Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Asfaltli gidroizolyatsiya



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə25/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

2.5. Asfaltli gidroizolyatsiya
Gidroizolyatsiyaning bu turi gidrostatik bosim 0,3 MPa gacha bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Amalda suvaladigan va quyiladigan asfaltli izolyatsiya qo‘llaniladi.
Suvaladigan asfaltli gidroizolyatsiya mayda qumli asfaltbeton asosida bo‘lib, quyidagi turlarga ega:
Suv bilan yuvib tozalanadigan pollar uchun mo‘ljallangan qaynoq qattiq gidroizolyatsiya;
Namli xonalar (xammom, kir yuvish xonalari) pollari uchun mo‘ljallangan qaynoq quyma gidroizolyatsiya;
Beton, temir-beton, tosh va g‘ishtli konstruktsiyalar, yerto‘la devorlari, rezervuarlar va basseynlar uchun mo‘ljallangan sovuq gidroizolyatsiya.
Asfaltli suvoq tarkibiga bitum, yirikligi 2 mm gacha bo‘lgan qum, kukunsimon to‘ldiruvchi (ohaktosh, dolomit, zola), tolasimon to‘ldiruvchi (asbest va shisha tola) va suv kiradi.
Asfaltli suvoq to‘rt xil ko‘rinishga ega:
35% bitum, 8% mayda asbest va 75% kukunsimon to‘ldirgichdan tashkil topgan qaynoq mastika;
20% bitum, 5% mayda asbest, 35% kukunsion to‘ldirgich va 40% kvarts qumidan tashkil topgan suyuq qaynoq qorishma;
80% bitumli pasta, 20% kukunsimon to‘ldirgich va qo‘shimcha 10% gacha suv qo‘shilgan sovuq qattiq suvoq;
60% bitumli emulsiya, 8% mayda asbest, 17% kukunsimon to‘ldirgich va 15% suvdan tashkil topgan sovuq suyuq suvoq.
Asfaltpolimerli suvoq qorishmalari tarkibiga 40...45% bitum, 10% mineral kukun, 5...10% asbest, 40% kvarts qumi va polimer materiallar vazifasini bajaruvchi rezina, lateks va rezinali yelim qo‘shiladi.
Texnologik va atmosfera suvlaridan himoyalovchi qoplamalarni hosil qilishda qo‘llaniladigan sovuq asfaltli mastikalar tarkibiga 50...60% bitum va 40...50% mineral to‘ldirgich vazifasini bajaruvchi ohak, ohaktosh, asbest, tsement, lateks qo‘shiladi.
Suvaladigan asfaltli gidroizolyatsiyani hosil qilishda izolyatsiyalanuvchi yuzalar qaynoq tarkiblar qo‘llanilganda suyultirilgan bitum bilan, sovuq tarkiblar qo‘llanilganda bitumli emulsiyalar bilan gruntovka qilinadi. Bitumli sovuq gruntovka 30% bitum va 70% benzin aralashmasidan iborat bo‘ladi.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə