadi. Yondosh uchastkalar bir-birining chokini 200...300 mm ga bosib tushadi; yondosh uchastkalarning balandlik bo‘yicha choklari bir xil balandlikda joylashmasligi kerak. Atrof-muhit harorati musbat va quruq ob-havo sharoitida yangi yotqizilgan qatlam 1...3 soat, bulutli ob-havo sharoitida 24 soat saqlab turiladi. Qurigandan so‘ng izolyatsiya qatlami yorqin-kulrang rangga kiradi.
Gorizontal yuzalarni gidroizolyatsiya qilish. Gorizontal yoki qiya yuzalarda suyuq asfaltdan hosil qilinadigan izolyatsiya uzluksiz suv o‘tkazmaydigan qatlamdan iborat bo‘lib, uning qalinligi 30...50 mm ni tashkil etadi. Quyiladigan izolyatsiyaning asosi beton, temir-beton, tosh konstruktsiyalar, chaqiq-tosh to‘shab zichlangan grunt bo‘lishi mumkin.
Qaynoq bitumli mastika, qum va to‘ldirgichlar aralashmasidan tarkib topgan qaynoq asfaltli izolyatsiya gorizontal yuzalarga asfaltomet bilan sochiladi. Agar suyuq qorishma ishlatilsa qorishmani gorizontal yuzalarga quyiladi va tekislab chiqiladi.
Qaynoq asfaltli tarkiblar gorizontal yuzalarga 7...10 mm qalinlikda qatlamlab beriladi. Ishlar uchastkalarga bo‘lib bajariladi. Avval yotqizilgan va yangi yotqizilgan gidroizolyatsiyaning tutashuvchi joylari 100...200 mm kenglikda erish haroratiga qadar (140oS) qizdiriladi, so‘ngra zichlanadi va tekislanadi.
Sovuq asfaltli mastikadan hosil qilinadigan gidroizolyatsiya tolasimon mineral to‘ldirgichlar va emulsiyali pasta aralashmasidan tarkib topadi. Uni gorizontal yuzalarga 7...8 mm qalinlikda qatlamlab quyiladi yoki purkaladi, so‘ngra tekislab chiqiladi. Dastlabki qatlam qotgach uning sirtiga simlovchi material (shisha mato) to‘shaladi va zichlanadi. Uning ustidan yana ikki-uch qatlam asfaltli mastika beriladi. Gidroizolyatsiyaning umumiy qalinligi 15...20 mm ni tashkil etadi.
Qo‘yiladigan gidroizolyatsiya izolyatsiyalanuvchi yuza va himoya to‘sig‘i oralig‘iga gidroizolyatsion materialni (suyuq asfaltni) quyish yo‘li bilan hosil qilinadi (2.11-rasm). Himoya to‘sig‘i (devori) izolyatsiyalanuvchi yuzaga parallel holda o‘rnatiladi (hosil qilinadi). Hosil bo‘lgan oraliqqa turli zichlash vositalaridan foydalangan holda qaynoq asfaltli qorishma quyiladi (2.12, 2.13-rasmlar).

ГСС

2.11-rasm. Quyiladigan gidroizolyatsiya
1-himoya to‘sig‘i (devori); 2-quyiladigan gidroizolyatsiya; 3-izolyatsiyalanuvchi konstruktsiya; GSS-grunt suvlari sathi.

Qish sharoitida gidroizolyatsion qoplama eriydigan qatlamli o‘rama materiallarni yopishtirish yo‘li bilan hosil qilinishi mumkin. Bunday materiallarni yopishtirishda havo harorati -20oS dan past bo‘lmasligi va tekislovchi qatlam qaynoq qumli asfaltbetondan hosil qilinishi kerak.




Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə