Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Qish sharoitida gidroizolyatsiya ishlarini bajarishning o‘ziga xos jihatlari



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə28/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

2.7. Qish sharoitida gidroizolyatsiya ishlarini bajarishning o‘ziga xos jihatlari
Gidroizolyatsiya ishlarini qish sharoitida bajarilganda materiallarning fizik-mexanik xossalarini e’tiborga olgan holda quyidagilarga amal qilish talab etiladi:
Gidroizolyatsiya ishlarini ochiq havoda maxsus choralarni qo‘llamagan holda bajarishga havo harorati +5oS dan yuqori bo‘lgan xollardagina ruhsat etiladi; metall izolyatsiya ishlari bundan mustasno;
Ish o‘rinlari atmosfera yog‘ingarchiliklaridan va shamoldan himoyalangan bo‘lishi kerak;
Izolyatsiyalanuvchi konstruktsiyalar yuzasi changdan, suvdan, qordan va muzdan tozalangan bo‘lishi kerak;
Izolyatsiyalanuvchi yuzalar musbat haroratgacha qizdirilishi kerak;
Foydalaniladigan izolyatsiyalovchi tarkiblar texnologik xaritada belgilangan haroratga ega bo‘lishi kerak;
Izolyatsiya ishlari bajarilayotgan binolarda va xonalarda harorat 10...15oS dan kam bo‘lmasligi kerak.
Izolyatsiyalanuvchi yuzalar quritilishi va 10...15oS dan kam bo‘lmagan haroratgacha qizdirilishi kerak. O‘rama materiallarni yopishtirishdan avval kamida 20 soat 15...20oS haroratli xonalarda saqlanishi kerak. Qaynoq asfaltli mastikalarning xarorati ishlatilish paytida 160...180oS, sovuq mastikalarning harorati esa 60...80oS bo‘lishi kerak. Havo harorati +5oS dan past bo‘lgan hollarda gidroizolyatsiya ishlarini issiqxonalarda bajarish tavsiya etiladi. Sovuq mastikalar, pastalar va qorishmalar muzlashga qarshi qo‘shimchalar qo‘shib tayyorlanishi kerak.


2.8. Sifat nazorati
Gidroizolyatsiyaning ishonchliligi ishlatilgan materiallarning fizik-mexanik xossalariga, ishlarning bajarilish sifatiga, texnologik tartiblarning doimiyligiga va ekspluatatsiya sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Bo‘yaladigan, yopishtiriladigan va yig‘ma gidroizolyatsiyada izolyatsiyalanuvchi yuzalardagi namlik 5% dan ortmasligi, o‘yiq va chiqiq joylar bo‘lmasligi, 2 m li reyka qo‘yilganda reyka va yuza oralig‘ida hosil bo‘ladigan ochiqlik 5 mm dan ortib ketmasligi kerak.
Bo‘yaladigan gidroizolyatsiya kamida ikki qatlam bo‘lishi, uning sirtida pufakchalar bo‘lmasligi kerak.
Yopishtiriladigan gidroizolyatsiyada o‘rama materiallar asosdan ajralmasligi, yog‘och bolg‘acha bilan urib ko‘rilganda tovush o‘zgarmasligi kerak.
Suvaladigan gidroizolyatsiyada alohida qatlamlar qalinligi 6...10 mm ni tashkil etishi kerak.
Metall izolyatsiyaga qo‘yiladigan asosiy talab choklarning germetikligi hisoblanadi. CHoklarning germetikligi ishchi bosimdan 1,5 marta ortiq bo‘lgan pnevmatik bosimda sinovdan o‘tkaziladi.



Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə