Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Yopishtiriladigan gidroizolyatsiya



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə23/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

2.3. Yopishtiriladigan gidroizolyatsiya
Gidroizolyatsiyaning bu turi 0,2...0,4 MPa gidrostatik bosimda qo‘llanilib, bunda chirishga bardoshli materiallardan foydalaniladi.
Yopishtiriladigan gidroizolyatsiyani hosil qilishda ruberoid, eriydigan qatlamli ruberoid, stekloruberoid, pergamin, tol, brizol, izol, gidroizol, metalloizol, stekloizol, folgoizol, folgoruberoid, elastobit, armobitep kabi o‘rama materiallar ishlatiladi.
Polimer o‘rama materiallarning afzalligi ularning chirishga bardoshliligi va agressiv muhitda ximiyaviy bardoshliligining yuqoriligi hisoblanadi.
Yopishtiriladigan gidroizolyatsiyaning asosi beton, tsementli qatlam, g‘ishtli devorlar va yig‘ma temir-beton konstruktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Ishlatiladigan o‘rama materialning turiga qarab quyidagi mastikalardan foydalaniladi:
Ruberoid, brizol kabi bitum asosli materiallarni yopishtirishda bitumli mastikalar ishlatiladi;
Plastmassali o‘rama materiallar va varaqli materiallarni yopishtirishda epoksid smolasi asosidagi yelimlardan foydalaniladi.
Yopishtiriladigan gidroizolyatsiyani hosil qilish texnologiyasi. O‘rama materiallar gorizontal holga kelishi uchun ularning o‘ramlari yoziladi va shu holatda 12...24 soat saqlanadi. Tayyorlangan yuzalar gruntovka qilinadi. Gorizontal yuzalarning vertikal yuzalarga o‘tish burchaklariga 2...3 qatlam o‘rama material yopishtirib chiqiladi.
Bitum asosli gidroizolyatsion o‘rama materiallar bitumli va rezinabitumli mastikalar bilan yopishtiriladi. O‘rama materiallar gorizontal yo‘nalishda bir-birini 100 mm ga bosib tushishi kerak. CHoklar balndlik bo‘yicha ustma-ust tushmasligi, bir-biridan kamida 300 mm ga surilgan bo‘lishi kerak.
Gorizontal gidroizolyatsiyani hosil qilish jarayoni o‘rama materiallardan tom qoplamasini hosil qilish jarayonidan farq qilmaydi. Ishni bajarish jarayonida havo to‘planib qolgan joylar aniqlansa o‘rama materialning shu joyini teshib havoni chiqarib yuboriladi. Agar shu joyda mastika surtilmay qolgan bo‘lsa o‘rama materialning shu joyi qo‘shuv (+) ko‘rinishida qirqiladi va mastika surtib qaytadan yopishtiriladi. Izol, folgoizol va stekloruberoid ishlatilganda mastika izolyatsiyalanuvchi yuzaga va albatta o‘rama materialga surtilishi kerak.
O‘rama materiallarni yopishtirish va tekislashda tom qoplamasini hosil qilishda qo‘llaniladigan mashina va zichlagichlardan foydalanish mumkin.
O‘rama materiallarni vertikal yuzalarga yopishtirishda yuza balandlik bo‘yicha 1,5m gacha bo‘lgan yaruslarga bo‘lib olinadi. O‘rama materiallar pastdan yuqoriga tomon yopishtirilishi kerak. Bunda har bir qatlam o‘zidan oldingi qatlamning ko‘ndalang choklarini 150...200 mm, bo‘ylama choklarni kamida 100 mm ga bosib tushishi kerak. Gidroizolyatsiya balandligi 3 m dan oshmagan hollarda o‘rama materiallar butun balandlik bo‘yicha pastdan yuqoriga tomon yopishtirilishi kerak (2.5-rasm).

2.5- rasm. Yopishtiriladigan gidroizolyatsiyani hosil qilish
1-mastika idishi; 2-gorizontal gidroizolyatsiyaning chiqarilgan qismi; 3-gruntovka qilingan yuza; 4-izolyatsiyaning birinchi qatlami; 5-izolyatsiyaning ikkinchi qatlami; 6-himoya devori (zurur bo‘lgan xollarda).
Polimer plenkalardan (polietilen, polipropilen, polivinilxlorid) gidroizolyatsiya hosil qilish o‘ziga hos farqli jihatlarga ega. Polimer o‘rama materiallarni tayyorlash zavod sharoitida yoki maxsus jihozlangan yopiq xonalarda amalga oshiriladi.
Bunda polimer o‘ramlarni yozib, qirqib, poliepoksid, poliuretan kabi sintetik yelimlar bilan yopishtirib zaruriy o‘lchamdagi yiriklashtirilgan polotnolar hosil qilinadi va ularni yana o‘ram xoliga keltirib 2...3 kun saqlanadi.
Yopishtirishdan avval yiriklashtirilgan polotnolarga gruntovka qatlami surtiladi va u qurigach yana o‘ram holiga keltiriladi. Izolyatsiyalanuvchi yuzaga ham yupqa gruntovka qatlami surtiladi. Gruntovka qatlami qurigach asosiy yelimlovchi qatlam surtiladi va polotno o‘ramini yozib, havo qopchalari hosil bo‘lmasligi uchun yuzaga yaxshilab zichlab yopishtiriladi (2.6-rasm).

2.6-rasm. Gorizontal yuzalarni sintetik plenkalar bilan gidroizolyatsiyalash
a-gidroizolyatsiyani quruqlayin to‘shash; b-elim surtib to‘shash; 1-betonli asos; 2-bitum asosli gruntovka; 3-sintetik material; 4-sintetik materialning qayrilgan cheti; 5-elim qatlami; 6-sintetik materialning vertikal yuzaga yopishtirilgan cheti; 7-ustma-ust tushgan chok; 8-mastika yoki yelim qatlami; 9-yoyilayotgan material o‘rami; 10-yopishtirilgan materialni tekislash.
Yopishtiriladigan gidroizolyatsiyani hosil qilishda ishlatiladigan qo‘l asboblari rasmda ko‘rsatilgan (2.7-rasm).
Sintetik gidroizolyatsiya asosini gruntovka qilishda suyultirilgan bitumli mastika ishlatiladi. Polotno asosga quruq holatda to‘shaladi yoki yopishtiriladi. Quruq holatda to‘shalganda polotnolar 30...40 mm chok bostirib payvandlanadi. CHetki polotno cheti bukiladi va vertikal yuzaga 150...200 mm chiqarib 88N yelimi yoki KN-3 mastikasi bilan yopishtiriladi. Gorizontal yuzadagi polotnolarni yopishtirishda 70...80oS gacha qizdirilgan bitum-polimerli mastika, perxlorvinilli yoki kauchukli yelim ishlatiladi. Gidroizolyatsiyani shikastlanishlardan himoya qilish uchun uning sirtiga 1-2 qatlam pergamin to‘shalib, uning yuzasida 30...40 mm qalinlikda tsement-qumli tekislovchi qatlam hosil qilinadi.

2.7- rasm. Yopishtiriladigan gidroizolyatsiyani hosil qilishda ishlatiladigan qo‘l asboblari
1-po‘lat cho‘tka; 2-qildan qilingan cho‘tka; 3-kist (cho‘tka); 4-qirg‘ich; 5-uzun dastali shpatel; 6-qirg‘ich-shpatel; 7-pichoq.

2.8- rasm. Vertikal yuzalarga sintetik materiallarni yopishtirish
1-mastika yoki yelim surtilgan yuza; 2-yopishtirilayotgan material.

Vertikal yuzalarni sintetik materiallardan (plyonkalardan) foydalanib gidroizolyatsiya qilishda butun balandlik bo‘yicha bitta polotno ishlatish yoki choklarning juda ham kam bo‘lishi tavsiya etiladi (2.8-rasm). Gidroizolyatsiya balandligi 3m gacha bo‘lganda polotnolar asosga bitum-polimerli mastika yoki perxlorvinil yelimi bilan yopishtiriladi. Balandlik 3m dan ortiq bo‘lganda otiladigan mixlar bilan, balandlik bo‘yicha 1...1,5 m oralatib, kenglik bo‘yicha 0,5...0,6 m oralatib mahkamlanadi. Polotnolarni bir-biriga biriktirishda ular bir-birini 30...40 mm ga bosib tushadi va ularni payvandlash issiq havo (180...260oS) yordamida amalga oshiriladi.


Yopishtiriladigan gidroizolyatsiyani hatto kichik miqdorda deformatsiyalanuvchi va cho‘kuvchi konstruktsiyalarda ham qo‘llash mumkin.



Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə