Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Bo‘yaladigan gidroizolyatsiyani hosil qilish texnologiyasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə22/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Bo‘yaladigan gidroizolyatsiyani hosil qilish texnologiyasi. Texnologik jarayon quyidagi asosiy texnologik operatsiyalarni o‘z ichiga oladi: yuzalarni tayyorlash, gidroizolyatsiyani hosil qilish, qoplamani shakllantirish (quritish, qotirish, pardozlash).
Bo‘yaladigan gidroizolyatsiyani surtish (sochish) dan avval tayyorlangan yuzalar gidroizolyatsiyalovchi materialning suyuq qorishmasi bilan gruntovka qilinadi. Gruntovka gidroizolyatsiyaning yuzalarga yaxshi yopishishini ta’minlaydi.
Gidroizolyatsiyaning bu turi 2...3 qatlam qilib surtiladi (sochiladi). Bo‘yaladigan izolyatsiya qatlamining qalinligi 0,2...0,8 mm ni, surtiladigan izolyatsiya qatlamining qalinligi 2...4 mm ni tashkil etadi. Surtishda kistlardan, bo‘yashda esa kraskopult yoki purkovchi pistoletlardan foydalaniladi (2.3, 2.4-rasmlar).



2.3- rasm. Bo‘yaladigan gidroizolyatsiyani qo‘lda surtish
a-vertikal yuzalarga valik yordamida surtish; b-gorizontal yuzalarga cho‘tka bilan surtish; 1-gidroizolyatsiyaga tayyorlangan yuza; 2-gruntovka qilingan yuza; 3-gidroizolyatsiyalovchi material idishi; 4-gidroizolyatsiya qilinayotgan yuza; 5-valik; 6- gidroizolyatsiya qilingan yuza; 7-cho‘tka; 8-qo‘shni uchastkalarni bosib tushuvchi polosalar.
Gidroizolyatsiya ishlarini bajaruvchi ishchilar kombinezon kiyishi, sintetik materiallardan foydalanilganda himoya ko‘zoynaklari va respiratorlar taqishi, alohida holatlarda esa protivogazlardan foydalanishi kerak.

2.4-rasm. Bo‘yaladigan gidroizolyatsiyani mexanizatsiya vositasida surtish (sochish)
a-vertikal yuzalarga surtish; b-poydevorlarga surtish; v-gorizontal yuzalarga surtish; 1-gidroizolyatsiyalovchi material bilan qoplangan yuza; 2-gruntovka qilingan yuza; 3-purkalayotkan gidroizolyatsiya; 4-forsunka; 5-purkovchi moslama; 6-avtogudronatordan gidroizolyatsiyani uzatuvchi shlang.
Bo‘yaladigan (surtiladigan) gidroizolyatsiyaning plastikligi va elastikligi yetarli bo‘lmaganligi sababli bino va inshootlarning deformatsiyalanishi, cho‘kishi va tebranishi natijasida yorilib ketishi mumkin. SHu sababli bu turdagi izolyatsiyani cho‘kishi oxiriga yetmagan binolarda va darzbardoshligi yetarli bo‘lmagan konstruktsiyalarda qo‘llash mumkin emas.



Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə