Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə21/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Yuzalarni tayyorlash. Dastlab gidroizolyatsiya ishlari bajariladigan maydonda grunt suvlarining sathi pasaytiriladi. Bunda grunt suvlarining sathi gidroizolyatsiyaning ostki belgisidan kamida 50sm pastga tushirilishi kerak. SHundan so‘ng gidroizolyatsiya qatlami hosil qilinishi kerak bo‘lgan yuzalar tayyorlanadi. Bunda asosning turiga bog‘liq ravishda turlicha ishlar bajariladi.
Beton konstruktsiyalar yuzasida quyidagi ishlar bajariladi:
Yuzani tozalash;
Notekisliklarni yo‘qotish;
Armatura chiqiqlarini qirqish;
O‘yiq joylarni tsementli qorishma bilan tekislash;
Yuzalarni quritish;
Gruntovka qilish.
G’ishtli yuzalarda qo‘shimcha ravishda quyidagi ishlar bajariladi:
Qum yuvuvchi qurilma bilan yuzalarni tozalash;
Mayda changsimon zarralarni yo‘qotish uchun yuzalarni namlash.
Metall konstruktsiyalar yuzalarini tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi:
Qotib qolgan bo‘rtmalar va zanglarni yo‘qotish;
Metall sirtidagi turli moylarni cho‘tka va qirg‘ichlar bilan yo‘qotish.
Gidroizolyatsiya turini tanlashda quyidagilar e’tiborga olinishi kerak:
Izolyatsiyalanadigan xonaning zaruriy quruqligi;
Izolyatsiyalanadigan sirtlarning darzbardoshligi;
Suvning gidrostatik bosimining qiymati;
Mexanik va harorat ta’sirlari;
Tashqi suvlarning agressivligi;
Gidroizolyatsiyalovchi materiallarni tanlash imkoniyatining mavjudligi.


2.2. Bo‘yaladigan (surtiladigan) gidroizolyatsiya
Gidroizolyatsiyaning bu turi grunt suvlarining bosimi uncha katta bo‘lmagan (0,2MPa gacha) hollarda qo‘llaniladi. Bo‘yaladigan gidroizolyatsiya yer ostida joylashgan yaxlit va yig‘ma temir-beton konstruktsiyalarni grunt suvlarining kapillyar so‘rilishidan himoyalaydi (2.2-rasm).

2.2-rasm. Poydevorlarni grunt suvlarining kapillyar so‘rilishidan gidroizolyatsiya qilish
1-otmostka; 2-surtiladigan gidroizolyatsiya; 3-poydevor; 4-erto‘la poli; 5-tsementli tekislovchi qatlam; 6-deformatsiya chokining gidroizolyatsiyasi.
Bo‘yaladigan gidroizolyatsiyada quyidagilar qo‘llaniladi:
Bitumli, qatronli va bitum-polimerli tarkiblar;
Polimerli bo‘yovchi tarkiblar;
Moy bo‘yoqlar va laklar;
Mineral asosli bo‘yovchi tarkiblar.
Polimer asosli metariallar: epoksidli laklar, bo‘yoqlar va mastikalar, tarkibida kauchuk bo‘lgan lak-bo‘yoq materiallari, xlor-sulfopolietilen eng samarali gidroizolyatsiyalovchi materiallar hisoblanadi.
Mineral asosli bo‘yovchi tarkiblarga tsement va suyuq shisha asosida tayyorlangan bo‘yoqlar kiradi. Bu bo‘yoqlar beton sirtlarni pardozlash va ularni kuchsiz agressiv muhitdan himoyalash maqsadida ishlatiladi.
Bo‘yaladigan gidroizolyatsiya darzbardosh konstruktsiyalar uchun tavsiya etiladi. Uning ishochliligini oshirish maqsadida shisha mato, chipta kabi o‘rama materiallar bilan simlanadi.
Bo‘yaladigan gidroizolyatsiya sovuq yoki qaynoq bitumli mastikalar va sintetik smolalardan hosil qilingan uzluksiz suv o‘tkazmaydigan qatlamdan iborat. Bitum asosidagi gidroizolyatsiyalovchi materiallar zavod sharoitida tayyorlanib, qurilish maydoniga materialni ish o‘rniga uzatib beruvchi vositalar bilan jihozlangan maxsus avtotransport vositalari (avtogudronator, bitum tashigich) yordamida keltiriladi.
Gidroizolyatsiyalovchi polimer materiallar germetik idishlarda alohida komponentlar holida keltirilib, ularni bir-biriga ish boshlanishidan avval, 30...40 min ga yetadigan miqdorda aralashtiriladi.
Etilen asosli lak va bo‘yoqlar ish o‘rniga germetik idishlarda keltiriladi. Etilen laki sof holda faqat asosni gruntovka qilish uchun ishlatiladi. Etilenli bo‘yoqlarni tayyorlashda uning mustahkamligi va darzbardoshligini oshirish maqsadida unga plastifikator (bitum yoki polivinilxlorid laki), pigmentlar, to‘ldirgichlar (kvarts qumi, shisha tola, qisqa tolali asbest) qo‘shiladi.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə